Халқ табобати хазинасидан жавоҳирлар


Download 5.65 Mb.
bet1/5
Sana18.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1708712
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Farzandsizlik va uni xalq tabobati usullari bilan davolash


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA
OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
Z.M.BOBUR NOMIDAGI ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
KIMYO YOʻNALISHI
XALQ TABOBATI FANIDAN


USLUBIY QOʻLLANMA

Mavzu: Farzandsizlik va uni xalq tabobati usullari bilan davolash

Tuzuvchilar: Nosirjonova O.


Muqimjonova M.
Anvarjonova M.

Rahbar: Kirgizov. Sh


Mavzu: Farzandsizlik va uni xalq tabobati usullari bilan davolash

Reja:



KIRISH
Xalq tabobati fanining vujudga kelish tarixi.
ASOSIY QISM
1. Farzandsizlikni yuzaga kelish sabablari
2. Farzandsizlikni davolashda xalq tabobati tavsiyalari
3. Farzandsizlikni davolashda qoʻllaniladiga giyohlar
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Darsning maqsadi:



  1. Taʼlimiy maqsad – talabalarga Xalq tabobati fanining vujudga kelish tarixi, maqsad va vazifalari toʻgʻrisida,xalq tabobatining inson hayotidagi oʻrni haqida bilim va koʻnikmalarini hosil qilish.

  2. Tarbiyaviy maqsad – mavzuga doir tezkor savollar orqali talabalar tafakkurini oʻstirish va xotirasini mustahkamlash.

  3. Ilmiy maqsad – talabalarda mavzu boʻyicha bilim,koʻnikma va malakalarni hosil qilish.

KIRISH
Xalq tabobati fanining vujudga kelish tarixi.
Xalq tabobati (anʼanaviy tibbiyot) — xalq tomonidan toʻplangan, kasalliklarga tashxis qoʻyish va davolashda foydalaniladigan, avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan empirik bilimlar yigʻindisi. Samaradorligi va xavfsizligi isbotlangan xalq tabobati usullarining bir qismi zamonaviy tibbiyot tomonidan qabul qilingan. Xalq tabobati sehr, ezoterizm va muqobil elementlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Uning tarkibiga koʻpincha samarasiz yoki hatto xavfli davolash usullari ham kirgan. Xalq tabobati atamasi bir qatorda, anʼanaviy tibbiyot atamasi bilan bir xil maʼnoda uchraydi. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan taʼriflangan „anʼanaviy tibbiyot“ atamasi Xitoy tibbiyoti, hind ayurvedasi, arab tibbiyoti va mahalliy tibbiyotning boshqa shakllari kabi sohalarga tegishli hisoblanadi. Anʼanaviy tibbiyot milliy sogʻliqni saqlash tizimiga kiritilmagan mamlakatlarda koʻpincha „qoʻshimcha tibbiyot“, „muqobil tibbiyot“ deb ham nomlanadi.
Triod, 1604. Hoshiyalarda xalq tabobatiga oid yozuv mavjud. 1898-yil.
XVIII asrning oxirigacha xalq tabobati umumiy tibbiyotdan ajralib turmagan. Bazel shifokori Teodora Tsvingera ning „Sicherer und geschwinder Arzt, oder vollständiges Arznenbuch“ (1684) kitobida bu haqida aniq koʻrsatilgan. U asosan Gippokrat va boshqa qadimgi shifokorlarning „tana sharbatlarining nisbati“ haqidagi koʻrsatmalariga asoslanib faoliyat olib borgan. „Xalq tabobati“ atamasi dastlab XIX asrning birinchi yarmida nemis olimlarining tibbiy asarlarida paydo boʻlgan. Unda aholining oʻz sogʻligʻiga nisbatan oʻzi qanday choralar koʻrishini tasvirlab bergan, shuning uchun u faqat sehr va naturopatiyaga asoslangan tibbiyotni oʻz ichiga olmay, davolash usullarini ham birlashtirgan. Shunday qilib, bu atama kasalliklar va ularni qanday davolash kerakligi haqida odamlar orasida hukm surayotgan deyarli koʻrinmas turli xil gʻoyalarni oʻz ichiga olagan. Bu davrda shifokorlar aholining tibbiy tushunchalarini oshkor etishdan tortinmadilar va ularning bilimlarini birlashtirishni maqul topdilar. Jeremiah Gotthelf oʻzining „Anne Bäbi Jowäger haushaltet und wie es ihm mit dem Dokteren geht“ (1843 — 1844) asarida xuddi shunday yoʻl tutganini koʻrsatib beradi.
XIX asr oxirida tibbiyot yoʻnalishlariga ilmiy dalillarga asoslangan yondashuvni ishlab chiqqan „xalq tabobati“ tushunchasi kirib kela boshladi. XX asr oxiriga kelib xalq tabobati mamlakatlar orasida ham keng tarqaldi. Klassik tibbiyotdan farqli ravishda Xalq tabobati asosan irratsional anʼanaga asoslangan tibbiyot sifatida qoʻllanila boshladi.
Xalq tabobati tomonidan toʻplangan maʼlumotlar qadimgi dunyoning eng yirik shifokorlari — Sushruta, Gippokrat va Galen, A. Sels, keyinchalik — Ibn Sino asarlaridan olingan. Rossiya xalqlari xalq tabobatining xususiyatlarini XVIII asr oxirida ilmiy ekspeditsiya ishtirokchilari P. S. Pallas, V. F. Zuev, I. Gmelin, S. P. Krasheninnikov, I. I. Lepexin va boshqalar asarlaridan oʻrganishgan. Rus xalqlari XIX asrda rus klinik tibbiyotining asoschilari M. Ya. Mudrov, N. I. Pirogov, S. P. Botkin, G. A. Zaxarin va boshqalar xalq tabobatida qoʻllaniladigan baʼzi texnika va dori-darmonlarni oʻz amaliyotlarida qoʻllashgan.
Xalq tibbiyotiga yondosh tarzda Ilmiy tibbiyot haqiqatda ishlaydigan anʼanaviy usullarni sinab koʻrish va qabul qilishni yoʻlga qoʻymoqda. Masalan koʻp yillik tajriba davomida (1969-yildan beri) Xitoy anʼanaviy tibbiyoti ikki mingdan ortiq oʻsimlik preparatlarini oʻrgangan va Tu Yuyu boshchiligidagi guruh bir yillik shuvoq oʻsimligidan artemisinin (lotincha: Artemesia annua) faol moddasini ajratib, bezgakka qarshi davo yaratdi. Ushbu preparatni yaratgani uchun 2015-yilda Tu Yuyu Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan.



Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling