Hakim Nazirning ko`pgina hikoyalari bog`cha yoshdagi yoki endigina birinchi sinfga qadam qo`ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag`ishlangan. Buni adibning «Bir og`iz so`z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», «Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o`rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna», «Bir tup g`o`za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o`rtasidagi o`zaro do`stlik, axloq-odob, a`lo o`qish, jamoat ishlarida faollik ko`rsatish, kattalarning yumushlariga ko`maklashish, qushlar va jonivorlarga g`amxo`r bo`lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini ko`ramiz. - Hakim Nazirning ko`pgina hikoyalari bog`cha yoshdagi yoki endigina birinchi sinfga qadam qo`ygan bolalar hayotini aks ettirishga bag`ishlangan. Buni adibning «Bir og`iz so`z», «Rasmli kitobcha», «Davronning qushchasi», «Qaysargina ukam», «Yaxshi ism», «Ikki o`rtoq», «Bulbul», «Qanddon», «Igna», «Bir tup g`o`za» kabi hikoyalari misolida aytish mumkin. Bunday hikoyalarda bolalar o`rtasidagi o`zaro do`stlik, axloq-odob, a`lo o`qish, jamoat ishlarida faollik ko`rsatish, kattalarning yumushlariga ko`maklashish, qushlar va jonivorlarga g`amxo`r bo`lish, orzu-umidlar qanotida yashash va boshqa masalalar aks etganini ko`ramiz.
- Bolalarda orzu-umid, yaxshilik sari intilish kattalarga nisbatan kuchliroq bo`ladi. «Yaxshi ism» hikoyachasida adib xuddi shu to`g`rida so`z yuritadi. Shoira endigina birinchi sinfga qadam qo`ygan. U hali maktab qonun-qoidasini yaxshi bilmaydi. Shuning uchun qizcha maktab o`qituvchisi Zuhra yulduziga raketa uchirilganligi to`g`risidagi axborotni ro`znomadan o`qib berganida butun sinfni boshiga ko`tarib:
- — Topdim! Topdim! Topdim!! — deya ovozining boricha baqirib
- yuboradi Shoira.
- Ayon bo`lishicha, kecha Shoiraning onasi unga singilcha tug`ib bergan bo`lib, chaqaloqqa nima deb ism qo`yish janjal bo`lib turgan ekan. Shoirada havas yaxshi, niyat kuchli. Unga raketa va ayniqsa, Zuhra yulduzi yoqib qoladi. Shu onda singuchasiga Zuhra deb ism berish fikri tug`u`adi. Bu haqda u butun sinfga so`zlab beradi.
- «Yaxshi ism»ning ahamiyati shundaki, bolaning Shoiraga, tanlagan ismga, qudratli texnikaga, shirinsuxan muallimaga va otaga bir umr havasi keladi.
- Bolalarga har taraflama to`g`ri ta`lim-tarbiya berish, tushuntirish, o`rgatish, ularda ko`nikmalar hosil qilish kattalarga bog`liq. Kichkintoylarning otaxon adibi «Bulbul» hikoyasida bu masalaga katta e`tibor beradi. Ona tabiatga, qushlarga mehriboncMik qilish g`oyasi bu asarning asosini tashkil etadi.
- Qobiljon qushlarni ehtiyot qilish, e`zozlash kerak ekanligini, ularni urish, ozor berish yomonligini tushunib yetmaydi. Shu sababli qo`shni hovliga kelib sayragan bulbulni urmoqchi bo`ladi.
- Olim aka ishdan qaytganda Qob4jon qo`shnilarnikiga bulbul kelganidan
- xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |