H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- V/2Nxi . Bankka tashrif buyurish xarajatlarining umumiy summasi – G’XN
57
Пул агрегатлари. https://cbu.uz/oz/statistics/dks/134763/ 219 Uchinchidan, naqd pul aylanmasini nazorat qilish qiyin. U soliqlarni to‘lashdan bosh tortish va boshqa noqonuniy harakatlar vositasi sifatida chiqishi mumkin. Naqd pulli va nakdsiz muomala o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud: pullar doimo pul muomalasining bir sohadan ikkinchisiga o‘tib turadilar. Demak, aynan naqdgina odamga qulaylikni ta’minlaydi, chunki xarid uchun zarur mablag‘lar uning cho‘ntagida bo‘ladi va har bir xarid uchun uning bankka borish zaruriyati yo‘qdir. Ammo pullarni naqd holatda saqlash odamni qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar olish imkoniyatlaridan mahrum qiladi. Demak, naqd pullarning afzalliklari va kamchiliklarini tarozga solib ko‘rish va qancha naqd pulga ega bo‘lish, qanchasini esa, bankka qo‘yishni hal qilish kerak. Naqd pul massasini boshqarish modeli 50-yillarda iqtisodchilar U.Baumol va J.Tobinlar tomonidan ishlab chiqilgan va Baumol – Tobin modeli nomini olgan. Bu modelga muvofiq bankka tashrif buyurishning optimal sonini yoki naqd pullarning optimal summasini ana shu summaga olinmagan bank foizi va bankka kamroq borgani tufayli vaqtdan qilingan iqtisod qiymatli bahosi ko‘rinishidagi zararlar nisbatan kelib chiqqan holda belgilash yoki aniqlash mumkin. Faraz qilamizki, siz bir yilda V pul birligini sarflashga qaror qildingiz. Narxlarni doim bir xil deb olganimizda, sizda o‘z xatti -harakatingizning bir necha varianti bor: 1) bankdagi hisobdan V pul birligidagi barcha olish va naqd pul ko‘rinishida yil davomida qo‘lda tutish; 2) bankdagi hisobdan V pul birligidagi summani yil davomida bo‘lib olish mumkin. Qaysi variantni siz afzal ko‘rasiz? Birinchi variantda aftidan qo‘yilmalar bo‘yicha olinmagan foizlar ko‘rinishidagi zararlar talaygina bo‘lishi mumkin, shu bilan bir vaqtda, ikkinchi variantda bankka bir martadan ortiq borish natijasida bankka borishning o‘zi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar (bankka borish va qaytish, bankda bo‘lish, navbatda vaqt yo‘qotish va boshqalar), ya’ni to‘zigan poyafzallar xarajatlari ortib boradi. Agar siz ikkinchi variantni tanlasangiz qo‘llardagi nakd pullarning optimal o‘rtacha miqdori va bankka borishning optimal soni to‘g‘risida savol tug‘iladi. Birinchi variantda yil davomida qo‘llardagi nakd pullarning o‘rtacha miqdori V/2 bo‘lganda (yil boshida V pul birligi, 0 esa, yil oxirida) bankka borish soni – bir marta. Agar siz bir yilda 2 marta bankka borib V/2 pul birligidagi summani ikki marta olsangiz, qo‘ldagi pul o‘rtacha miqdori yil davomida V/4 (V/2-yil 220 boshida va yil oxirida). Agar siz bankka 4 marta tashrif buyurib, V/4 pul birligida summani bir yil davomida 4 marta olsangiz qo‘llardagi naqd pulning o‘rtacha miqdori yil davomida V/8 va hokazo bo‘ladi. Bankka berish va har safar V/N pul birligining o‘rtacha miqdori summasi olinganda qo‘llardagi naqd pullarning o‘rtacha miqdori yil davomida V/2N pul birligiga teng bo‘ladi. V/2N pul birligi summasi qancha kichik bo‘lsa, qo‘yilgan qo‘yilma bo‘yicha olinmagan foiz ko‘rinishidagi zararlar shuncha kichik bo‘ladi, ammo bankka qatnash bilan bog‘liq xarajatlar shuncha katta bo‘ladi. Bankka tashrif buyurishning soni qanday tanlanadi (N*)? «to‘zigan poyabzallar xarajatlari» bankka qilingan bir tashrif G’ pul birligida qo‘yilma bo‘yicha foiz stavkasi-1 bo‘lsa, unda qo‘yilma bo‘yicha olinmagan foiz ko‘rinishidagi zararlar bir yil davomida qo‘llardagi naqd pullar o‘rtacha kattaligining foiz stavkasiga ko‘paytmasiga teng bo‘ladi: V/2Nxi. Bankka tashrif buyurish xarajatlarining umumiy summasi – G’XN, unda birgalikdagi xarajatlar S=V/2N:i+G’N ga teng bo‘ladi. 9.2-chizmada olinmagan summasi natijasida qilinadigan jamlanma xarajatlar bog‘liqligi va bankka qatnash xarajatlarining grafik tasviri berilgan. 9.2-chizmada ko‘rsatilganidek, olinmagan foizlar summasi bankka qatnashish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlardan (G’N) ortiq bo‘lar ekan, pullarni saqlashning birgalikdagi xarajatlari (S) pasayishi tendensiyasiga ega bo‘ladi. Bankka qatnash xarajatlari (G’M) olinmagan foizlar summasidan (V/2Nxi) ortsa, birgalikdagi xarajatlar (c) ham orta boshlaydi. Demak, S ning minimumi bankka qatnash xarajatlari garfigi bilan olinmagan foizlar grafigining kesishgan nuqtasida erishiladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling