H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


Download 246.83 Kb.
bet33/48
Sana02.12.2023
Hajmi246.83 Kb.
#1780783
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)

monomolekulyar yoki polimolekulyar adsorblanish deb nomlanadi. Gaz yoki
bug’ fizikaviy adsorblanganda quyidagi to’rt belgi kuzatiladi: 1) adsorblanish 
deyarli katta tezlik bilan boradi; 2) adsorbilanish qaytar tarzda boradi; 3)
temperatura oshganda adsorblanish kamayadi; 4) adsorbilanishning issiqlik effekti 
qiymat jihatidan suyuqlanish yoki bug’lanish issiqliklariga yaqin bo’ladi.
Adsorblanish hodisasi qattiq jism bilan suyuqlik o’rtasida , qattiq jism bilan gaz 
modda o’rtasida, suyuqlik bilan gaz o’rtasida va bir-birida kam eriydigan suyuqlik
o’rtasida sodir bo’lishi mumkin.

Adsorbilanishning yana bitta xarakteristikasi – adsorbilanish vaqtidan iborat. 


Adsorblangan molekula adsorbsion qavatda qancha vaqt davomida istiqomat
qilishi adsorbsiya vaqti deb ataladi. Bu kattalik adsorblangan molekulaning 
adsorbent sirtida qancha vaqt turishini ko’rsatadi. Agar molekula bilan sirt orasida




62


tortishish kuchlari mavjud bo’lsa, molekulani sirtda tutib turgan kuchi yengish
uchun zaruriy energiya olgandagina molekula sirtdan ajralib ketadi.
Adsorbsion muvozanat. Adsorbilanish hodisasi ham xuddi suyuqlikning
bug’lanishi, moddaning suvda erishi kabi qaytar jarayondir. Bu yerda bir-biriga 
qarama-qarshi ikki jarayon bo’ladi. Biri-moddaning yutilishi bo’lsa, ikkinchisi-
yutilgan moddaning adsorbent sirtidan chiqib ketishi, ya’ni desorbsiyadir. 
Har qanday qaytar jarayondagi kabi, bu yerda ham yutilish jarayoni avval tez 

boradi, so’ngra yutilish va ajralib chiqish jarayonlarning tezliklari baravarlashib,


sistema adsorbsion muvozanat holatiga keladi. Agar adsorbsion muvozanat uzoq 
vaqt davomida qaror topmasa, adsorbilanish boshqa xil jarayonlarbilan
murakkablashgan deyish mumkin. Adsorbsion muvozanat ham dinamik 
muvozanatdir va temperatura o’zgarganda o’zgaradi.
Adsorbsion 

muvozanatning


siljishi 
ham
Le-Shatel’ye 

prinsipiga


bo’ysunganligi uchun temperatura ko’tarilganda muvozanat modda kam yutilgan 
tomonga qarab siljiydi. Desorbsiya jarayoni, aksincha, issiqlik yutilishi bilan
boradi. Shu sababli, temperaturani oshirish orqali adsorbentga yutilgan moddani 
ko’proq qaytadan chiqarish mumkin. Agar adsorbent bilan adsorbtiv o’rtasida
kimyoviy reaksiya sodir bo’lsa, adsorbsion muvozanat qaror topmaydi. Bu holda 
adsorbilanish qaytmas jarayon xarakteriga ega bo’ladi.

Download 246.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling