H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev
Download 246.83 Kb.
|
H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev-hozir.org (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Broun harakati
Broun harakati. Agar ul’tramikroskop orqali kolloid eritmalarni tekshirib
ko’rsak, o’sha vaqtda sistemaning zarrachalarini to’xtovsiz va betartib harakatini kuzatamiz. Ul’tramikroskop kashf qilinishidan bir qancha vaqt ilgari ingliz botanigi R. Broun oddiy mikroskopdan foydalanib, suyuqlikka aralashgan gul changining to’xtovsiz va tartibsiz harakatda bo’lishini aniqladi (1827 yil). Keyinroq borib, bu harakat Broun harakati deb ataladigan bo’ldi. Broun shu hodisani xilma-xil moddalarda kuzatib, bu tartibsiz harakat moddaning tabiatiga bog’liq bo’lmay, temperaturaga, suyuqlikning aralashgan zarrachaning katta-kichikligiga va suyuqlikning qovushqoqligiga bog’liq ekanligini topdi. Broun harakatining sababi uzoq vaqtgacha aniqlanmay keldi. XIX-asrning ikkinchi yarmida gazlar kinetik nazariyasining muvaffaqiyatlari asosidagina Broun harakati sababini aniqlash mumkin bo’ldi. Bu nazariyaga ko’ra suyuqlik molekulalari hamma vaqt harakatda bo’ladi. Ular suyuqlikka tushirilgan zarrachaga kelib uriladi va uni bir tomonidan ikkinchi tomonga siljitadi. Broun harakati suyuqlik molekulalarining issiqlik harakatidan kelib chiqadi. Kolloid zarrachaning harakat yo’li doimo o’zgarib turadi, uning bosgan yo’lini chizib berish juda qiyin va aniq kuzatib bo’lmaydi. Kolloid sistemada bir sekund ichida zarracha o’z harakat yo’lini 10 23 marta o’zgartiradi (.-rasm). Bu rasmda mastika suspenziyasining zarrachasi o’tgan yo’lining tekislikdagi proyeksiyasi ko’rsatilgan. Zarrachaning siljishi Broun harakatining qanchalik sust yoki tez bo’layotganligi haqida fikr yuritishga imkon beradi. Kolloid zarracha yo’lining ma’lum vaqt ichida o’zgarishi zarrachaning siljishi deyiladi. 31
1905 yilda Eynshteyn va 1906 yilda Smoluxovskiy Broun harakatining kinetik nazariyasini yaratdilar. Eynshteyn Broun harakatiga gaz qonunlarini tatbiq etib, zarrachaning ma’lum vaqt ichida (∆t) o’rtacha siljishning kvadrat qiymatini aniqlash formulasini topdi: ∆x 2 =2D∙∆t (I) bunda D-erigan moddaning diffuziya koeffitsiyenti bo’lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi: D= rh N T R 6 1
(II)
h – suyuqlikning qovushqoqligi, r - sharsimon zarrachaning radiusi. Agar Eynshteyn tenglamasiga D ning qiymatini qo’ysak: t rh N T R x
3 1
(III) Eynshteyn tenglamasi kelib chiqadi. Tenglamadagi N dan boshqa barcha kattaliklari tajribadan topish va ulardan foydalanib, Avogadro soni N ni hisoblab chiqarish mumkin. Broun harakatini yanada batafsil va chuqur tekshirish natijasida fluktuatsiyalar Download 246.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling