sazovor bo‘ladi. Uchinchisi qalbning hotirjamligi zuhd bilan bo‘ladi. Qalb
kasal-ligini davolashga doir ilm, tasavvufning hammasi avvalo inson-ning
jismiga foyda. Qalb kasalliklari inson ruhini zaiflashtiradi. Bu esa shayton
uchun imkoniyat yaratib berishdir. Haromdan, shubhadan tiyilishni eng
yaxshi yo‘li zuhd qilish. Zuhd dunyoda azizlik keltiradi, odamlar qo‘lidagi
narsadan o‘zingizni tiyganin-gizdan so‘ng Alloh azizlik, hurmat beradi.
Zohidlik sahovatga erishtiradi, sahiy qiladi. Sahiy Allohga, odamlarga,
jannatga yaqin bo‘ladi, do‘zahdan esa uzoq bo‘ladi. Bahil inson esa buning
aksi bo‘ladi, hadislarda kelgan.
NUKTA: Alisher Navoiy ham zohid bo‘lgan, vazir bo‘lgan vaqtlar-ida
maoshlari nisobdan ham baland bo‘lgan ekan, lekin zakot beraolmagan
ekanlar, sababi shu pul bir yil turmagan ekan. Ular shoir, qori, shariat
arbobi, fiqh mutahasisi bo‘lgan va o‘zlarining yonlaridan masjid, madrasa,
ko‘priklarni qurgan. Shuning uchun Alloh u kishining nomini hozirgacha
ulug‘lab qo‘ygan. Madrasalarni birida fiqh, hidoyadan dars o‘tadigan
Samarqandlik bir ustoz bor ekan. Ustoz ijaraga qiynalib qolib Samarqandga
qaytadigan bo‘lib qolibdi. Ustoz Alisher Navoiyni oldiga kirib holatni
tushuntirib, oldidan o‘tib qo‘yay, baribir ketishga ruhsat ham so ‘rashim
kerak deb boribdi. Borsa Navoiyni odamlar qabul qiladigan vaqti ekan, u
kishi ham kirib dardini aytibdi, keyin kutib turing javobini o ‘zim aytaman
debdi. Ustoz esa uyda o‘tirganda kech vaqti hech kim kelmabdi, shu vaqt bir
fikr kelib Navoiy katta odam bo‘lsa, neshta odam kelibketadi meni gapim
eslarida qolarmidi deb, endi Samarqandga qaytamizda deb tursa, eshikni bir
mulozim taqillatib qobdi, sizni hazrati Navoiy so ‘rayabdi debdi. Keyin katta
Do'stlaringiz bilan baham: |