Халқаро савдонинг ривожланиш назариялари ва моделлари


Download 26.57 Kb.
bet1/9
Sana31.01.2024
Hajmi26.57 Kb.
#1829502
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-мавзу

6-mavzu. Globallashuv va xalqaro savdoning rivojlanish tendensiyalari


“Global iqtisodiyot” fanidan

Reja:

  • Global iqtisodiyot shakllanishida xalqaro savdoning o‘rni.
  • Globallashuv sharoitida erkin savdo va proteksionizm savdo siyosatlarini o‘rtasidagi nisbat.
  • Jahon iqtisodiyoti globallashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solishni tarif va notarif usullari o‘rtasidagi nisbat.
  • Xalqaro savdo dinamikasi va o‘zgarish xususiyatlari. Xalqaro savdoda rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni.

Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning anʼanaviy va eng rivojlangan koʼrinishlaridan biri tashqi savdo hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida roʼy berayotgan xalqaro iqtisodiy munosabatlar umumiy hajmining 75-80%i tashqi savdoning ulushiga toʼgʼri keladi.
Dunyoda mavjud boʼlgan har qanday mamlakat uchun tashqi savdoning roli kattadir. Iqtisodchi olim J.Saksning fikricha “dunyodagi har qanday davlatning iqtisodiy muvaffaqiyati tashqi savdoda koʼrinadi. Hozirgi kunga qadar hech bir mamlakat jahon iqtisodiy tizimidan ajralgan holda sogʼlom iqtisodiyotni hosil qila olgani yoʼq”.

Халқаро савдо ҳажми

  • 2022 yilda jahon tovarlari eksporti hajmi 20 trillion dollardan oshdi (103 mamlakat hisobotlariga ko'ra). Bir yil avval bu ko‘rsatkich 21 trillion dollarni tashkil qilgan (140 ta davlat bo‘yicha).
  • 2022 yilda tovarlarning asosiy eksportchilari
  • Xitoy - jahon eksportining 17,8 foizi (3,59 trillion dollar)
  • AQSh - 10,2% (2,06 trillion)
  • Germaniya - 8,27% (1,66 trillion)
  • Niderlandiya – 3,82% (770 mlrd.)
  • Yaponiya - 3,71% (746 mlrd.)

Импорт

  • 2022 yilda jahon tovarlari importi hajmi 21 trillion dollardan oshdi (103 mamlakat hisobotlariga ko'ra). Bir yil avval bu ko‘rsatkich 21 trillion dollarni tashkil qilgan (140 ta davlat bo‘yicha)
  • 2022 yilda tovarlarning asosiy importchilari
  • AQSh - jahon importining 15,5% (3,37 trillion dollar)
  • Xitoy - 12,5% (2,71 trillion)
  • Germaniya - 7,28% (1,57 trillion)
  • Yaponiya - 4,15% (898 mlrd.)
  • Buyuk Britaniya - 3,79% (821 mlrd.)
  • Frantsiya - 3,78% (819 mlrd.)

“Tashqi savdo” deganda bir mamlakatning boshqa bir mamlakat bilan haq toʼlanadigan olib kirishi, yaʼni, import va haq toʼlanadigan olib chiqish, yaʼni, eksportdan iborat savdosi nazarda tutiladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarning haq toʼlanadigan tovar aylanmasi yigʼindisi xalqaro savdo deb ataladi. Xalqaro savdo tushunchasi torroq maʼnoda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, sanoati rivojlangan davlatlarda tovar aylanmasining yigʼindisi, rivojlanayotgan davlatlarda tovar aylanmasining yigʼindisi va x.k.

Download 26.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling