Hamamelididae ajdodchasi


Download 20.47 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.47 Kb.
#1516462
1   2   3
Bog'liq
TEMIRDARAXTKABILAR SINFCHASI

Oq qayin - Betula pendula. Bo‘yi 10-20 m li daraxt. Po‘stlog‘i oqish, ajraluvchan. Barglari rombik, tuxumsimon, tuksiz, cheti o‘tkir tishli gullari ayrim jinsli, bir uyli o‘simlik, to‘pguli - kuchala. Aprel oyida gullab, oktabrda urug‘laydi, tog‘li hudud, soy bo‘ylarida o‘sadi, shahar ko‘chalari va xiyobonlarda ham o‘stiriladi. Ko‘pchilik vakillari qalin qayinzorlarni hosil qiladi. Gul formulasi: erkak guli: P(2)A2 Go, onalik guli: P(0)A0 G(2) yoki (1)


Yong‘oqnamolar - Juglandales qabilasi. Yong‘oqdoshlar -- Juglandaceae oilasi. Oila 7 ta turkumga mansub 60 ta turni o‘z ichiga oladi. Asosan, Yevrosiyo va Amerikada tarqalgan. Gullari ayrim jinsli, changchilari kuchalasimon, to‘pgulda joylashgan. Urug‘chisi 2 ta mevachi bargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan, tugunchasi ostki, mevasi yong‘oq meva, barglari toq patsimon murakkab, efir moyi chiqaruvchi bezchalardan iborat. Oddiy yong‘oq - Juglans regia L. U Pskom, Ugam, Chotqol, Hisor tizmalarida keng tarqalgan. Bo‘yi 30 - 45 m li daraxt. Barglari yirik toq, patsimon murakkab, poyada ketma-ket joylashgan. Bezli tukchalari hidli efir moylarini ajratadi. Gullari ayrim jinsli, bir uyli o‘simlik. Changchilar soni 8 - 40 ga yetib boradi. Urug‘chisi bitta yoki bir necha bo‘ladi. Mevasi yong‘oq yoki danakli soxta meya bo‘lib, avvalo, sirtdan yashil etli po‘stloq bilan o‘ralgan, po:stloq oshlovchi mocldalarga boy

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Biologicheskiy ensiklopedicheskiy slovar. M. Sovetskaya ensiklopediya. 1989

  2. Burug`in V. A., Janguzarov F. X. Botanika Toshkent, o`qituvchi, 1977

  3. Gordeyeva T. N. i dr. Prakticheskiy kurs sistematika rasteniy. Moskva Prosvesheniye, 1986

  4. Komarniskiy N. A. i dr. Sistematika rasteniy. Moskva, Prosvesheniye, 1975

  5. Maxmudov A. M. Tog`ayev I. U. Yuksak o`simliklar bo`yicha amaliy mashg`ulotlar. Toshkent universiteta, 1994

  6. Novikov V. S. Gubanov I. A. Atlas opredelitel vo`ssho`x rasteniy. Moskva. Prosvesheniye. ,1991

  7. www.ziyonet.uz

Download 20.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling