H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Kolloid sistemalarnng optik tekshirish usullari
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nefelometriya.
Kolloid sistemalarnng optik tekshirish usullari. Kolloid eritma
zarrachalarining o’lchami, shakli va strukturalarini aniqlash uchun optik tekshirish usullaridan keng foydalaniladi. Shulardan, misol nefelometriya usuli,
Nefelometriya. Bu usul kolloid sistemalarning yorug’likning yoyilishiga asoslangan. Bu hodisa asosida kolloid eritmalar konsentratsiyasini aniqlash uchun foydalaniladigan asbob nefelometr deyiladi. Nefelometrning ishlashi sinaladigan zolda yoyilgan yorug’lik intensivligini standart zolda yoyilgan yorug’lik intensivligi bilan solishtirib ko’rishga asoslangan. 43
Nefelometr bir xildagi ikkita silindrik shisha idishdan iborat bo’lib, ularning biriga standart zol, ikkinchisiga sinaladigan zol to’ldiriladi. Ikkala idish yon tomonidan yorug’lik manbai bilan yoritiladi. Bu vaqtda ikkala idishda ham Faradey-Tindal’ effekti vujudga keladi. Zollardan yoyilgan nur asbobning tepa qismidagi okulyarga tushadi. Sinaladigan zolning konsentratsiyasi standart zol konsentratsiyasiga teng bo’lmasa, ikkala zoldan yoyilgan yorug’likning intensivligi turlicha: okulyarda ko’rinadigan ikkita yarim doiraning biri yorug’roq va ikkinchisi qorong’uroq bo’ladi. – rasmda oddiy nefelometr sxemasi ko’rsatilgan. - rasm. Nefelometr sxemasi Zoldan yoyilgan yorug’likning intensivligi zolning konsentratsiyasiga proporsional bo’lgani uchun sinaladigan zolga va standart zolga tushgan nurlar bir xil sondagi zarrachalardan yoyilganidagina okulyardagi ikkala yarim doira bir xilda yoritiladi. Silindrik shisha idishlardan birini yuqoriga ko’tarish yoki pastga tushirish orqali idishlardagi zollarning yoritilayotgan balandliklarini o’zgartirib, okulyardagi ikkala yarim doirani bir xil yoritish mumkin. Ikkala yarim doira bir xil yoritilganda zollarning yoritilayotgan qism balandliklari zollarning konsentratsiyasiga teskari proporsional bo’ladi, ya’ni: 2 1 2
C C h h 44
Agar standart zolning konsentratsiyasi C 1 ma’lum bo’lsa, sinaladigan eritma konsentratsiyasi C 2 hisoblab topiladi, bunda h 1
balandligi, h 2 -sinaladigan zolning yoritilayotgan qismi balandligi. Reley formulasiga ko’ra kolloid eritmada yoyilgan yorug’lik intensivligi colloid zarrachalarning konsentratsiyasi v ga va kolloid zarracha hajmining kvadratiga υ 2 ga proporsionaldir. Lekin v υ ko’paytma zolning og’irlik konsentratsiyasi, ya’ni C ga proporsional bo’lgani uchun Reley formulasiga kirgan barcha konstantalar o’rniga K 1 ni qo’yib quyidagi tenglamani chiqaramiz: I=K
C υ Bu
yordamida sinaladigan kolloid eritmaning og’irlik konsentratsiyasini aniqlash mumkin: buning uchun sinaladigan zol zarrachalarining o’lchamlari standart zol zarrachalarining o’lchamlariga teng bo’lishi kerak. Bundan tashqari, bu tenglama yordamida sinaladigan kolloid eritmadagi zarrachalarning o’lchamlarini ham aniqlash mumkin. Kolloid eritma zarrachalarining o’lchami 100 nm dan kichik bo’lganligi sababli ularni oddiy mikroskopda ko’rib bo’lmaydi. 1903 yilda avstriyalik fizik R.Zigmondi Faradey-Tindal’ effektidan foydalanib, ul’tramikroskop yasadi. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling