Omillar intensivligi (factor intensity) — maʼlum bir tovarni yaratish uchun ishlab chiqarish omillari nisbiy sarfini belgilovchi koʼrsatkich.
Omillar serobligi (factor abundance) — mamlakatning ishlab chiqarish omillari bilan nisbiy taʼminlanganligini belgilovchi koʼrsatkich.
Ishlab chiqarish omillari narxining muvozanatlashuvi (factor price equalization theorem) (Xeksher-Olin-Samuelson teoremasi) — xalqaro savdo savdo olib boruvchi mamlakatlarda gomogen ishlab chiqarish omillarining mutlaq va nisbiy narxlarini muvozanatlashuviga olib keladi.
Leontьev paradoksi (Leontief paradox) — bu Xeksher-Olinning ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasining amalda bajarilmasligi – mehnat serob mamlakatlarning kapital sigʼimli, kapital serob mamlakatlarning mehnat sigʼimli tovarlarni eksport qilishidir.
Tarixan xalqaro savdo nazariyalarini ishlab chiqishda iqtisodiy taʼlimot tovarlar va ishlab chiqarish omillari taklifini oʼrganishga koʼproq eʼtibor qaratgan, talabga esa yetarli darajada eʼtibor berilmagan. Biroq barchaga maʼlumki, jahon bozorida tovarlar taklifi talabga bogʼliq boʼladi, shuning uchun ham zamonaviy xalqaro savdo nazariyasi tovarlar talab va taklifiga birdek eʼtibor beradi. U oldingi mavzularda koʼrib chiqilgan klassik va neoklassik modellarni rad etmaydi, zero qanday muammo hal etilishi kerakligi va qaysi ishlab chiqarish omiliga koʼproq eʼtibor qaratilishi lozimligiga bogʼliq ravishda bu modellardan hozirgi paytda ham analitik maqsadlarda faol foydalanib kelinmoqda. Shuning uchun yuqorida keltirilgan modellar maʼlum maʼnoda jahon iqtisodiy taʼlimoti tomonidan tan olingan va zamonaviy bosqichda xalqaro savdoni nazariy tahlil dastagi sifatida xizmat qiluvchi, xalqaro savdoning standart modeli nomini olgan modelning xususiy holi deb hisoblanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |