kiribmi, harsang toshni ichiga kiribmi, osmonga chiqib qilasanmi Alloh uni
ko ‘rib turadi va bir kun uni hisobini keltiradi”. Banda agar Allohdan hayo
qilsa yolg‘izlikda ham gunoh qilishdan ehtiyot bo ‘ladi.
NUKTA: Alloh ko‘zning hiyonatini ham biladi vaqalblar maxfiy tutgan
narsani ham bilib turadi.
Ibn Abbos roziyallohu anhu:“Ko‘zning hiyonati birovni mahramiga undan
berkitib qarashing” deb aytgan. Hayoning darajalarini ilm bilan
mustahkamlab boriladi.
Usmon
roziyallohu
anhu
hayolarining
kuchliligidan
hammomga
kirganlarida ko‘zlarini o‘zlarining avratlaridan ham olib qochar ekanlar. Bir
kuni Rasululloh s.a.v.ning huzurlariga Usmon roziyallohu anhu kelganida,
Rasululloh s.a.v. ham oyoqlarini to‘g‘irlab, kiyimlari bilan yopib olibdilar.
Oisha roziyallohu anhu esa Hazrati Abu Bakr va Hazrati Umar roziyallohu
anhular keldi, Yo Rasululloh siz ular kelganda bamalol o‘tirdiz, nega Usmon
roziyallohu anhu kelganida kiyimlaringizni to‘g‘irlab oldiz debdilar. Shunda
Rasululloh s.a.v. “Farishtalar hayo qilgan odamdan men hayo qilmayinmi”
debdilar. Aslida ayol kishi hayoning ramzi va iffatda esa erkakdan ustun
bo‘lishi lozim. Rasululloh s.a.v. ham hayoda kelinchaklardek tortinchoq
edilar.
Rasululloh s.a.v. aytadilar: “ Iymon bir necha shohlardan iborat. Agar uni
darahtga misol qilsak uni shoxlari bor. Shuni bitta shoxi bu hayodur”
dedilar.
Rasululloh s.a.v. “Likulli diynul hulq va huluqil islam al haya - har bir dinni
hulqi bo‘ladi, islomning hulqi bu hayodur” deb hayoni maqtadilar.
NUKTA: Hasan Basriy rahmatullohi alayh so‘zlarini tasdiqlagan
ulamolarimiz “Munkar, yomon ishni ko‘rganda unga qarshi chiqaolmaslik
Do'stlaringiz bilan baham: |