Hamidulla Dadaboyev
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
h.dadaboev o‘zbek terminologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va topshiriqlar
termin
o‘zlashmasining ta’rifi bilan atama yasamasi qamrovini qiyoslash har ikki leksemani sinonim tarzda ishlatishning maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi. O‘z vaqtida A.Hojiyev termin so‘zini atama yasamasi bilan almashtirishning noto‘g‘ri ekanligi, uning sabab va oqibatlari xususida jiddiy mulohaza yuritgan edi (Hojiyev 1996;22-25). Shularni hisobga olgan holda, termin o‘zlashmasini ilm-fan, texnika sohalari yoki tarmoqlarida qo‘llanuvchi so‘z va so‘z birikmalari, atama so‘zini shartli ravishda qo‘yilgan nomlar (nomenklatura, nomenlar), xususan, geografik obyektlar, joy nomlari (toponimlar), arabcha istiloh o‘zlashmasini esa tarixiy terminologiya aspektidagi izlanishlar, tarixiy manbalar matnidagi tushunchalarga nisbatan ishlatish (Madvaliyev 2017;28-30) o‘zini oqlaydi. Xullas, terminlar umumadabiy so‘zlardan tubdan farqlanuvchi leksik qatlamni o‘zida mujassam etadi. Ushbu farq quyidagi asosiy xususiyatlarda aksini topadi: semiotik (terminlarda belgi va ifodalovchi o‘zaro simmetrik munosabatga kirishadi); vazifaviy (terminlar nafaqat nominativ, balki definitiv funksiyaga egaligi bilan ham xarakterlanadi); semantik (terminlar faqat maxsus tushunchalarni ifodalaydi, ularning har biri o‘z ma’nosiga ko‘ra unikaldir); tarqalish, ommalashish (faqat fan tiliga oid terminlar muayyan qismining umumadabiy tilga kirishi ularning boshqa sistemaga xosligiga to‘sqinlik qilmaydi); shakllanish yo‘llari va vositalari (terminologiyada umumadabiy til so‘z yasalishi vositalarining harakati maxsuslashgan, standart, turg‘un modellarni ishlab chiqishga bo‘ysunadi) (Danilenko 1977; 208). Savol va topshiriqlar: 1.Terminologiyaning til lug‘at boyligidagi o‘rni qanday? 2.Terminga berilgan ta’riflarning mohiyati nimadan iborat? 3.Terminning nomenklaturadan qanday farqi bor? 4.Tamg‘alangan va tamg‘alanmagan til birliklari nazariyasi qaysi maktab vakillariga tegishli? 5.Terminologik leksika deganda nima nazarda tutiladi? 6.Ilmiy adabiyotda terminga berilgan ta’riflarni o‘rganing. 7. Termin so‘ziga oid taqinlarga diqqat qarating. 8.O‘zbek tilshunosligi terminlari tarkibidagi o‘zlashmalarni aniqlang. 9. Quyida “Qutadg‘u bilig”dan keitirilgan matn asosida davlat boshqaruviga doir istilohlarni belgilang. Esizkä siyasat yorïtğu keräk Bodun bulğanuqïn siyasat sürär Bu el tutruqï ham tübi bekliki Eki neŋ turur aslï yïldir köki Birisi bodunqa törü-ol ülüš 9 Birisi erätqa üläsä kümüš Törü birlä bodunï sevinsä turub Kümüš bulsa erät yarunsa körüb Test 1.Terminologiya nima asosida shakllanadi? A) milliy til B) umumadabiy til S. elat tili D. fan tili 2. Fan va texnikada termin qanday so‘z sanaladi? A) sun’iy yoki tabiiy tildan olingan maxsus so‘z B) boshqa tillardan olingan maxsus so‘z S) so‘z yasash orqali yuzaga kelgan maxsus so‘z D) shevalardan olingan maxsus so‘z 3.Terminlar qay holatda terminlik tabiatidan ajralib qoladi? A. umummiliy til doirasiga o‘tganda V. arxaiklashganda S. umumadabiy til doirasiga o‘tganda D.umumadabiy til doirasidan chiqqanda 4.“Terminda muayyan tushuncha aniq ilmiy ifoda kasb etgandan so‘nggina tan olinadi”,- jumiasi kimga tegishli? A) A.Gerd B) V.Gak S) O.Vinokur D. O.Axmanova 5. Termin so‘zi taqinining nechta prinsiplari e’tirof etilgan? A) besh B) olti S) to‘rt D) uch 6. Nomenklatura nimani o‘zida mujassam etadi? A) sohaga oid jins nomlarini B) sohaga oid tur nomlarini S) sohaga oid tushunchalarni D) sohaga oid belgilarni 7. Qaysi nomenlar tabiatda mavjud emas? A) ilmiy -adabiy B) ilmiy -falsafiy S) ilmiy-texnikaviy D) ilmiy-didaktik 8. Kim termin so‘zini atama so‘zi bilan almashtirishning xato ekanligini ta’kidlagan? A) G‘.Abdurahmonov B) O.Usmonov 10 S) Sh.Rahmatullayev D) A.Hojiyev 9. Istilohot so‘zi Alisher Navoiyning qaysi asarida qo‘llangan? A) Holoti Sayyid Hasan Ardasher B) Tarixi muluki ajam S) Majolis un-nafois D) Tarixi anbiyo va hukamo Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling