H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Birinchidan, har qanday jamiyatda «xarajatlar nazariya» sidan kelib 
chiqqan ishlab chiqarishni cheksiz ko‘paytirish imkoniyati mavjud emas.
Ikkinchidan, tovarga talabni belgilovchi asosiy omillar o‘rganilmay 
qolgan. Uchinchidan, klassik qiymat nazariyasi (erkin takror ishlab 
chiqaruvchi va takror ishlab chiqarilmaydigan ne’matlar uchun mutlaqo 
turlicha tushintirishlar) qiymatning mohiyatini ochib beradigan tekis, izchil va 
har tomonlama to‘liq nazariyani yaratishga intilayotgan olimlarga tinchlik 
bermasdi. 
Eng yuksak naflilik nazariyasi 
Yangi iqtisodiy konsepsiya eng yuksak naflilik nazariyasi vakillari 
qiymatni belgilashda boshlang‘ich holat sifatida insonning buyumga 
munosabatini turli ne’matlarning foydaliligiga shaxs tomonidan berilgan 
sub’ektiv bahoni tanladilar. 
 
10.2. Marjinalistik inqilobning asoschilari va o‘tmishdoshlari 
Qiymat nazariyasida inqilob. «Qiymat» so‘zi XIX asrning oxirida va 
XX asrning boshlarida nemischa «qimmat baho», «baholi», degan so‘zdan 
tarjima qilingan edi. O‘tgan asrning keyingi uch yilligida qiymat nazariyasida 
chinakam inqilobiy voqealar sodir boldi. Inqilobni inglizlar Uilyam Stenli 
Djevons, Alfred Marshall, avstriyalik Karl Menger, Fridrix fon Vizer va Oygen 
fon Byom-Bа
́verk, shveysariyalik Leon Valras, amerikalik Jon Beyts Klark, 
shved Knut Viksell, italiyalik V.Pareto amalga oshirdilar. Qiymat to‘g‘risidagi 
masalani (chegaraviy naflilik nazariyasi) hal qilishga prinsipial yangicha 
yondashishni yaratish va rivojlantirish birinchi navbatda ularning nomi bilan 
bog‘liq. Bu yangicha yondashuv «marjinalist inqilobi» nomini oldi (marginal 
-inglizchadan chegaraviy degani) Marjinalist inqilobining mohiyati 
quyidagichadir:
Birinchidan: konkret iste’molchi uchun uning sub’ektiv foydaliligi 
asosida qiymat nazariyasiga ne’matlarni baholashning yangi prinsipi kiritildi


228 
 Ikkinchidan, chegaralik prinsipidan foydalanilgan bo‘lib, qo‘shma va 
o‘rtacha kattaliklar tahlilidan, eng yuksak tahliliga, ya’ni qo‘shimcha 
kattaliklar tahliliga o‘tish.
Uchinchidan, eng yuksak kattaliklarning izchil o‘zgarishlari tahliliga 
o‘tish iqtisodiy nazariyada matematik uslublar qo‘llanilishiga yo‘l ochib, 
iqtisodiy tahlil taraqqiyotiga yordam berdi (albatta, bozorda ist’emolchilarning 
ishlab chiqarilgan mahsulotlariga bergan bahosisiz samarasi bo‘lishi mumkin 
emas edi. Shubhasiz qiymat bu avvalambor, almashuv kategoriyasidir). 
Qiymat nazariyasidagi yangi sub’ektiv yo‘nalishning ajdodi hamda iqtisodiy 
nazariyada matematik uslublarni keng qo‘llashning asoschisi O.Kurno (1801-
1877) bo‘lib, u «Boylik nazariyasida matematik prinsiplarning izlanishlari» 
(1838) asarining muallifidir. Funksional o‘zaro bog‘liqlik tahliliga asoslanib, 
O.Kurno iqtisodiy muvozanat tushunchasini shakllantirdi va birinchi bor 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling