H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Xususiy mulkchilik. Bozor iqtisodiyoti uchun ishlab chiqarishni amalga 
oshirish borasida xususiy mulkchilik asosiy ahamiyatga ega. Barcha huquqiy 
tutam bitta jismoniy yoki huquqiy shaxslar qo‘lida to‘planganda mutlaqo 
xususiy mulkchilik haqida gapirish mumkin. Ammo mulkdor huquqiy 
mulkning bir qismini qandaydir aniq shartlar asosida boshqa shaxslarga bersa, 
masalan, korxona egasi moneterlarga uni boshqarish huquqi bilan berdaigan 
bo‘lsa. Huquqni taqsimlash kombinatsiyalarinig variantlari korxonalarning har 
xil shakllarini yuzaga keltiradi (xususiy korxonalarnig shaxsiyatparasligidan 
hissadorlik jamiyatigacha). Mulkchilik huquqining boshqacha to‘lmagan 
sharoitlari bo‘lishi ham mumkin. Ular mulkdor to‘plamiga kiradigan 
huquqlarining bir qismidan mahrum bo‘lsa yoki bu huquqlarning bir qanchasi 
boshqa shaxslar tomonidan qonunga hilof ravishda tartibga olingan bo‘lsa ham 
yuzaga keladi.
Har bir mulkdorning huquqi aniq ifodalanishi, huquq to‘plami 
elementlarining farqlanishi, ularning qonuniy mustahkamlanishi va himoyasi 
aniq bo‘lishi lozim. Mulkdor huquqi iqtisodiyot nazariyasi fanida mulkdor 
huquqini tasniflash nomini oldi. Bu tushuncha teskari (qarshi) tushuncha 
bilan ifoda etilishi mumkin. Tasniflash deganda, iqtisodiy resusrlarga erkin 
kirish mulkdordan tashqari barcha uchun istisno etiladi, degan ma’noni 
anglatadi. Agar barcha uchun resurslarga erkin kirish bo‘lsa, unda ular hech 
kimniki bo‘lmay qoladi (egasiz bo‘lib qoladi). Bozor munosabati faqat 
tasniflash naqd bo‘lganda ishlay boshlaydi.
Hozirgi vaqtda mulkdorning huquq to‘plashi aniq ifoda etilmagan shu 
tufayli yetarli darajada qonun bilan samarali himoya qilinishi kerak. Asosan, 
buni MDH mamlakatlarida xususiylashtirilgan korxonalar misolida ko‘rish 
mumkin. Mulkdor huquqi bu yerda uchta asosiy guruhlar -sub’ektlar o‘rtasida 
«bo‘lingan»:
1) korxonalar ishchilari o‘rtasida;
2) ushbu korxonalar rahbarlari o‘rtasida;


245 
3) tashqi mulkdorlar o‘rtasida (ular o‘rnida ko‘proq xususiy firmalar va 
banklar chiqadilar). Ular o‘rtasida barcha huquq to‘plamiga ega bo‘lish yoki 
ularda bosh bo‘lish uchun kurash ketadi.
Iqtisodiy kategoriyalarning tilidan foydalanib aytadigan bo‘lsak, ko‘p 
joylarda mulkdor huquqini rasman berishi sodir bo‘ldi, tasniflash esa, hali 
tashkil topish jarayonida turibdi. Bozorning rivojlanishi bilan tasniflash yangi 
fazaga kirishi kerak, qachonki, mulkdorlar huquqining to‘plami qayta 
taqsimlanishi natijasida (olib sotish, olib-sotarlik, qisman qarzni o‘zaro 
kechmoq, korxonalarning yomon boshqaruvi natijasida bankrot bo‘lishi) 
huquq mustahkamlanadi va ko‘proq samarali, resusrlardan ratsional ravishda 
foydalanishga qobiliyatli mulkdorga o‘tadi. Davlatning eng asosiy 
vazifalaridan biri-shunday rivojlangan voqealarni rag‘batlantirish bo‘ladi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling