H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
1.5. Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limi.
Katon Starshiy (eramizdan avvalgi 234-142 yillar) bu davrda Rim davlati ancha yuksalgan bo‘lib, yirik latifundiyalar bilan birgalikda quldorlar xo‘jaligi bozor bilan uzviy bog‘liq edi. Quldorlar xo‘jaligini Katon himoya qilgan. U o‘zining «dehqonchilik» deb nomlangan asarida «kamroq yeb, ko‘proq boylik orttirish»ni tavsiya etgan. Daromadni Katon ortiqcha qiymat deb yanglishgan va uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlariga qo‘shgan. Katon yollanma mehnatga qarshi bo‘lgan. U daromadni qullar hisobiga ta’minlashga intilgan. Katon qullarning ish vaqtini qat’iyan tartibga solib, ularning yuqori unum bilan mehnat qilishlarini talab qilgan. Tiberiy Semproniy Grakx (eramizdan avvalgi 163-132 yillar) va Gay (eramizdan avvalgi 153-121 yillar). Bu davrda Rim davlatida iqtisodiy va siyosiy inqiroz rivojlangan edi. Ularni to‘xtatish maqsadida aka-uka Grakxi Tiberiy va Gay, agrar islohotlar o‘tkazishni ilgari surishdi. Ular yirik yer egalarini cheklashni va xarob bo‘layotgan dehqonlarni himoya qilishni talab qildilar. Biroq yirik quldorlarga qarshi kurashda aka-ukalar halok bo‘lib ketdi. Varron (eramizdan avvalgi 116-27 yillar). Kolumella (eramizdan avvalgi 1 asr). Varron – olim, agronom, arxeolog va tarixchi bo‘lib, latifundiyalarni mustahkamlashga intilgan. Varron qishloq xo‘jaligining mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati mamlakat barqarorligining zamiri ekanligini asoslab berdi. Shu bilan birga Varron qullarni maksimal ravishda ekspluatatsiya qilishni tavsiya qilgan, ularni zaboni bor mehnat quroliga tenglashtirgan. Yozuvchi va agronom Kolumella qullar aqliy mehnat qilmasligini ko‘rsatadi. Ularni mehnatga rag‘batlantirish uchun Kolumella qullar bilan suxbat o‘tkazishni, har zamon - har zamonda xazillashib turishni, ularni uylantirib qo‘yishni maslahat beradi. Ammo Kolumella qullarning mehnat unumdorligi oshishiga ishonch yo‘q deydi, zamon talabiga binoan yirik yer egalarini himoya qiladi. 43 Feodalizm jamiyati va kapitalizmning paydo bo‘lish davridagi iqtisodiy ta’lim. Feodalizm jamiyati va unga xos bo‘lgan ishlab chiqarish usuliga tabiiy deb qaralgan. Tovar - pul munosabatlari rivojlanishi feodalizmning parchalanishi va kapitalizmning shakllanishida burjuaziya siyosiy iqtisodining paydo bo‘lishi muhim rol o‘ynadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling