H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Investitsiya tovarlari bozori


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Investitsiya tovarlari bozori. Real kapital bozori ishlab chiqarish 
omillari bozorining boshqa bir tarkibiy qismi hisoblanadi. Real kapital 
bozoriga, avvalambor, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan tovarlar va 
xizmatlarni yoki aholi ehtiyojini qondirish uchun bevosita mo‘ljallanmagan, 
ammo bilvosita (etkazib beriluvchi dastgohlar, mashinalar, texnologiyalar
xom ashyo va materiallar orqali) jamiyatning zarur ne’matlarga bo‘lgan 
ehtiyojini qondirish bo‘yicha vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan tovarlar va 
xizmatlarni kiritish lozim. Bunday bozor uchun ishlab chiqarish aloqalarining 
barqarorligi, tijorat operatsiyalarining keng ko‘lamligi va sheriklar o‘rtasidagi 
munosabatlarning uzoq muddatga mo‘ljallanganligi hosdir, chunki odatda, 
investitsiya yoki kapital mablag‘lar sarflash muammolarining hal etilishi ana 
shu bozor bilan bog‘liq. Bizning fikrimizcha, ilmiy-ishlab chiqarish mahsulini 
ham shu xildagi bozorning ko‘rinishlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq 
bo‘lar edi. Fan - texnika inqilobi sharoitida u texnologiyalarni, texnikani, 
xo‘jalik va ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish 
tizimlarini takomillashtirish borasida katta ahamiyat kasb etadi. Bu shunday 
bozorki, unga eng yuksak aqliy va ijodiy mehnat, o‘ta zamonaviy investitsiya 
tovarlari va materiallari, shuningdek, katta tavakalchilik bilan bog‘liq ayniqsa, 
muhim va amaliy taddiqotlar sohasidir.
Mazkur bozorda mazmun - mohiyata yo texnika tamoyilida, yo 
texnikaning xizmat ko‘rsatish usulida, yo mehnatni va ishlab chiqarishni 
tashkil etish ko‘rinishida bo‘lgan ma’naviy mahsulot yoki xizmat­tovar 
vazifasini o‘taydi. Patentlar, litsenziyalar, nou-xau (bilim va tajriba), 
injiniring, tajriba namunalari va hokazolar oldi-sotdi ob’ekti hisoblanadi.
Mazkur bozor mahsulotlarining investitsiya tovarlari ahvoli va sifatiga, 
ishchi kuchiga, boringki har qanday pirovard tovarlar va xizmatlarga ta’sir 
doirasi serqirraligi va serjabhaligi ta’lim, oliy maktab va fan tizimining 
faoliyati shart-sharoitlariga e’tibor qaratish zaruratini taqozo etadi hamda 
madaniyat-ma’naviyat bilan qo‘shilib, insoniyat manfaatlariga zid bo‘lmagan, 
chinakam ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashning yo‘l boshlovchi 
nuqtasiga aylanadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling