H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
sedimentatsion analiz usulidan ham foydalaniladi. Odatda diametri 10
-6 m va undan katta zarrachalar sedimentatsiyaga uchraydi. Sedimentatsion analiz turli usullar bilan amalga oshiriladi. Chunonchi: 1. Harakatsiz suyuqlik ichida zarrachalarning cho’kish tezligini o’lchash; 2. Suspenziyani chayqatib yuborib, harakatdagi suyuqlik ichida dispers fazani fraksiyalar shaklida ketma-ket cho’ktirish; 3. Suypenziyani zarrachalarini havo oqimi ta’sirida bir-biridan ajratish; 4. Markazdan qochiruvchi kuch yordamida (sentrifuga maydonida) dispers faza zarrachalarini cho’ktirish. Bu aytib o’tilgan to’rttala usuldan birinchisi (dispers zarrachalarni harakatsiz suyuqlikdan cho’ktirish) keng qo’llaniladi. Qancha modda cho’kkanligi tortish (og’irlikni o’lchash) yo’li bilan aniqlanadi. Sedimentatsion analizda N.A.Figurovskiyning sedimentatsion tarozisidan foydalaniladi (.-rasm). Bu asbob 1936 yilda bu olim tomonidan tavsiya etilgan: kvarsdan yasalgan (yoki shisha) shayn (tayoqcha) (1) bir tomonidan metall shtativga o’rnatiladi; uning ikkinchi uchida ilmoqchasi bo’lib, unga shisha ip (2) va tarozi pallachasi (3) ilinadi; pallacha dispers sistema (suyuqlik) tushirilgan bo’ladi. Cho’kkan moddaning ma’lum qismi pallachaga tushadi. Buning natijasida pallacha massasi o’zgaradi; shaynning vaziyati ham o’zgaradi. Uning o’zgarishini mikroskop yordamida aniq bilib olish mumkin. Shaynning o’zgarishidan foydalanib, pallachaga tushgan cho’kma massasi hisoblab topiladi.Sedimentatsion 37
analiz natijalarini grafik usulida ham ifodalash mumkin. Buning uchun absissalar o’qiga zarrachalar radiusi o’lchamlari, ordinatalar o’qiga esa fraksiyada zarrachalarning foiz miqdori qo’yib chiqiladi (.-rasm). .-rasm. Zarrachalarning o’lchamlar bo’yicha taqsimlanishi. Rasm yordamida zarrachalarning foiz miqdorini aniqlash uchun shu rasmdagi shtrixlangan maydonini chiziqning barcha maydoni nisbatiga olish kerak va chiqqan sonni 100 ga ko’paytirish lozim. Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling