H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Axborot bozori. Mazkur bozor boshqa bozorlar bo‘lajak holatining 
darakchisi rolini o‘ynaydi. Axborot bozori vujudga kelayotgan vaziyatga 
muvofiq va unga javob beradigan qarorlarni qabul qilish uchun u yoki bu 
bozordagi ahvol haqida rang­ barang va xilma-xil ma’lumotlarni yetkazib 
berish bilan ob’ektiv ravishda bog‘liqdir. Shuning uchun axborot bozori 


255 
bevosita xizmat vazifasidan kelib chiqib, xo‘jalik sub’ektlarini qisqa muddatli 
va o‘rta muddatli rang-barang axborotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangan.
Axborot bozori kengroq talqin qilinadigan bo‘lsa, tarkibiy qismlaridan 
biri sifatida unga fan-texnika mahsulotlari bozorini ham qo‘shish mumkin. 
Ammo bunday integratsiyaning naf keltirishi amri mahol, sababi, ilmiy- ishlab 
chiqarish bozori -bu boshqa tovar bozorlarining, shu jumladan, tor ma’nodagi 
axborot bozorining kelgusidagi ahvolidan darak beruvchi bozordir. Fan va 
texnika sohasidagi yutuqlarni va mehnat taqsimotining rivojlanish 
tamoyillarini bilmay turib, ilmiy mahsulotlar bozoridagi vaziyatdan xabardor 
bo‘lmay, uzoq muddatli qarorlar qabul qilib bo‘lmaydi. 
Yer bozori. Bozorning boshqa bir tarkibiy bo‘linmasi yer bozori 
hisoblanadi. Mazkur holda yer deganda nafakat kishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishi, qurilishlar va boshqa ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan yer 
maydonlari, shuningdek, yerning qa’ri, qazilma boyliklar ham tushuniladi. 
Shuning uchun yer bozorida ham qishloq xo‘jaligi, ham qurilish industriyasi, 
ham sanoat, birinchi navbatda konchilik sohasi, ham davlat tuzilmalarining 
vakillari uchraydi. Shu bilan birga, mazkur bozorda faqat yer oldi-sotdisi bilan 
bog‘liq, ya’ni yerga egalik huquqi bir qo‘ldan ikkinchi qo‘lga o‘tishi bilan 
bog‘liq bitimlar tuziladi, deb taxmin qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Ushbu bozordagi 
aksariyat bitimlar mutlaqo o‘zgacha xususiyatga ega: yerni ma’lum muddatga 
ijaraga berish sodir bo‘ladi. Mazkur holda mutlaq egalik xuquqi yerning 
egasida qoladi, u rentani o‘zlashtirish yo‘li bilan egalikning iqtisodiy 
munosabatini amalga oshiradi. Yangi xo‘jayin ijarachi ijara bitimida ko‘zda 
tutilgan muddatgagina egalik huquqini qo‘lga kiritadi, ammo buning uchun u 
har yili yerning haqiqiy egasiga renta to‘lashi lozim. Shunday qilib, yer 
rentasini o‘zlashtirish yerga egalik xuquqini amalga oshirishning iqtisodiy 
ko‘rinishidan iborat bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijaraga oluvchi 
muntazam, ijara shartnomasida ko‘zda tutilgan butun muddat mobaynida yer 
egasiga (ijaraga beruvchiga) renta to‘lab turishga majburdir. 
Renta to‘lovlari bilan bog‘liq ijara munosabatlari mazmunini tushunib 
olgach, biz to‘la asos bilan aytishimiz mumkinki, u yoki bu mamlakatda yerga 
shaxsiy egalik hukuqi qonun yo‘li bilan mustahkamlanmagan bo‘lib, u davlat 
mulki, deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, bu ana shu mamlakatda yer bozori yo‘q, 
degan ma’oni anglatmaydi. Bunday holda davlat butun xalq nomidan yagona 
ijaraga beruvchi vazifasini o‘taydi, u yerni ma’lum muddatga yoki muddatsiz 
kimningdir ixtiyoriga berib, renta to‘lovlarini hamisha, u yoki bu ko‘rinishda 
davlat budjetiga undiradi. Bunday holda biz davlatni yagona «Sotuvchi» 
qiyofasida ko‘rayapmiz, har qanday xo‘jalik sub’ekti-jismoniy yoki huquqiy 
shaxs esa, «xaridor» vazifasini bajarishi mumkin. 


256 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling