Халқ табобати хазинасидан жавоҳирлар


Farzandsizlikni davolashda xalq tabobati tavsiyalari


Download 5.65 Mb.
bet3/5
Sana18.10.2023
Hajmi5.65 Mb.
#1708712
1   2   3   4   5
Bog'liq
Farzandsizlik va uni xalq tabobati usullari bilan davolash

2. Farzandsizlikni davolashda xalq tabobati tavsiyalari
Bepushtliq tugʻmaslik tugʻdira olmaslik — voyaga yetgan organizmning nasl (avlod) qoldirishga ojizligi. Odamda bir maromda (normal) jinsiy hayot kechirib, boʻyida boʻlishdan saqlanish vositalaridan foydalanmay, kamida 2 yil birga turib, farzand koʻrmaslik bepushtlik hisoblanadi. Bepushtlik erkaklarda ham, ayollarda ham uchraydi.
Erkaklardagi bepushtlik — tugʻdira olmaslikka, jinsiy a’zolarning tugʻma nuqsoni, yalligʻlanish kasalliklari yoki shikastlanishi, shuningdeq endokrin tizimi faoliyatining oʻzgarishi sabab boʻladi. Erkaklardagi bepushtlik urug suyukdigi (sperma)da spermatazoidlar (jinsiy hujayralar) boʻlmasligi yoki ularning urugʻlantira olish xususiyati yoʻqligiga bogʻliq.

Ayollardagi bepushtlik — tugʻmaslik bachadon va ortiqlari (tuxumdon va naylar)ning yalligʻlanish kasalliklari — soʻzak jinsiy a’zolar sili, ichki sekretsiya bezlari (tuxumdon, qalqonsimon bez va b.) faoliyatining buzilishi, balogʻatga yetish davrida yuqumli kasalliklar bilan ogrish natijasida markaziy asab tizimida roʻy bergan oʻzgarishlar, jinsiy a’zolar yetilmay qolishi — infantilizmga sabab boʻlishi mumkin. Yalliglanish natijasida bachadon naylarining bitib qolishi, teshigining juda torayib ketishi sababli ayol tuxum Xujayrasi (spermatazoid) bilan uchrasha va urugʻlana olmaydi yoki urugʻlangan tuxum hujayraning bachadonga oʻtishi qiyinlashadi.
Bepushtlik iloji boricha barvaqt aniqlanib, sabablari bartaraf qilinsa, yaxshi natijalarga erishish mumkin. Bepushtlikning oldini olishda jinsiy a’zolarning yalligʻlanish kasalliklarini oʻz vaktida aniqdab davolash, abortga yoʻl qoʻymaslik shaxsiy va jinsiy gigiyena qoidalariga qat’iy amal qilish muhim omillar hisoblanadi.
3. Farzandsizlikni davolashda qoʻllaniladiga giyohlar.
* Endokrin, konstitutsion va boshqa umumiy kasalliklar natijasida paydo boʻlgan bepushtlikda asosiy dardni davolash.

  • Ayollarning jinsiy soxasidagi shamollash kasalliklarining oldini olish.

  • Sil va suzak (gonoreya) xastaliklarining oldini olish.

  • Abortga yoʻl kuymaslik (ayniksa, birinchi xomiladorlikda).

  • Sport bilan muntazam shugʻullanish.

  • Darmondorilar yetarli mikdorda boʻlgan taomlarni iste’mol qilish.

  • Aloy bargidan 100 g olib, goʻshtqiymalagichdan oʻtkaziladi va ustiga 0,7 l oq oʻtkir vino quyib, 10 kun qoʻyiladi. Suzib olib, kuniga 3 maxal yarim osh qoshiqdan ichilsa, ayollardagi bepushtlikka shifo boʻladi.

  • Mavrakdan 3 osh qoshigʻini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv qoʻyiladi. Ertalab suzib, kuniga 3 maxal ovqatdan bir soat oldin bir stakandan ichiladi.

  • Zubturum urugʻidan 2 osh qoshigʻini kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoq suv qoʻyiladi. Ertalab suzib olib, kuniga 4 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim stakandan ichiladi.

  • Zubturum urugʻidan 50 g ini shisha idishga solib, ustiga yarim litr aroq quyiladi va 10 kun qorongʻi va issiq joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin yarim osh qoshiqdan ichiladi.

  • Archa guddasidan 100 g ni shisha idishga solib, ustiga bir litr oq oʻtkir vino quyib, 10 kun issiq va qorongʻi joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 maxal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi.




  • Archa guddasidan kuniga 3 maxal 3 donadan iste’mol qilinsa, foyda beradi.

  • Mavrakdan 100 g ni shisha idishga solib, ustiga bir litr aroq quyib, 10 kun qorongʻi va issiq joyda saqlanadi. Suzib olib, kuniga 3 maxal bir osh qoshiqdan iste’mol qilinadi, ustidan moychechakli choy ichiladi.

  • Mavrak utidan bir choy qoshigʻi ustiga bir stakan qaynoqsuv quyib, 30 daqiqa damlab qoʻyiladi. Kuniga 3 maxal, ovqatdan 30 daqiqa oldin 0,3 stakandan ichiladi.

  • Mavrakning yangi uzilgan uti sharbatidan kuniga 2 maxal bir-ikki osh qoshiqdan 12 kun davomida xayz koʻrgandan soʻng ichiladi.

  • Mavrakdan 3 osh qoshigʻini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv qoʻyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 maxal ovqatdan yarim soat oldin, 150 g dan iste’mol qilinadi.

  • Oddiy archa shoxlarining yukori kismidan 3 osh qoshigʻini sirli idishga solib, ustiga 2 stakan sovuk suv quyib, past olovda 15 daqiqa kaynatiladi va 15 daqiqa damlab qoʻyiladi. Suzib olib, kun davomida oz-ozdan ichiladi.

  • Yovvoyi sabzi urugʻidan 100 g ni xovonchada tuyib, unga 50 g shakar qoʻshib, yaxshilab aralashtirib, kuniga 3 maxal bir choy qoshiqdan iste’mol qilinadi.

  • Qashqarbeda utidan 2 osh qoshishni kechqurun termosga solib, ustiga 2 stakan qaynoqsuv qoʻyiladi. Suzib olib, 3 kismga bulib, ovqatdan bir soat oldin ichiladi.

  • Qora lalmi noʻxottoltsonini kuniga 3 maxal ovqatdan 30 daqiqa oldin. yarim choy qoshiqdan 10 kun iste’mol qilinsa, jinsiy kuvvat oshadi.

  • Shuvoq ildizidan 3 osh qoshigʻini termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoqsuv qoʻyiladi. Ertalab suzib, kuniga 3 maxal ovqatdan bir soat oldin, bir stakandan ichiladi.

  • Shuvoq ayollar kasalliklarida eng yaxshi davolovchi vosita hisoblanadi. Bir osh qoshiq kuruk utining ustiga 300 g suv quyib, ozroq kdynatib, suzib olinadi va kuniga yarim stakandan ichiladi.

  • Ermon (achchiq shuvoq) sharbatiga asal aralashtirib, tampon kilib dilokka qoʻyiladi.

  • Jiyda gulining kdynatmasi iste’mol qilinsa, shifo boʻladi.

  • Burdoy donining sutli mum davridagi sharbatidan kuniga 2 maxal yarim stakandan, ovqatdan 30 daqiqa oldin, ayollar va erkaklar bepushtligida ichish tavsiya qiladi.



  • Qadimgi tabiblar ayolga 20 g dafna ildizi tolkonidan yeyishni tavsiya etishgan.




  • Sarimsoqdan 100 g ni mayda ezib, shisha idishga solib, ustiga yarim litr aroq Kuyiladi va 10 kun qorongʻi va issiq joyda saqlanadi. Suzib olib, ertalab va kechqurun bir osh qoshiqdan ichiladi.

  • Chuchukmiya va kaptar tuxumidan yeyilsa, foyda kiladi.

  • Abu Ali ibn Sino tak-tak usimligini kup kasalliklarni, shu jumladan bepushtlikni davolashda ham kullagan. Tak-takning pishgan boshogidan 10 donasini choynakka solib, ustiga qaynoqsuv quyib, 15-20 daqiqa damlab qoʻyiladi. Damlama kuniga bir piyoladan 4-5 maxal ichiladi. Tak-tak boshoklari yezda terib olinib xovon- chada tuyiladi, undan bir osh qoshigʻi bir stakan qaynoqsuvda damlanadi. 10-15 dakikddan soʻng dokadan suzib ichiladi. Bu usul 5-8 kun mobaynida takrorlanadi.



  • Limonoʻt, zubturum, dorivor veronika oʻtlaridan 100 g dan olinadi. Shu yigmadan 3 osh qoshigʻini kechqurun termosga solib, ustiga 3 stakan qaynoq suv qoʻyiladi. Ertalab suzib, kuniga 4 maxal ovqatdan yarim soat oldin, 15 g dan ichiladi.

  • Sholgʻom urugʻini tuyib, asal qoʻshib iste’mol qilinsa, foyda beradi.

  • Aloy bargidan 100 g ni gushtkiymalagichdan oʻtkazib, shisha idishga solinadi, ustiga 0,7 litr okoʻtkir vino quyib, 10 kun qorongʻi joyda saqlanadi. Soʻngra suzib, kuniga 3 maxal yarim osh qoshiqdan iste’mol qilinadi.

* 7 kun sugoril magan 5 yillik aloy usimligining bargidan kesib, 8-10 kun qorongʻi joyda saqlanadi. Soʻngra tikanlarini olib, zanglamaydigan pichokbilan tugʻrab, gʻoz yogʻi va eritilgan sariyogʻ bilan 1:6 nisbatda aralashtiriladi. Shu korishmadan 2 osh qoshigʻi kuniga 2 maxal bir stakan qaynoq sut bilan iste’mol qilinadi. Shu bilan birga zubturum urugʻidan tayyorlangan qaynatmadan ichiladi.

Download 5.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling