H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Mulk tushunchasi. Mulk o‘zi nimadan iborat? Mulk ko‘proq
umumlashgan shaklda – bu kishilarning moddiy boyliklarini o‘zlashtirish usullariga asoslangan munosabatlaridir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, bu yerda munosabatlarning ikkita qatlami qatnashadi: 1) Kishilarning buyum, ashyolar bilan ob’ektiv-sub’ektiv munosabatlari (u bu narsalar bilan nima qila oladi va nima qila olmaydi). 2) Sub’ektli – sub’ektga oid mulkdorlar va boshqa kishilar o‘rtasida yuz beradigan munosabatlar (mulkdorning atrofidagilarga nisbatan qanday huquq va majburiyatga egaligi). Bir qancha ilmiy maktablar vakillarining munosabatlarni birinchi qatlami mustaqil emas, balki ikkinchisining bir qismi, deb taxmin qiladilar. Ushbu munozaralarga mantiqiy berilmasdan hozirgi vaqtda umumqabul qilingan va iqtisodiy taxminlar uchun ko‘proq samarali yo‘nalishlarga XX asrning 60-yillarida birinchi Amerika iqtisodchisi R.Kouz shakllantirilgan mulkning huquqiy nazariyasiga (keyinchalik Nobel mukofoti sovrindori) to‘xtaymiz. Kouz mulkini emas, balki mulkka egalik qilish huquqining alohida elementlarini ko‘rib chiqishni taklif qiladi. Shu nuqtai nazardan u mulk yaxlit tosh emas, balki qandaydir to‘plangan (to‘xtam) huquqligini tasavvur etdi. Boshqalarga nisbatan mulkka egalik qilish huquqi 11 elementni o‘z ichiga oladi: 1. Egalik qilish huquqi. 2. Foydalanish huquqi. 3.Boshqaruv huquqi. 4. Daromad olish huquqi. 5. Sotish, o‘zgarish, o‘zgartirish, yo‘q qilish huquqi. 6. Mulk xavfsizligiga oid huquq (ekspropriatsiyadan himoya qilish). 244 7. Vasiyat qilishga meros olish huquqi. 8. Boylikka muddatsiz egalik qilish huquqi. 9. Atrofdagilarga zarar keltiradiganni ta’qiqlash huquqi. 10. Qarzni undirish huquqi. 11. Mulk vakolatini qaytarish huquqi. Moddiy boyliklarni o‘zlashtirish usullariga bog‘liq bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni aniqlab berib, mulkka egalik qilish huquqi «mulk» tushunchalarining aniq mazmunini ochib beradi. Iqtisodiy tizimlar uchun haqiqatan ular «o‘yin qoidasini» aniqlab beradilar. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling