Hamidulla Dadaboyev


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/63
Sana18.10.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1709231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi

termin 
o‘zlashmasining ta’rifi bilan atama yasamasi qamrovini qiyoslash har 
ikki leksemani sinonim tarzda ishlatishning maqsadga muvofiq 
emasligini ko‘rsatadi. O‘z vaqtida A.Hojiyev termin so‘zini atama 
yasamasi bilan almashtirishning noto‘g‘ri ekanligi, uning sabab va 
oqibatlari xususida jiddiy mulohaza yuritgan edi (Hojiyev 1996;22-25). 
Shularni hisobga olgan holda, termin o‘zlashmasini ilm-fan, texnika 
sohalari yoki tarmoqlarida qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari, atama 
so‘zini shartli ravishda qo‘yilgan nomlar (nomenklatura, nomenlar), 
xususan, geografik obyektlar, joy nomlari (toponimlar), arabcha istiloh 
o‘zlashmasini esa tarixiy terminologiya aspektidagi izlanishlar, tarixiy 
manbalar matnidagi tushunchalarga nisbatan ishlatish (Madvaliyev 
2017;28-30) o‘zini oqlaydi.
Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi 
leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy 
xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi 
o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat 
nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); 
semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning 
har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat 
fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi 
ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish 
yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi 
vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni 
ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko 1977; 208).
Savol va topshiriqlar: 
1.Terminologiyaning til lug‘at boyligidagi o‘rni qanday? 
2.Terminga berilgan ta’riflarning mohiyati nimadan iborat? 
3.Terminning nomenklaturadan qanday farqi bor? 
4.Tamg‘alangan va tamg‘alanmagan til birliklari nazariyasi qaysi 
maktab vakillariga tegishli? 
5.Terminologik leksika deganda nima nazarda tutiladi? 
6.Ilmiy adabiyotda terminga berilgan ta’riflarni o‘rganing. 
7. Termin so‘ziga oid taqinlarga diqqat qarating. 
8.O‘zbek tilshunosligi terminlari tarkibidagi o‘zlashmalarni 
aniqlang. 
9. Quyida “Qutadg‘u bilig”dan keitirilgan matn asosida davlat 
boshqaruviga doir istilohlarni belgilang. 
Esizkä siyasat yorïtğu keräk 
Bodun bulğanuqïn siyasat sürär 
Bu el tutruqï ham tübi bekliki 
Eki neŋ turur aslï yïldir köki 
Birisi bodunqa törü-ol ülüš 


9
Birisi erätqa üläsä kümüš 
Törü birlä bodunï sevinsä turub 
Kümüš bulsa erät yarunsa körüb
Test 
1.Terminologiya nima asosida shakllanadi? 
A) milliy til 
B) umumadabiy til 
S. elat tili 
D. fan tili 
2. Fan va texnikada termin qanday so‘z sanaladi? 
A) sun’iy yoki tabiiy tildan olingan maxsus so‘z 
B) boshqa tillardan olingan maxsus so‘z 
S) so‘z yasash orqali yuzaga kelgan maxsus so‘z 
D) shevalardan olingan maxsus so‘z 
3.Terminlar qay holatda terminlik tabiatidan ajralib qoladi?
A. umummiliy til doirasiga o‘tganda 
V. arxaiklashganda 
S. umumadabiy til doirasiga o‘tganda 
D.umumadabiy til doirasidan chiqqanda 
4.“Terminda muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan 
so‘nggina tan olinadi”,- jumiasi kimga tegishli? 
A) A.Gerd 
B) V.Gak 
S) O.Vinokur 
D. O.Axmanova 
5. Termin so‘zi taqinining nechta prinsiplari e’tirof etilgan? 
A) besh 
B) olti 
S) to‘rt 
D) uch 
6. Nomenklatura nimani o‘zida mujassam etadi? 
A) sohaga oid jins nomlarini 
B) sohaga oid tur nomlarini 
S) sohaga oid tushunchalarni 
D) sohaga oid belgilarni 
7. Qaysi nomenlar tabiatda mavjud emas? 
A) ilmiy -adabiy 
B) ilmiy -falsafiy 
S) ilmiy-texnikaviy 
D) ilmiy-didaktik 
8. Kim termin so‘zini atama so‘zi bilan almashtirishning xato 
ekanligini ta’kidlagan? 
A) G‘.Abdurahmonov 
B) O.Usmonov 


10
S) Sh.Rahmatullayev 
D) A.Hojiyev 
9. Istilohot so‘zi Alisher Navoiyning qaysi asarida qo‘llangan? 
A) Holoti Sayyid Hasan Ardasher 
B) Tarixi muluki ajam 
S) Majolis un-nafois 
D) Tarixi anbiyo va hukamo 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling