Hamamelididae ajdodchasi


Download 20.47 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi20.47 Kb.
#1516462
  1   2   3
Bog'liq
TEMIRDARAXTKABILAR SINFCHASI


TEMIRDARAXTKABILAR SINFCHASI HAMAMELIDIDAE AJDODCHASI
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism

    1. Emannamolar - Fagales qabilasi

    2. Chinordoshlar - Platanaceae oilasi.

    3. Qayinnamolar - Betulales qabilasi

    4. Yong‘oqnamolar - Juglandales qabilasi

  3. Xulosa

  4. Foydalanilgan adabiyotlar



Temirdaraxtkabilar ajdodchasi (Hamamelididae) Bu ajdodcha vakillarining ko'pchiligi daraxtlardir. Gullari shamol (anemofiliya) yordamida changlanib, ayrim jinsli, ba’zan ikki jinsli, bir uyli, ko rimsiz. Ajdodcha 10 qabilaga bo linib, ulaming ba’zilari bilan tanishib o'tamiz. Kazuainnomalar (Cazuarinales) qabilasi bitta oila va kazuarina turkumiga ega. Kazuarindoshlar oilasiga 40-50 tur kiradi. Ushbu oila vakillarining ko pchiligi asosan Avstraliyada tarqalgan.
Emannamolar - Fagales qabilasi.

  1. Emannamolar (Fagales) qabilasi qoraqayinndoshlar va qayindoshlar oilasiga bo linadi. Bu oilaning ko‘pchilik vakillari barglari to‘kiladigan yoki doimiy yashil daraxt va ayrim butalardan iborat bo‘lib, 18 turkumga mansub 900 ga yaqin turlari bor. Ikkala yarim sharning mo‘tadil, subtropik va tropik mintaqalarida keng tarqalgan. Ko‘pchilik turlari daraxtlar hisoblanadi, balandligi - 35 - 40 m, barglari oddiy butun yoki o‘yilgan, navbatlashib joylashgan. Gullari ayrim jinsli, gulqo‘rg‘oni oddiy, to‘pguli kuchala yoki kallakchadan iborat. Bu oilaga mansub o‘simliklarning xo‘jalikdagi ahamiyati katta bo’lib, ulardan qimmatbaho yog‘och mahsulotlari olinadi. Po‘stlog‘i oshlovchi moddalar tayyorlashda ishlatiladi.

Ushbu oila vakillari keng bargli va aralash o'rmonlami hosil qiluvchi daraxt va butalar, gullari mayda, ayrim jinsli, kuchala, kallakcha va boshqa to'p gullar, urg'ochi gullari tangachasimon o'simta ichida joylashadi. Unda tangachasimon, tikonsimon va boshqa o'simtalar bo'ladi. Qoraqayindoshlar oilasiga eman (Quercus), qoraqayin (Fagus), kashta (Castanea) turkumlari kiradi. Eman turkumiga 300 ta tur kirib, Shimoliy yarim sharda, ba’zan subtropik o'lkalarda uchraydi. Emandan qurilish materiali sifatida, bochkalar yasashda, durodgorlikda foydalanadi. Yong'og'idan soxta kofe olinadi. Gul tuzilish formulasi HP6A0G(3); HP(6-8)A6-10G0 . Emanning 7 turi 0'zbekistonda madaniy holda uchraydi. Qoraqayin turkumi 10 turga ega. Ular Shimoliy yarim sharda tarqalgan. Sharq qoraqayini. (F orientalis) Farg'ona, Andijon, Samarqandda madaniy holda uchraydi. Durodgarlikda, kemasozlikda foydalaniladi. Yong'og'idan presslash yo'li bilan toza moy olinadi. Gullining tuzilish formulasi HP6A0GQ); HP(6)A8-12G0 G arbiy Ukraina, G'arbiy Belorusiyada Yevropa qoraqayini (F.silvatika), Kavkaz va Qirmda Sharq qoraqayini (F.orientalis) uchraydi.
Qizil eman (dub)-Quercus robur L. Bo‘yi 40 (ba’zan 50) m gacha yetadigan daraxt, shoxlari yorilmagan, kumush rangli, poyasi yorilgan, qo‘ng‘ir-kulrang tusli po‘stloq bilan qoplangan. Barglari teskari, tuxumsimon, patsimon, boiakli bo’lib, qisqa bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, ko‘rimsiz, 1 uyli va jinsli. Otalik gullari kuchalaga. Onaligi 1-3 tadan bo’lib, yosh novdalarda to‘plangan, mevasi - gulqo‘rg‘onining qoldig‘iga joylashgan uzun bandli cho‘ziq yong‘oqcha. Tarkibida 7-20% oshlovchi moddalar mavjud. Po'stloq qaynatmasi antiseptik vosita sifatida og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklarida ishlatiladi. Istirohat bog‘larida, xiyobonlarda va ko'chalarda manzarali daraxt sifatida o‘stiriladi. Changchili gul formulasi: P(4-6)A8-12 G0. Urug'chi gul formulasi: P0A2Go.


O'rmon yong'og'i (Corylus) turkimiga 8 tur kiradi, bargini to'kuvchi bir uyli daraxt va butalar gul tuzilish formulasi HP4A0G(2) POA4GO . Qayindoshlar oilaisi grab ( Carpinus) va qandag'och (ALnus) turkumlari ham kirib o rmon hosil qiladigan daraxt va butalardir. Temirdaraxtnamolar qabilasi (Hamamelidales) Temirdaraxtdoshlar oilasi (Hamamelidaceae) Bu oila 26 turkumga mansub 100-130 tumi o'z ichiga oladi. Chinordoshlarga yaqin turuvchi bu oilaning vakillari Amerika, Madagaskar oroli, Janubi-Sharqiy Osiyo va Avstraliyada tarqalgan. Oila 5 ta oilachiga bo'linadi. 0'zbekistonda bitta temir daraxt (Parottia persia) nomli tur manzarali daraxt sifatida ekiladi.

Download 20.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling