H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Shavkat Miromonovich Mirziyoyev


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 1957 yilda 24 iyulda Jizzax 
viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. Millati- O‘zbek. Oliy 
ma’lumotli, 1981 yil Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mehanizatsiyalash muhandislari Institutini tugatgan. Muhandis-mexanik 
mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981 yilda Toshket Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini 
mehanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta 
o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi. 
1990 yilda Respublika Oliy Soveti deputatligiga saylanib, ayni vaqtda 
Mandat komissiyasining raisi sifatida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1992 yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani xokimi 
lavozimiga tayinlandi. 1996-2001 yillarda Jizzax viloyati xokimi, 2001-2003 
yillar mobaynida Samarqand viloyati xokimi lavozimlarida ishlab, mazkur 
tuman va viloyatlarni ijtimoiy, iqtisodiy jihatdan rivojlantirishga katta hissa 
qo‘shdi. 
Ijro hokimiyatidagi faoliyati bilan bir paytda 1995-2003 yillarda 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputati sifatida ham samarali 
faoliyat olib bordi. 
Shavkat Mirziyoyev 2003 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri etib 
tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta-2005, 2010, 2015 yillarda Oliy 
Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi. 
2016 yil dekabr oyidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib 
saylangan. 
Sharof Rashidov (1917 – 1983) – Davlat va siyosat arbobi. 1949 – 1950 
yillarda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi bo‘lgan. 1950 
yildan O‘zSSR Oliy Kengashi Prezidiumi raisi, SSSR Oliy Kengashi 
Prezidiumi raisining o‘rinbosari, 1959 yildan O‘zbekiston KP MK birinchi 
kotibi, KPSS MK a’zosi. 1961 yildan KPSS MK siyosiy byurosi a’zoligiga 
nomzod. 1950 yildan SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi a’zosi. U O‘zbekiston 
iqtisodiyoti, fani, madaniyati va ijtimoiy hayotini rivojlantirish masalalariga 
katta e’tibor berdi va qayg‘urdi. Sharof Rashidovich Rashidov 2 marta Mehnat 
Qahramoni bo‘lgan. 
Usmon Yusupov (1900 – 1966) – Davlat va siyosat arbobi.1929 yilda 
O‘zKP (b) MK a’zosi va MK kotibi. 1931 yilda VSSPS O‘rta Osiyo Byurosi 
raisi. 1937 yilda O‘zKP (b) MK birinchi kotibi. 1950 yilda SSSR paxtachilik 
ministri bo‘lgan. 1953-1955 yillarda O‘zSSR Ministrlar Kengashi raisi 
lavozimida ishlagan. 1939 – 1956 yillarda KPSS MK a’zosi, (1937 – 1954), 
O‘zSSR Oliy Kengashi deputati (1938 – 1955) bo‘lgan. U.Yusupov 


14 
O‘zbekistonda ishlab chiqarish kuchlarini, madaniyatni rivojlantirishga katta 
hissa qo‘shgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling