H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Jon Styuart Mill 
Iqtisodiyot nazariyasini muntazam o‘rganib bormagan odam uchun 
nafaqat savollarga javob berish, xatto ana shu savollar ustida puxta fikr 
yuritishga urinish ham g‘oyat katta mushkulliklarni yaratadi. Uni musiqa 
asariga o‘z bahosini berishga intilayotgan kar-soqovga qiyoslasa bo‘ladi. Ana 
shu odamga eshitish imkonini beringchi, shunda u iste’dodi bo‘lmasa ham, ana 
shu yetishmovchilik o‘rnini tajriba bilan to‘ldirishga qodir bo‘lmasa ham, 
musiqa ohanglari va tuzilishini tushunmasa ham, kuy va maqomdan huzur 
qilish holida bo‘lsa, hech bo‘lmaganda musiqa nima ekanligini his eta oladi. 
Pol Samuelson 
Siyosiy iqtisod sohasidagi erkin ilmiy tadqiqot boshqa sohalar bo‘yicha 
o‘ziga tanish bo‘lgan dushmanlargagina duch kelmaydi. Siyosiy iqtisodiyot ish 
olib boradigan materialning o‘ziga xos tabiati erkin ilmiy tadqiqotga qarshi 
kurash maydoniga inson qalbining eng qahrli, eng pastkash va eng jirkanch 
ehtiroslarini – shaxsiy manfaatning rahmsiz yosumanlarini chorlaydi. 
Karl Marks 
Iqtisodchilar va siyosiy mutafakkirlarning g‘oyalari – ular haq bo‘lganida 
ham, adashganida ham – odatda biz o‘ylaganimizdan kattaroq ahamiyatga ega 
bo‘ladi. Aslini olganda, dunyoni faqat shulargina boshqaradi. O‘zini ma’naviy 
taassurotlarga o‘ta bardoshli deb hisoblovchi amaliyot vakillari, odatda, 
o‘tmishdagi qandaydir bir iqtisodchining qullari hisoblanadi. Hokimiyat 
tepasida turgan, go‘yo ilohiy ovozlarni eshituvchi tentaklar o‘zlarining telba-
teskari g‘oyalarini aslida bundan bir necha yillar ilgari ijod qilgan sof 
nazariyotchi adibning asarlaridan olishadi. Men aminman, g‘oyalar ta’siri asta-
sekin kuchayib borishiga nisbatan olib qaraganda, g‘arazli manfaatlar kuchi 
anchagina mubolag‘a qilib ko‘rsatiladi. To‘g‘ri, darhol emas, oradan ma’lum 
muddat vaqt o‘tgandan so‘ng ro‘y beradi. 
Jon M.Keyns 
Aslida iqtisodiy g‘oyalar hamisha o‘z davri va vujudga kelgan 
makonining mahsuli hisoblanadi. Ular ana shu davr va makon bilan uzviy 
bog‘liq, ularni mustaqil ravishda, o‘zi izoh berayotgan olamdan ayri holda 
ko‘rib chiqish mumkin emas, bu olam esa muntazam o‘zgarib turadi. Bu 



demak, iqtisodiy nazariyalar ham, agar ular o‘z maqsadlariga javob berishga 
da’vat etilgan bo‘lsa, o‘zgarib turishi lozim. 
Jon K.Gelbreyt 
Biz, men sof nazariyotchi iqtisodchi olimlarni nazarda tutyapman, kimda 
– kim bizni tinglashga tayyor bo‘lsa, davlat siyosati muammolariga doir o‘z 
nuqtai nazarlarimizni bayon etishga, ish bilan bandlikni qanday qilib yaxshiroq 
ta’minlash, inflyatsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish 
haqida maslahatlar berishga tayyormiz. Bundan tashqari, biz g‘oyatda og‘ir, 
ammo hamisha his-hayajonga soluvchi ma’naviyat sohasida bizga hamroh 
bo‘lib kelayotgan orzu-niyatlar va umidsizliklarni keng jamoatchilik bilan 
birga baham ko‘rishga tayyor bo‘lishimiz lozim. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling