H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


D=F(p) formulasini yaratdi. Bu yerda D


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

D=F(p) formulasini yaratdi. Bu yerda D-talab, P-narxlar, F-funksiya. U talab 
narxning funksiyasi ekanligini ko‘rsatdi. Marjinalist inqilobining birinchi 
bosqichida avstriya maktabi bo‘lgan. Avstriya maktabi ko‘zga ko‘rinarli 
vakillarining qarashlari uzviy bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirgan. Masalan, 
Menger chegaraviy naflilik nazariyasi asoslarini ayirboshlashning individual 
faktlarini qo‘llagan holda ishlab chiqdi. «Eng yuksak foyda» terminini 
muomalaga kiritgan Vizer bu nazariyadan ishlab chiqarish xarajatlarini 
baholashda foydalandi. Bem-Baverk esa, o‘zidan avvalgilarning qarashlarini 
yanada rivojlantirdi. Avstriya maktabi iste’mol tovarlari bozorlarida 
narxlarning shakllanishini alohida individlarning zarur tovarlarning o‘sha 
foydaliligiga bergan sub’ektiv baholari bilan belgilanadi. Bu sub’ektiv baholar 
sub’ektiv qiymatlar, deb atalib, ulardan ob’ektiv qiymatlar chiqarilardi, ya’ni 
bozorda qo‘shiladigan ayirboshlash proporsiyalari. Avstriya maktabining 
muhim hususiyati undagi izchil sub’ektivizimdir: avstriyaliklar iqtisodiy 
fanning barcha kategoriyalarini iqtisodiy sub’ektning buyumga munosabatidan, 
ularning nimani afzal ko‘rishidan, nimalarni kutishidan, bilimidan chiqarishga 
harakat qiladilar.
 
10.3. So‘nggi qo‘shilgan naflilik qiymat nazariyasi inqilobiy g‘oya 
sifatida 
Qiymat va marjinalizm. Eng yuksak naflilik nazariyasi «marjinalizm», 
deb nom olgan ta’limotning tarkibiy qismidir. Eng yuksak naflilik 
nazariyasining vujudga kelishi qiymat nazariyasida inqilobiy o‘zgarishlarga 
olib keldi. Marjinalizmning asosiy g‘oyalari quyidagilardir: birinchidan
qiymatni mehnat sarflari bilan belgilash nomaqbuldir (yoki mehnat, yer va 
kapital). Ikkinchidan, ne’matning qiymati uni iste’mol qilgan shaxs 


229 
tomonidan olinadigan foydali samara o‘lchami bilan belgilanadi, ya’ni 
ne’matning eng yuksak foydaliligi bilan. Uchinchidan, ne’matlarning naflilik 
individual bahosini aks ettiruvchi aniq iste’molchilar, qiymatni sub’ektiv 
kategoriyalar sifatida qaraydi. To‘rtinchidan, o‘ta kattalik tushunchasi 
kiritildi va uning asosida ne’matlarning birgalikdagi va eng yuksak foydaliligi 
chegaralandi. Beshinchisi -mehnat va kapitalning qiymati va demak, ishlab 
chiqarish xarajatlari iste’mol tovarlari qiymatidan kelib chiqqan yasama 
sifatda belgilanadi. Eng yuksak naflilik nazariyasi vakillari iqtisodiy jarayonlar 
tahlilini odamlarning ehtiyojlarini o‘rganishdan, ne’matlarning naflilik 
mezonlarini izlashdan boshlash kerak, deb hisoblardilar. Ne’matlarning ana 
shu ne’matni istemol qilishdan oladigan qoniqishi tushuniladi, ya’ni 
ne’matlarning foydaliligi ularning odamning biron-bir ehtiyojini qondirish 
qobiliyati bilan belgilanadi.
Eng yuksak naflilik nazariyasi iste’mol ne’matlarining umuman, 
foydaligini emas, balki bu ne’matlar ma’lum individga keltirishi mumkin 
bo‘lgan konkret foydalikni nazarda tutadi. Masalan, A iste’molchi X tovarni 
olar ekan, u buni o‘zining qandaydir ehtiyojini qondirish uchun qilgan, ya’ni 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling