H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Milliy bozor. Barcha moliyaviy munosabatlar o‘z iqtisodiy mazmun -
mohiyatiga ko‘ra, agar ne’matga egalik huquqi va uning qiymati boshqa shaxsga o‘tadigan bo‘lsa, ana shunday beg‘araz munosabatlar qatoriga kiradi. Soliqlar, ijtimoiy to‘lovlar, yordam pullari, sovg‘a qilish, vasiyat va hokazolar shular jumlasidandir. Lekin shuni ta’kidlash kerakki, bu munosabatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri, bevosita bozorga aloqasi bo‘lmasa ham, ular bozorning ahvoli va faoliyatiga bilvosita ta’sir etadi. Sog‘liqni saqlash tizimi o‘z ravnaqi uchun budjetdan qandaydir mablag‘larni, ishsiz qolgan odam ishsizligi uchun nafaqa oladi, deb taxmin qilaylik. Bu sof ko‘rinishdagi moliyaviy munosabatlardir, zero, huquqiy va jismoniy shaxslarni beg‘araz, bir tomonlama moliyaviy ta’minlash ro‘y bermoqda. Ammo ana shu xo‘jalik sub’ektlari mablag‘larni olib, ularni (pulni) o‘z hayotiy ehtiyojlari yoki vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan tovarlar va xizmatlarga almashish maqsadid bozorga yo‘l oladilar. Natijada, bozorda qo‘shimcha ehtiyoj paydo bo‘ladi, bu narx-navo ko‘tarilishini va hokazolarni keltirib chiqarishi mumkin. Demak, ijtimoiy muhitning o‘zi bozor munosabatlari faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishining omillaridan biri sifatida namoyon bo‘lmoqda. 251 Boshqa, oddiy bir voqeani olaylik, ishga joylashishning bozorga aloqasi yo‘qdek ko‘rinadi vaholanki, bunday emas. Bu holda ishga qabul qiluvchi xaridor rolida, xodim esa, ishchi kuchini, ya’ni mehnatga layoqatini sotuvchi rolida munosabatga kirishadi. Bu mehnat bozoridagi bitimdir. Shuning uchun bozor haqidagi tasavvuringiz bilan bog‘liq pirovard xulosani chiqarishga shoshilmang. Bozor ishlab chiqaruvchilar bilan ist’emolchilar o‘rtasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri va teskari aloqalar qaror topishini ta’minlaydi va qullab-quvvatlaydi. Ehtiyojning o‘zgarishi taklifning o‘zgarishini keltirib chiqaradi. Shu tarzda iste’molchilar ehtiyoj orqali ishlab chiqarishda jamiyat uchun zarur yo‘nalishda o‘zgarish ro‘y berishiga ta’sir o‘tkazadilar. O‘z navbatida, ishlab chiqarish, yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etar ekan, shu yo‘l bilan ijtimoiy ehtiyojning tarkibiy o‘zgarishiga ta’sir etadi. Shunday qilib, bozor orqali ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibiy tuzilishining barcha ne’matlar yig‘indisiga, ijtimoiy ehtiyojning hajmi va tarkibiy tuzilishiga mutanosibligining tabiiy qaror topishi ro‘y beradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling