A.A.Rafiqovning (2000) fikricha, ob’ekti - geotizim, predmeti - geotizim (landshaft) lardagi ekologik qonuniyatlar va jarayonlarni inson ekologiyasi nuqtai nazaridan o'rganish.
Bizningcha, geoekologiyaning ob’ekti - turli ko'lamdagi geotizimlar, tadqiqot predmeti esa - geotizimlarning tabiiy holatini saqlash, muhofaza qilish, geoekologik muammolarning oldini olish va bartaraf etish, tabiiy muhitni optimallashtirish, Shuningdek geotizimlarning komponentlaridan resurs (biologik, mineral, rekreatsion va b.) sifatida oqilona foydalanish masalalaridir.
Geotizim - boshqaruvchan tizimlarning alohida, o'ziga xos sinfi; yer yuzasidagi komponentlari bir-biri bilan tizimli aloqada bo‘lgan hamda ma’lum yaxlitlik sifatida fazo qobig'i va kishilik jamiyati bilan o'zaro ta’sirda bo‘ladigan barcha o‘lchamdagi maydon (V.B.Sochava, 1978, 292-b).
Mazkur ta’rifga ko‘ra, geotizim - o‘zaro bog'liq komponentlarning to‘gri va teskari aloqalar orqali birlashgan hamda bir-biri bilan o'zaro ta’sirda bo‘ladigan tabiat va jamiyat kichik tizimlaridan iborat moddiy-energetik bir butun yaxlit holdagi hududiy tizim, deb ta’rif bersak bo‘ladi.
Geotizimlaming modda va energiya almashinuviga ko'ra ikki tipi ajratiladi:
1. modda, energiya va axborot almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmaydigan yopiq tizimlar, masalan geografik qobiq;
2. modda, energiya va axborot almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqadigan ochiq tizimlar, masalan landshaftlar;
Geotizimlaming asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
gomeostazning mavjudligi - ichki dinamik muvozanatning holati;
turg'unlik - tizimda tebranishlarining tezda so‘nishi yoki yo'qligi;
barqarorlik - tashqi ta’sirga qarshilik ko‘rsatish va bu ta’sir tugaganidan so‘ng dastlabki holatini qayta tiklash imkoniyati;
elastiklik - tizimning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish qobiliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |