H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Qimmatbaho va eng yuksak naflilik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Qimmatbaho va eng yuksak naflilik 
Shunday qilib, qiymat mavjud ne’mat so‘nggi birligining sub’ektiv eng 
yuksak foydaliligi bilan belgilanadi. Agar ne’mat haddan tashqari ko‘p bo‘lsa, 
uning birgalikdagi foydaliligi qancha katta bo‘lmasin, ne’matning so‘nggi 
birligi foydaliligi nolga teng bo‘ladi, chunki qaysi birlikni so‘nggi deb 
hisoblashdan qati nazar, birlikning foydaliligi nolga tengdir. Mazkur ne’mat 
Menger terminologiyasida noiqtisodiy bo‘ladi. Agar ne’matlarning birgalikdagi 
foydaliligi (masalan, brilliantning) uncha katta bo‘lmasa, ular miqdorining 
cheklanganligi so‘nggi birligining qiymati yetarli darajada yuqori bo‘lishiga 
olib keladi va bu ne’mat iqtisodiy xarakter hamda qiymatga ega hisoblanadi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosa chiqarsak bo‘ladi: o‘zining 
eng birinchi ko‘rinishida qiymat konkret individum uchun mazkur iqtisodiy 
ne’mat turlarining nisbiy foydalilik tasirining iste’mol bahosidir. 
Qiymat ijtimoiy hodisa 
Shuni hisobga olish kerakki, birinchidan, ne’matlar osmondan tushmaydi, 
balki mehnat va boshqa resurslar yordamida ishlab chiqariladi; ikkinchidan
rivojlangan xo‘jalik tizimida qiymat individual emas, balki ijtimoiy xarakterga 
ega. Individual baholashlarning bozordagi muvofiqlashuvi sodir bo‘ladi. 
Ne’matning ijtimoiy o‘ta foydaliligini chiqarishni bozor turli shaxslarning 
barobar harakat qilish hollari prinsipi bo‘yicha amalga oshiradi. Bu barobar 
harakat qiluvchi ayirboshlashning har bir ishtirokchisining o‘z ehtiyojlarini 
maksimal qondirish uchun intilishi ta’siri ostida, stixiyali ravishda vujudga 
keladi. Ayirboshlash ishtirokchilari soni ko‘proq bo‘lsa, ayirboshlash 
jarayonida ikki shaxs o‘rtasidagi ayirboshlashga nisbatan narxlar ancha tor 
chegarada vujudga keladi. Ayirboshlash ishtirokchilari qanchalik ko‘p bo‘lsa 
(ularning har biri bozorga o‘zining sub’ektiv baholarini olib kiradi), narx 
chegaralari shunchalik tor bo‘ladi va nihoyat qator sub’ektiv qiymatlar 
ne’matning yagona ijtimoiy bozor qiymatiga kelishadi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling