Hamamelididae ajdodchasi


Download 20.47 Kb.
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.47 Kb.
#1516462
1   2   3
Bog'liq
TEMIRDARAXTKABILAR SINFCHASI

Chinordoshlar - Platanaceae oilasi. Bu oilaga bitta turkum, 10 ta tur kiradi. Ular Shimoliy Amerika, Kanada, Meksika, O‘rta Yer dengizi bo’уlari, Garbiy Himolay, Hindi-Xitoy, Bolqon yarim oroli va O‘rta Qsiyoda tarqalgan. Bizda bitta Sharq chinori (Platanus orientalis) o‘sadi. Chinoming vatani O’rta Osiyodir. Chinor manzarali o‘simlik sifatida ko‘chalarda, bog‘larda o‘ziga xos ko‘rk berib turadi. Chinor serbarg o’simlik, bargida yon bargchalari bo‘ladi, Kurtagidan dastlab barg chiqadi, keyin gulga kiradi. Gullari bir jinsli, changchi guli sarg‘ish boshchada, urug'chi guli qizil boshchada hosil bo‘ladi. Shamol vositasida changlanadi. Changchilari 3-4, ba’zan 7 tagacha bo‘ladi. Urug‘chi gullari 5-9 ta mevacha barglarining qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, Chinorlar 200 yilgacha umr ko‘radi, tabiatda 500, 1000 yil yashagan chinorlar uchraydi. Turkiya (Istambul yaqini) da tanasining aylanasi 18 m keladigan chinorni uchratish mumkin. Surxondaryo viloyati Boysun tumaniga qarashli Sayrob qishlog‘idagi chinorning tanasi kavagida maktab tashkil etilib, unda bolalar ta’lim olishgan. Chinor yog‘ochi qimmatli qurilish materiali hisoblanadi, u mustahkamligi jihatidan yong‘oq yog‘ochidan qolishmaydi. Sharq chinori O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.


Emandoshlar qabilasi (Fagales) Emandoshlar oilasi (Fagaceae) Emandoshlar oilasining 18 turkumga munosib 900 ga yaqin turlari bor. Ular asosan bargini to'kadigan yoki doim yashil daraxt va ayrim butalardan iborat. Emanlar asosan Shimoliy Yarim sharda keng tarqalgan, qisman ular Janubiy ekvatorda o sadi. Emanlaming ko'pchilik turlari juda yirik daraxtlar bo'lib, balandligi 35-40 m ga yetadi. Barglari oddiy navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo'rg'oni oddiy, tugunchasi ustki, topguli kuchala yoki kallakchadan iborat. Mevasi bir urng li yong'oqcha. Emandoshlar oilasiga mansub o'simliklaming xo jalikdagi ahamiyati juda katta. Ulardan qimmatbaho yog'och mahsulotlari olinadi. Po'stIog'i esa oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi. Eman manzarali osim lik sifatida ko'plab ekiladi. O zbekistonda uning 7 ta turi ekiladi.
2.Qayinnamolar - Betulales qabilasi. Qayindoshlar - Betulaceae oilasi. Temirdaraxtkabilar sinfchasiga mansub yana bitta oila - bu qayindoshlar oilasidir. Oilaga 6 turkum va 150 dan ortiq tur kiradi. Ular shimoliy yarim shaming mo‘tadil viloyatlarida tarqalgan. Oila vakillari bir uyli, bargini to‘kuvchi, shamol yordamida changlanuvchi daraxt yoki yirik buta hisoblanadi. Qayinlar o‘rmon formatsiyalarining muhim tarkibiy elementlari bo’lib, ninabargli va aralash o'rmonlarning tarkibiga kiradi. Barglari ketma-ket joylashgan, barg bandi ayrim hollarda uzunchoq yoki o‘troq. Ildiz sistemasi deyarli baquvvat, ko‘pchilik turlarida yuzaki joylashgan. Tashqi ko‘rinishi jihatidan otalik va onalik to‘pgullari, odatda, yaxshi farqlanadi: erkak otalik to‘pguli uzunchoq, ziraksimon, gullash vaqtida osilib turadi; urg‘ochi onalik to‘pguli esa kalta, to‘g‘ri, qusbbasimon yoki osilib turuvcni. To‘pguli murakkab, guli mayda, ko‘rimsiz, bir jinsli. Ayrim hollardagina 2. jinsli gullar uchraydi (anomaniya). Gullari ayrim jinsli, bir uyli. Gulqo'rg'oni oddiy. Changchi guli kuchalada, urug chi guli yumaloq to'pgulda joylashgan. Shamol yordamida changlanadi. O’zbekistonda bitta turkumga mansub 2 turi o’sadi.
Qayin (Betula) turkumga 60ga yaqin bargini to'quvchi daraxt va butalar kiradi. O zbekistonda oq qayin (Betula verrucosa), momiqli qayin (B.pomirica) kabi turlar uchratiladi. Qayin turkumining gul tuzilish formulasi PoAoG^ HP^A^G
Yong 'oqnamolar qabilasi (Juglandales) Yong oqdoshlar oilasi (Juglandaceae) Oila 7 ta turkumga mansub 60 ta tumi birlashtiradi. Asosan Yevrosiyo va Amerikada tarqalgan. Gullari ayrim jinsli, changchilari kuchalasimon to pgulda joylashgan. Urug chisi ikkita mevachi bargning qo shilib o'sishidan hosil bo lgan. Tugunchasi ostki, mevasi - yong oq meva. Barglari toq patsimon murakkab, efir moy chiqaruvchi bezchalardan iborat. 0'zbekistonda oddiy yong'oq (Juglans regia) o sadi. U Pskom, Ugam, Chotqol, Hisor tizmalarida keng tarqalgan. Yong oqlar davr relikti hisoblanadi. Bir vaqtlar kenga arealga ega bo lib, keyinchalik qisqarib ketgan. Yong oqning yog ochidan qimmatbaho buyumlar tayyorlanadi. Mevasidan xalq tabobatida va ilmiy tibbiyotda turli xil kasalliklami davolashda foydalaniladi. Mevasi mag'zida 75 foiz yog\ po'stida oshlovchi moddalar saqlaydi.



Download 20.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling