H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12 BOB. BOZORGA O‘TISH DAVRI VA UNING O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI. 12.1. O‘zbek modeli va uning tamoyillarini jahon tizimida tan olinishi
Asosiy tushuchalar Bozor -iqtisodiy agentlar o‘rtasidagi har xil moddiy boyliklarni oldi-sotdi yo‘li bilan ayirboshdagi iqtisodiy aloqalar shakli. Bozor iqtisodiyoti - iqtisodiyotni tashkil etish tizimi bo‘lib, xo‘jalik taqdirini hal etuvchi qarorlar markazlashtirilgan holda qabul qilinmaydi, mahsulotlarni ishlab chiqarish va taqsimlash reja yo‘li bilan emas, balki ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar tomonidan aniqlanadi. U erkin tadbirkorlikka, raqobatchilikka va xususiy mulkchilikka asoslanadi. Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 1. Resurslarni tashkil etish muammolarini hal qilishga doir bozor tamoyillari. 2. Bozor xo‘jaligini tashkil etish shartlari davlat qonunlari; xususiy mulkchilik va tadbirkorlik. 3. Raqobatli va raqobatsiz bozor. 4. O‘zbekistonda bozor xo‘jaligini tashkil etish xususiyatlari: paydo bo‘lishi va rivojlanishi. Mustaqil ta’lim uchun savollar 1. Bozor iqtisodiyoti tushunchasi. 2. Bozor iqtisodiyotining umuminsoyligi. 3. Bozor iqtisodiyotining sub’ektlari. 4. Bozor turlari. 269 12 BOB. BOZORGA O‘TISH DAVRI VA UNING O‘ZBEKISTONDAGI XUSUSIYATLARI. 12.1. O‘zbek modeli va uning tamoyillarini jahon tizimida tan olinishi O‘zbekistonning mustaqillik yillarida iqtisodiy rivojlanishi mamlakat rahbariyati ishlab chiqqan «O‘zbek modeli» markazlashgan rejali iqtisodiyotidagi erkin ijtimoiy-yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning to‘g‘riligini va asoslanganligining samaradorliligini namoyish etmoqda. O‘zbekistonda qabul qilingan iqtisodiy rivojlanish modelining asosiy farqlanishi mamlakatni tashqi omillar hisobiga qaram qilib qo‘yadigan qisqa muddatli spekuyativ kreditlardan rad etishga qaratilgan chuqur o‘ylangan siyosati bo‘ldi. Ushbu modelni izchil amalga oshirish tufayli mamlakat yuqori sur’atdagi iqtisodiy rivojlanishga erishdi. Masalan, 1997–2003 yillarda O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘rtacha sur’at bilan yiliga 3,8–5,2% darajada rivojlanib keldi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik yangilash bo‘yicha ishchan muhitni yaratishga mo‘ljallanganligi tufayli 2004 yildan boshlab iqtisodiy islohotlar natijasi sifatida yuqori va mustahkam iqtisodiy o‘sish sur’atiga ega. YaIM hajmi sotib olish qobiliyati bo‘yicha 2021 yilda 1990 yil bilan taqqoslaganda 2,5 baravar, 27,1 dan 69,2 mlrd. AQSh dollarida ko‘paydi. Iqtisodiyotning yetakchi sohalarida yuksalishning asosiy omillari muhitlarining yaratilishi iqtisodiyot strukturasining asosan, sifatli o‘zgarishni ta’minlovchi investitsiyalarni kuchaytirish bo‘ldi. Shunday qilib, 2000–2020 yillarda mamlakatda YaIMda qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1% dan 28,2% gacha, o‘sha vaqtning o‘zida sanoat 14,2% dan 35,5% gacha ko‘paydi, xizmat ko‘rsatish ulushi esa, 37% dan 36,3% gacha qisqardi. Agarda 1990 yilda eksport importdan 79,8 mln AQSh dollardan ko‘paygan bo‘lsa, 2020 yilda savdo balansida salbiy savdo -6043,8 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2000–2011 yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini industriyalash, modernizatsiyalash, texnikaviy va texnologik ta’minlash bo‘yicha, sanoatda avtomobil, neft va gaz, kimyo, temir yo‘l mashinalarini qurish kabi yangi tarmoqlar sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishning umumiy hajmi o‘sishini va sanoatning YaIM dagi ulushi 2020 yilda 35,5% gacha yetishi ta’minlandi. Iqtisodiyotdagi sifatli o‘zgarishlarning boshqacha xarakterli xususiyati – bu xizmat ko‘rsatish sohalarining tezda rivojlanishi iqtisodiyot tarmoqlaridagi ko‘pincha kelajakda tez rivojlanadigan soha bo‘lib hisoblanadi. 270 O‘zbekistonda mustaqillik yillarida natijali investitsiya siyosatlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Chet el investorlari uchun biznes muhiti, huquqiy kafolatlar va imtiyozlarning keng tizimi tufayli korxonalarning faoliyatini chet el ishtirokchilarining qatnashishi bilan butun tizimli choralar mamlakat iqtisodiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari oqimini jiddiy ko‘paytirishga yordam berdi. Natijada, 2020 yilda kapital qo‘yilmalarning umumiy strukturasida chet el invetitsiyalari ulushi 42,9%ni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari 14,2%ni tashkil etdi. Chet el loyihalarini realizatsiya qilish bo‘yicha yuqori texnologiyali mahsulotlarni yuqori qo‘shilgan qiymati bilan ishlab chiqarishda asosiy sherikchilar bo‘lib jahondagi yirik kompaniyalar – AQSh ning («GU», «Texaco»), YuAR («Sasol»), Ispaniyaning («Mahal»), Yaponiyaning («ITOCHU», «MITSUBISHI»), Malaziyaning («PETRONAS»), Koreyaning («Koreanair», «KNOC», «LG»), Xitoyning («CNPC»), Rossiyaning («Lukoyl», «Gazprom») hamda xalqaro yirik moliya institutlari – Jahon banki, Osiyo rivojlanish banki, Islom rivojlanish banki, Janubiy Koreyaning, Yaponiyaning va bir qator boshqa davlatlarning investitsiya banklaridir. Iqtisodiyotning rivojlanishida tanlab olingan «O‘zbek modeli» demokratik bozor islohotlarining keyingi vaqtda chuqurlashuvi va iqtisodiyotning erkinlashuvi chuqur o‘ylangan va izchil amalga oshirilayotgan ustuvor siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy qayta o‘zgarishlar bilan birgalikda mustahkam va ishonchli poydevorni yaratish, shu bilan birga, milliy iqtisodiyotning mustahkam va dinamik asosini qurish aholining izchil yashash darajasini oshirishni ta’minlanmoqda. Bozor munosabatlari asosiga o‘tishdagi «O‘zbek modeli»ni amalga oshirishda beshta asosiy tamoyil (prinsip) belgilangan: iqtisodiyotni batamom siyosatdan holi etish; davlatning bosh islohotchi sifatidagi rolini saqlab qolish; hayotning barcha sohalarida qonun bosh ustuvor bo‘lishi shart; kuchli ijtimoiy siyosat realizatsiya qilinishi zarur; bozor iqtisodiyotiga tadjiriy yo‘l bilan xech qanday «inqilobiy sakrashlar», «shok terapiyasisiz», xalqning yashash darajasi uchun zararsiz bosqichma-bosqich o‘tish. O‘zbekistondagi iqtisodiy islohot modeli iqtisodiy tizimning tubdan o‘zgarishini ushbu o‘tishga nisbatan og‘ir tushmaydigan tarzda tashkiliy bozor raqobatini yaratish yo‘li bilan ta’minlash. Jahon iqtisodiyotida bunday o‘xshash yo‘l haligacha bo‘lmagan. O‘zbekistonning milliy iqtisodiyotini erkinlashtirish butunlay va uni muvaffaqiyatli amalga oshirish ko‘pincha bir qator ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarning naqdligiga bog‘liq. Bu yerda hal qiluvchi ahamiyatga, jamiyatning roziligiga erishish, ishonchli ijtimoiy sherikchilik mexanizmining shakllanishi, aholining eng keng qatlamlari orasida yangi yo‘lni ommaviy 271 qo‘llab-quvvatlashni yaratish. Erkinlashtirish strategiyasi umummilliy g‘oyalar darajasigacha ko‘tarilishi shart bo‘lishi kerak. Faqat mana shunday holatlarda u muvaffaqiyatga ega bo‘ladi. O‘zbekiston bozor islohotlari o‘zining modelini bosqichma-bosqich amalga oshirish asosida iqtisodiyotning tiklanishiga olib kelishga qobilyatli bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling