H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
 
 
 
 
 
 
 
12.3. Xususiylashtirishdan keyingi mulk shakllari 
Eng oddiy va boshlang‘ich mulkchilik xususiy mehnatga asoslangan 
bo‘ladi. Bu hamma fuqarolar uchun qulay bo‘lgan mulkchikdir. Butun dunyo 
iqtisodiyotining tarixiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar inson mulkdor bo‘lsa, 
u, boyliklarini ko‘paytirish uchun ijodkorlik qobiliyatlarini to‘liq ochish 
imkonini beradi. 
Mulkka egalik qilmoq, foydalanmoq, o‘zlashtirish va tasarruf etmoq 
huquqi davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan ozod qiladi, mulkning 
umumiy qismi rivojlanishi tufayli xo‘jalik demokratiyasi kengayadi. Bunday 
turdagi o‘zlashtirishga aksiyadorlik jamiyatining, kooperativlar, xo‘jalik 
uyushmalari 
(konsernlar, 
konsorsiumlar, 
ittifoqlararo, 
tarmoqlararo, 
MULK SHALLARI 
Kapitalistik xususiyat 
Umumiy birliklar 
(davlatlashtirish) 
Xususiy mehtat 
Qo‘shma 
korxonalar 
Umumiy qism 


276 
mintaqaviy uyushmalar, xo‘jalik shirkatlari) kiradi. Shunday qilib shaxsiy, 
jamoa va jamiyat manfaatlari mustahkam birlashadi. 
Davlat mulkini isloh qilishning boshlanishi davlat sotsializmidan yangi 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimga o‘tishni anglatadi. 
Albatta, buning natijalari haqida gapirish uchun hali ertaroq, lekin 
O‘zbekistonda shu qisqa vaqt ichida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar 
natijasiga erishilgan ko‘rsatkichlar, tarixda teng yo‘q o‘zgarishlar ko‘p 
narsadan darak beradi. Sof kapitalizm modelidan farqli ravishda, bizning 
iqtisodimizni aniqrog‘i, aralash iqtisodiyot deb tavsiflasa bo‘ladi. 
Bozor tizimi asosida xususiy sektorning harakat qilishi davlat 
sektorlarining boshqacha ko‘rinishidir. Shunday qilib, hozirgi hamma bozor 
tizimlari – bu aralash tizimdir, ya’ni qayerda, nima ishlab chiqarish, qancha va 
kim uchun, degan savollarga javobni hukumat va bozor birgalikda beradi. 
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni o‘tkazish davrida bozor iqtisodiyoti 
sub’ektlarining davlatdan ma’lum darajada erkin bo‘lishi to‘g‘risidagi fikr 
ustun turadi: davlat buyurtmalarining kamayishi, qishloq xo‘jaligining davlat 
tomonidan to‘liq moliyalashtirish, xususiy sektorlar ishiga davlatning 
aralashuvi, tadbirkorlar faoliyatini erkinlashtirish, ularni bank kreditlari bilan 
ta’minlash va hokazolar shular jumlasidan. 
Albatta, bozor munosabatlariga o‘tish davrida va umuman, aralash 
iqtisodiyotda 
davlatning 
roli 
so‘zsiz 
yuqori 
turadi. 
Iqtisodiyotni 
barqarorlashtirish, ish bilan bandlik va inflyatsiya miqdorini, iqtisodiy o‘sish 
darajasini nazorat qilish bularning hammasi davlatning asosiy vazifasidir. Shu 
bilan birga, quyidagilar uning vazifalari sirasiga kiradi: 
–Bozor tizimining samarali harakat qilishiga ta’sir qiluvchi hukumat 
bazasini ta’minlash. 
–Raqobatni himoya qilish; antimonopoliya qonunlarini chiqarishi. 
–Aholi o‘rtasida daromadlarni qayta taqsimlash. 
–Strategik tarmoqlarda tabiiy muhit himoyaga resurslar taqsimotini 
ta’minlash. 
Shuning uchun ham sobiq ittifoqdan mustaqil bo‘lib ajralib chiqqan, o‘z 
yo‘llarini tanlagan davlatlar, jumladan, O‘zbekiston ham yangi iqtisodiy 
munosabatlar tizimini yaratish, iqtisodiy o‘yin qoidasiga rioya etgan holda 
shaxsiy manfaati uchun qonun doirasida harakat kilib, O‘zbekiston davlati va 
xalqining mustahkam rivojlanishi va iqtisodiy o‘yin qoidasi aynan 
O‘zbekistonning xususiyatlarini: ham geografiyasini, ham iqlimini, ham 
tarixini, ham falsafasini, ham dinini, ham genofondini, ham ko‘pgina boshqa 
omillarini hisobga olishi shart. Biz faqat shundagina erkin iqtisodiy sharoitda 
ravnaq topishimiz mumkin. 


277 
Shu maqsadda, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish uchun davlat 
asosiy tartibga solish rolini ko‘chaytrimoqda va chora-tadbirlar qo‘llamoqda. 
Iqtisodiyotda quyidagi tarkibiy o‘zgarishlar ta’minlanmoqda: 
Davlatning bu aralashuvi asosan, investitsiya loyihalarida tanlov va 
kontrakt tizimlaridan samarali foydalanib, ularni realizatsiya qilishga 
umumdavlat ehtiyoji uchun mahsulotlarni yetkazib, buyurtmalarni kerakli 
joylarda joylashtirgan yuksak texnologiyalarni rivojlantirish va ishlab 
chiqarishda ilm-fan rolini qo‘llab-quvvatlashda kichik va o‘rta biznesga 
ko‘maklashishdan iborat. 
Iqtisodiy islohotlar ikkinchi va asosiy bosqichining vazifalari va ustuvor 
yo‘nalishlari bu davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni 
oxiriga yetkazishdan, ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ham korxonalar, ham tarmoqlarning, 
umuman, davlatning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishi, milliy 
valyuta – so‘mning yanada mustahkamlash va iqtisodiyotimiz tarkibiy 
tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot 
ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon 
bozori talablari darajasiga yetkazishdan iborat edi. 
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak islohotlarning birlamchi natijalari 
quyidagilardan iborat: 
• Davlatning mustaqillikka erishishi va uning mustahkamlanishini. 
• Demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining shakllanib 
borayotganligini. 
• O‘z taraqqiyot yo‘liini aniqlab olgani, bozor islohotlarini 
muvaffaqiyatli o‘tkazib borayotganligini. 
• Kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirlayotganligini. 
• Jamiyatning ma’naviy yangilanayotganligini. 
• Madaniy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishni. 
• Insoniyat, jamiyat kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlod uchun kurashni. 
• Mamlakat xalqaro obro‘-e’tibori oshib, jahon miqyosida aloqalarning 
rivojlanayotganligini. 
• Siyosiy barqarorlik, fuqarolar osoyishtaligi va millatlararo 
hamjihatlikning saqlanib turganligini. 
• Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o‘tilayotgani va kuchli 
yaratuvchi shaxs - inson omili va inson kapitaliga asosiy e’tibor 
qaratilayotganini. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling