H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

FANIMIZ HAQIDA 
Yigitlik chog‘ida yig‘ ilmning mag‘zini,
Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani 
Alisher Navoiy 
 
O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim-
tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos 
yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi yangi-yangi iste’dodli avlodlar 
to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi, birinchi 
navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, 
hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar 
qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy 
barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan.
Bu eng avvalo, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk Sharq alloma va 
mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy me’rosi faqat bir millat yoki 
xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor 
ta’kidlaydi. Bu bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik 
va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib zamindir. 
Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan butun bashariyat ravnaqi 
yo‘lida oqilona va samarali foydalanish – bu siz bilan bizning vazifamiz, siz 
bilan bizning burchimizdir.
Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat-e’tiborga munosib 
bo‘lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o‘tmishning bebaho merosini 
qaytadan kashf etmoqdamiz.
Islom Karimov 
Mantiq ilmini tanqid qiluvchilar, bu odat bo‘lib qolgan, sizni siyosiy 
iqtisoddan ehtiyot bo‘l, deb ogohlantirishadi. Mazkur fan toshbag‘ir, noxush 
faktlarni e’tiborga oladi va ular bilan muomala qiladi, deb ta’kidlashadi. 
Menga kelsak, ko‘p eshitgan eng toshbag‘ir narsa, bu – yerning tortishish 
qonunidir: bir soniyaga bo‘lsa ham ana shu qonunni unutadigan bo‘lsak, u 
hatto eng yaxshi, eng aziz insonni ham mayib-majruh qiladi, vijdoni aslo 
azoblanmaydi. Shamol va to‘lqinlar ham o‘ta shafqatsiz. Dengizga yo‘l 
olayotganlarga siz shamol va to‘lqinlarni pisand qilmaslikni maslahat 
berarmidingiz yoki ulardan foydalanishni, yoki ularda yashirinib yotgan havf- 
xatardan qutulish yo‘lini izlashni maslahat bergan bo‘larmidingiz? Mening 
sizlarga maslahatim – siyosiy iqtisodning buyuk vakillari asarlarini o‘rganing, 
ularning ta’limotlaridagi nimaiki sizning nazaringizda to‘g‘ri bo‘lsa, shularga 
og‘ishmay amal qiling: hali xudbinga aylanganim yo‘q, hali yuragim tosh 



qotgani yo‘q, degan fikrdan kelib chiqing. Siyosiy iqtisod hech qachon sizni 
bunday holga solmaydi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling