H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


stavkasi – bu banklar tomonidan depozitlarga (omonatlarga) belgilangan


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

stavkasi – bu banklar tomonidan depozitlarga (omonatlarga) belgilangan 
foiz. 
Bank tizimi. Bank tizimi -bu kredit tizimining bir qismi bo‘lib, u 
banklarni, sug‘urta kompaniyalari, pensiya fondlarini, kasaba uyushmalarining 
tijorat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega boshqa tashkilotlarining 
fondlarini o‘z ichiga oladi. Bu vaqtincha erkin pul mablag‘larini safarbar etish, 
jamlash va ularni kreditlar yoki kapital sarflar ko‘rinishida joylashtirishning 
tegishli shakllarini topishga qodir bo‘lgan muassasalar va tashkilotlar 
yig‘indisidir.
Banklar-kredit tizimining o‘zagini tashkil etadi. Bank tizimi, odatda, ikki 
qavatli tuzilishga ega. Birinchi qavat markaziy (davlat) banki bo‘lib, u pul 
xo‘jaligining ahvoli va takomillashtirilishi uchun to‘la-to‘kis javobgardir. U 
bir tomondan, qulay investitsiya muhiti uchun shart-sharoitni ta’minlashga va 
kredit munosabatlarini rag‘batlantirishga; ikkinchi tomondan, inflyatsiya 
jarayonlari avj olishiga yo‘l qo‘ymaslikka da’vat etilgan. Banklar pul bozori 
agentlarining xatti-harakatiga ta’sir o‘tkazish uchun butun bir vositalar 
termasiga (banklararo kredit stavkasi, zaxiralar, ochiq bozordagi operatsiyalar) 
ega ekanligini biz keyinroq bilib olamiz. 
Ikkinchi qavat tijorat, investitsiya, ipoteka (garovga qo‘yilgan ko‘chmas 
mulk evaziga qarz beradi), innovatsiya (texnika yangiliklarining yaratilishi va 
o‘zlashtirilishi uchun qarz beradi) banklaridan iborat. Shuni qayd etish kerakki, 
hozir tijorat banklari ham, ixtisoslashgan banklar ham o‘z faoliyatlari doirasini 
ancha kengaytirishgan, turli-tuman operatsiyalarni amalga oshirishadi.
Markaziy bank sog‘lom pul muomalasini ko‘llab-quvvatlash maqsadida 
o‘z ixtiyoridagi vositalar yordamida bank tizimining ikkinchi qavatiga ta’sir 
o‘tkazishga da’vat etilgan. 
 
11.6. Erkin bozor 
Mazkur bozorda to‘la-to‘kis mustaqil agentlar faoliyat ko‘rsatadi, 
ularning har biri o‘z iqtisodiy manfaatini amalga oshirishga intiladi. Bozorning 
har bir agenti ayirboshlash munosabatlariga kirishar ekan, u yoki bu ne’matni 


262 
berib, buning evaziga boshqa ne’matni olishga intiladi. Shuning uchun, u yoki 
bu ehtiyojni qondirishga mo‘ljallangan va ayirboshlash qiymatiga ega har 
qanday ne’mat tovar hisoblanadi. Almashish qiymati ne’matning ma’lum 
nisbatlarda boshqa ne’matga ayirboshlash xususiyatini belgilaydi. Masalan 
«X» miqodoridagi A ne’mati «U» miqoridagi B ne’matga ayirboshlanadi.
Agar tovarlar ayirboshlash munosabatlariga kirishar ekan, har bir «oldi-
sotdi» jarayonida iqtisodiy manfaatlari mutlaqo qarama-qarshi ikki kontragent 
uchrashishini fahmlash qiyin emas. Taklifni o‘zida mujassam etgan sotuvchi 
tovarni qimmatroq sotishga intiladi, talabni mujassam etgan xaridor esa, uni 
arzonroq olishni istaydi. Kontragentlar xohish-irodasining erkin namoyishi 
iqtisodiy manfaatlarni amalga oshirishdan boshqa narsa emas, pirovard 
maqsad esa, iloji boricha ko‘proq foyda olish.
Xohish-irodaning bunday namoyishi uchun, shubhasiz, bozorda to‘la 
erkinlik va oshkoralik bozor barcha agentlarining mutlaq tenglik muhiti hukm 
surishi lozim. Bozor munosabatlarining bunday holati «erkin bozor» 
tushunchasi bilan izohlanadi, u bir qator talablarga javob berishi kerak.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling