H to'Xtaboy romannavis shoir va bolalar yozuvchisi reja
Sevinch AVAZOVA, O‘rtachirchiq tumani 53-maktabning 9-sinf o‘quvchisi
Download 25.94 Kb.
|
H.TO\'XTABOY ROMANNAVIS SHOIR VA BOLALAR YOZUVCHISI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Halimjon JABBOROV, chustlik hunarmand
- Mirzakarim SAYFIDDINOV, marg‘ilonlik pensioner
Sevinch AVAZOVA, O‘rtachirchiq tumani 53-maktabning 9-sinf o‘quvchisi:
— Kitob o‘qish borasida o‘z qoidalaringiz bormi? — Bor. Ilgari gaplarni daftarimga ko‘chirib, o‘qirdim. Hozir ko‘p yozuvchilarimizning asarlarini varaqlayman. Chunki nima demoqchiligini bilaman. Hozir shoshmay, so‘zlarni anglab, his qilib, “Faust”ni o‘qiyapman. Halimjon JABBOROV, chustlik hunarmand: — Janni Rodarini qoyil qoldirganingiz rostmi? — 1972 yili Rimda Janni Rodari xalqaro bolalar adabiyoti forumi o‘tkazdi. Ko‘p qatori borgan “Volshebnaya shapka” unga ma’qul tushadi. Asarning bir bobini tarjima qildirib, so‘zboshi yozib, mashhur “Unito” gazetasida e’lon qildiradi. So‘zboshisida shunday jumla bor: “quvnoq yumordan italyan bolalari ham bahra olsin dedim”. Shu sabab Hoshimjon dunyoga chiqdi-da. 22 tilga tarjima bo‘ldi. 1981 yili telefon orqali gaplashdik. “Yangi asarlaringizni jo‘nating”, dedi. Ko‘p o‘tmay, u olamdan o‘tdi. Vafotini eshitib bir boshqacha bo‘lib qoldim. Yaxshiliklari xayolimdan o‘tdi. Uyda dasturxon yozib, Janni akamning ruhiga bag‘ishlab xudoyi o‘tkazdim. Mulla “marhum qaysi tomondan xesh bo‘ladi?”, deb so‘radi. “Tog‘amiz”, dedim. “Ko‘rdingizmi, inim, aslida ism-shariflarimiz milliycha, bu «-ov”, “-vich”lar ularni ko‘p yomon buzdi-da», dedi soddagina mulla qo‘shnim. Mirzakarim SAYFIDDINOV, marg‘ilonlik pensioner: — Bir paytlar chet elga kitob taqdimotiga borib, melisaga tushgan ekansiz. O‘shanda o‘zi nima bo‘lgan edi? — O‘tgan asrning 80-yillari yozida Litvada yozuvchilar kengashida “Sariq devning o‘limi” kitobim mukofot oldi. Chaqirishdi. Chillaki, handalak, bodring — 20 kilogrammcha yuk bilan Kaunasga chipta topolmay, avtobusda boraman deb Rigaga uchdim. Borsam, chelaklab yomg‘ir quymoqda, avtobusga kechikibman. Mehmonxonalarda joy yo‘q. Yarim kechada izg‘ib, militsiyaxonaga kirib qoldim. Ular ham yordam berisholmadi. So‘ng “Hushyorxona”da o‘zlariga atalgan o‘ringa joylashtirishdi. Yarim kecha. Ko‘zim ilingan ekan, “Bu alkashni nega yechintirmading!”, degan hayqiriq eshitildi. “Kapitan olib keldi, yozuvchi”, deyishdi. “Hammani melisa olib kelgan, bu yerda hamma yozuvchi. Qani, yechintir! Unga qo‘shimcha jazo”, dedi. Shlankada sovuq suvga pishishdi. Kapitan kelguncha bo‘larim bo‘ldi… To‘g‘ri kengashga kirib bordim. Prezidiumga taklif etishgandi, “Yo‘q, avval, haroratimni o‘lchang¬lar”, dedim. 40 darajaga chiqibdi. Kasalxonaga yotdim. Taqdirlashda ukrainalik bir yozuvchi “Hushyorxona”dan omon chiqqani uchun», deb mukofot topshirdi. Download 25.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling