H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
- V-VI-ma’ruzalar. KOLLOID ERITMALARNING MOLEKULYAR-KINETIK XOSSALARI
Tayanch iboralar
Yuqori molekulyar modda. Monomer. Polimer. Polimerlanish. Polidisperslik. Eruvchanlik. Yuqori molekulyar elektrolitlar. Savol va topshiriqlar 1. Yuqori molekulyar birikmalar deganda nimani tushunasiz? 2. Yuqori molekulyar birikmalarning umumiy tavsifi nimalardan iborat? 3. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalari haqida tushuncha bering? 4. Yuqori molekulyar birikmalarning eritmalariga qaysi faktorlar ta’sir etadi? 5. Yuqori molekulyar elektrolitlar haqida nima bilasiz? Misollar keltiring. 6. Oqsillarning eritmalariga elektrolitlar qanday ta’sir etadi? 7. Sistemaning izoelektrik holati nimadan iborat? Adabiyotlar 1. Axmedov K.S., Raximov X.R. Kolloid ximiya. – Toshkent. – O’zbekiston. – 1992. 156-160 betlar. 2. Askarov M., Yoriyev O.M., Yodgorov N. Polimerlar fizikasi va ximiyasi. - Toshkent. – O’qituvchi. – 1993. – 20 T - 212 bet. 3. Фридрихсберг Д. А. Курс коллоидной химии. – Л: - Химия.-1984.-с. 294-303. 4. Р.А.Хмельницкий. Физическая и коллоидная химия. - М: - Высшая школа.-1988.-с.105-108. V-VI-ma’ruzalar. KOLLOID ERITMALARNING MOLEKULYAR-KINETIK XOSSALARI Reja 1. Kolloid eritmalarning molekulyar-kinetik xossalari haqida umumiy ma’lumot. 2. Kolloid eritmalarda Broun harakati. 3. Kolloidlarning diffuziyasi. 29
4. Kolloid eritmalarda osmotik bosim. 5. Sedimentatsiya. 6. Sedimentatsion analiz. Barcha kolloid sistemalar (eritmalar) geterogen va dispers sistemalar bo’lib, ulardagi dispers fazaning zarrachalari mikroskopda ko’rinmaydi. Kolloid eritmalarning ba’zi xossalari haqiqiy eritmalar xossalariga o’xshaydi va bu xossalar erigan modda tabiati qanday bo’lishidan qat’iy nazar, eritmaning hajm (yoki massa) birligida bo’lgan zarrachalar (molekula va ionlar) miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu xossalar eritmalarning kolligativ xossalari deb ataladi. Ular jumlasiga eritmalardagi bo’ladigan diffuziya va osmos hodisalari, eritmada toza erituvchi bug’ bosimining pasayish hamda qaynash temperaturasining ko’tarilish hodisalari kiradi. Shu bilan birga kolloid sistemalarda kolloid zarrachalarning tartibsiz harakatini bevosita kuzatish mumkinligi ham aniqlandi. Dispers sistemalarning optik xossalarini o’rganish natijasida kolloidlarning tuzilishi, kolloid zarrachalarning o’lchamlari, ularning shakli va kolloid eritma konsentratsiyasiga oid masalalar yoritib boradi. Ayniqsa kolloidlarning optik xossalari bilan ularning molekulyar-kinetik xossalarini birgalikda tekshirish ajoyib samaralarga olib keladi. Yorug’lik to’lqinlari dispers sistemalar orqali o’tganda yorug’lik qaytishi, yutilishi, zarrachalar ta’sirida yoyilib ketishi mumkin.Yorug’likning dispers zarrachalar sirtidan qaytish hodisasi geometrik optika qonunlariga muvofiq ravishda sodir bo’ladi. Faqat dispers faza zarrachalari ayni yorug’likning to’lqin uzunligidan katta bo’lgan hollardagina yorug’lik dispers fazadan qayta oladi. Kolloid sistemalarda dispers faza zarrachalarining o’lchami to’lqin uzunligidan kichik bo’ladi va yorug’likning yoyilish hodisasi kuzatiladi. Kolloid sistemalarda zarrachalarning o’z-o’zidan harakat qilishni molekulyar-kinetik nazariyasi tekshiradi. Kolloid sistemalarning molekulyar- kinetik hodisalardan eng muhimlari qatoriga kolloid zarrachalarning broun harakati, diffuziyalanishi, ularning osmotik bosimi va sedimentatsiya hodisalari kiradi. Sedimentatsiya hodisasi ko’proq dag’al dispers sistemalarda uchraydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling