Robbilari Alloh azz ava jalladan rivoyat qilib shunday dedilar”. Bu yerdan
Allohdan rivoyat qildi degani “Hadisi qudsiy” hisoblanadi. Hadisi qudsiyni
ma’nosi muqaddas hadis degani. U hadisi ilohiy, hadisi rabboniy ham
deyiladi. Hadisi qudsiyning tarifi haqida ulamolar ikki xil fikr aytishgan.
Birinchisi, hadisi qudsiyning so‘zi, lafzi va ma’nosi Alloh taloniki, Rasululloh
s.a.v. esa faqat uni yetkazmoqdalar. Yani Alloh aytgan so‘zni o‘zini
o‘zgartirmasdan aytmoqdalar. Undan buni Qurondan nma farqi bor deyilsa?
Quronning nazmi mo‘jiza, hadisning nazmi mo‘jiza emas. Ikkinchi bir
ulamolar aytadiki: Hadisi qudsiyning tarifi shuki, uni ma’nosi Allohdan,
lekin lafzi, so‘zlari Rasululloh s.a.v. ning ifodalari. Quronning lafzi ham
Allohdan, lekin hadisi qudsiy unday emas. Uni oddiy Nabaviy hadislardan
farqi, nisbat Allohga bo‘lgani uchun holos. Boshqa hadislarning ma’nosi ham
Allohdan bo‘ladi, hadisi qudsiyning farqi shuki, bunda “Alloh aytdi” degan
nisbat ochiq aytiladi. Hadisi qudsiyning Qurondan farqlari, masalan
birinchisi, lafzi Rasululloh s.a.v.dan ekanligi. Ikkinchisi Quronni lafzi,
tilovati ibodat va namozda ibodatga yaraydi, hadisi qudsiy esa namozda
o‘qilmaydi. Hadisi qudsiy ikki yuzta ekani ishinchli habarlarda kelgan.
Hadisi qudsiyning aytilishini bir qancha usullari bor. Masalan, “Alloh
taolodan Nabiy s.a.v. rivoyat qilib so‘zladilar shaklida keladi” yoki “Alloh
shunday dedi” deb, rivoyat qildi degan gap qo‘shilmasdan “Alloh aytdi” deb
Qurondan boshqa so‘z aytsalar, u hadisi qudsiy bo‘ladi.
HADIS SHARXI: Alloh taolo bu hadisda “Ya ibadiy” deb hitob qilmoqda
boshqa hadislarda “Ya ibni Adam-Ey odam bolasi” deb hitob qilgan. Bu
hadisdagi “ya ibadiy- Ey bandalarim” deyilishi-dagi ma’no bu, banda uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |