H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ingliz klassik siyosiy iqtisodi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ingliz klassik siyosiy iqtisodi
Qiymat nazariyasini ishlab chiqishga ingliz klassik siyosiy iqtisodi nomini olgan iqtisodiy maktab birinchi salmoqli hissa qo‘shdi. U.Petti, A.Smit, D.Rikardo shu maktabning vakillaridir. Ularning qarashlari keyinchalik K.Marks asarlarida o‘z rivojini topdi. Klassik maktab iqtisodiy tahlilning yagona boshlanuvchi kategoriyasi sifatida qiymatni tan olib, undan gnesologik daraxt sxemasi kabi boshqa kategoriyalar o‘sib chiqadi, deb qayd etadi. Ingliz klassik siyosiy iqtisodi moddiy ne’mat va ishlab-chiqarish jarayoniga mehnat sarflari natijasida yuzaga keladigan daromad manbalari belgilovchi qiymatining mehnat nazariyasini ilgari surdi. «Boylikning otasi - mehnat, tabiat esa uning onasi», degan fikr U.Pettiga tegishli. Ammo U.Petti ham merkantilizm ta’siridan xalos bo‘la olmadi. Uning qiymat nazariyasi pulning qiymatiga asoslangandir. U.Pettining fikricha, mahsulot uchun olinadigan pulning miqdori uning qiymatini belgilaydi, hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri mehnat sarflari orqali emas, balki bilvosita pul-kumush va oltin ishlab chiqarishga ketgan sarflar orqali belgilanadi. Uning fikricha, qiymatni har qanday mehnat emas, balki kumushni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat barpo etadi. 226 A.Smitning fikricha esa, qiymat sarflangan mehnat bilan belgilanib, bunda mehnat qiymatning umumiy o‘lchamidir. A.Smit ishlab chiqaruvchi mehnatning barcha turlari tengligini aytar ekan, qiymat alohida bir odamning sarflangan mehnati bilan emas, ushbu ishlab chiqarish taraqqiyoti darajasining o‘rtachasida belgilanadi, deb qayd qiladi. Narx tashkil qilish muammosini ko‘rib chiqar ekan, A.Smit ikki qoidani ilgari surdi. A.Smitga ko‘ra tovar narxi, birinchidan, unga sarflangan mehnat bilan belgilanadi; ikkinchidan, mehnat sarfi, daromad, kapitalga foiz, yer rentalaridan tashkil topadi, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari bilan belgilanadi. D.Rikardo narxlarning yagona so‘nggi asosi, deb mehnatni hisoblagan. Uning nazariyasiga ko‘ra tovarning almashuv qiymati (ya’ni ayirboshlashda tovarlar miqdorining munosabati) ularni ishlab chiqarishga sarflangan mehnat miqdoriga to‘g‘ri proporsional, mehnat unumdorligiga esa teskari proporsionaldir. Mehnat sarflarining o‘lchovi sifatida D.Rikardo ish vaqtini belgiladi. A.Smit pozitsiyani aniqlashtirgan hol shu bo‘ldiki, tovarlar qiymatida nafaqat ularni ishlab chiqarishga sarflangan mehnatni, balki moddiylashtirilgan kapital tovarlar (ishlab chiqarish qurollari) ishlab chiqarishga sarflangan mehnatni ham hisoblash kerak. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling