H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Qog‘oz pullar davri.
1. Pulning tovarlik davri. Bular chig‘anoqtosh va mo‘yna, teri, tulki
mo‘ynasi, tuz, baliq, hayvon, chorva, yog‘ va metallar – bronza, temir, mis kabilar bo‘lgan. 2. Ideal pul davri. Bu muomalada oltindan va kumushdan bo‘lgan tanga- chaqalar bilan bog‘liq davrdir. Oltin boshqa bir qancha tovarlar oldida afzallikka ega bo‘lgan: sababi oltin o‘zining yeyilmaydiganligi, chidamliligi (saqlanishi), ixchamliligi (kichik hajmda ancha katta qiymatni to‘plash), bir xilligi, bo‘linuvchanligi, tasavvur qilishi va boshqalar bilan ajralib turadi. Oltindan bo‘lgan materiallar zargarlik buyumlar ko‘rinishida oddiy tovar sifatida sotib olinadi. Ammo boshqa qimmatbaholi materiallar bilan birga (ko‘chmas mulk, san’at buyumlari va boshqalar), oltin pul muomalasini o‘zining ta’minlanganligi va chidamliligi asosida chiqadi. 3. Qog‘oz pullar davri. Birinchi qog‘oz pullar XII asrda Xitoyda, XVII asrda Amerikada, XVIII asrda Fransiyada, Angliyada va Rossiyada paydo bo‘lgan. Qog‘oz pullarning paydo bo‘lishini ikki yo‘li bilan ajratish mumkin: •Tanga-chaqalarning «buzilishi» orqali. Kimda-kim pul bosib chiqarishi mumkin bo‘lsa, ular yaqin orada bosib chiqarilgan tangalar va muomalada bo‘lgan tangalar va o‘zining vaznini kamaytiradi, u bir xil qiymatga ega bo‘lgan. Shuning uchun tanga-chaqalardagi metallar salmog‘ini kamaytirgan. Asta-sekin asl metall bo‘lmagan qotishma materiallardan tanga-chaqalar yasalgan. Rossiyada XII asrdan XVII asrgacha kumushning 1 rubldagi tarkibi 11,5 barobarga kamaygan. Keyinchalik kaznachey vakillari bosib chiqara boshlagan, ya’ni davlat hukumatining majburiyati; •Tijorat vakillari orqali, ya’ni tadbirkorlarning kreditga olgan tovarlarga pulni ma’lum vaqtda to‘lov majburiyatlari. Boshlanishida bu faqat qarzdorlar va kredit berganlar o‘rtasida muomala bo‘lib (oddiy vakil), lekin asta-sekin uni kredit berganlar o‘zi to‘lay boshlagan (ko‘chirma vakil). Vaqt o‘tishi bilan yirik-yirik banklar o‘zlari qog‘oz pullarni bosib chiqara boshlagan, bular banknot deb nomlangan. Boshlanishda ular erkin oltinga almashgan, XX asrning 30-yillarida qog‘oz pullarning oltinga almashuvi barcha davlatlarda (AQShdan tashqari) to‘xtatildi. O‘sha vaqtlarda vekselning paydo bo‘lishi hozirgi zamondagi kredit pullarning yuzaga kelishini bildiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling