Hamidullayev Ma’mirjon


Download 0.54 Mb.
Sana17.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1026481
Bog'liq
KORXONA


Hamidullayev Ma’mirjon.
23-VARIANT
1. Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarilishi.
2. Kornalarda innovatsiya jarayonlarini amalga oshirishning zamonaviy strategiyalari.
3. Korxona iqtisodiy samaradorligi tushunchasi, mezonlari va ko‘rsatkichlari.


Javoblar:


1. Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda korxona ustavida belgilangan asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tushuniladi. «Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tartibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tarkibi toʻgʻrisida»gi Nizomga muvofiq korxonalarning asosiy faoliyatdan olingan daromadlari, oʻz navbatida, oʻz navbatida, qoʻyidagi ikki guruhga ajratiladi: Asosiy boʻlmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda bevosita asosiy faoliyatga taaluqli boʻlmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday daromadlar Nizomga muvofiq moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlarga va favqulotdagi daromadlarga boʻlinadi. Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar deganda qimmatli qogʻozlar, valyuta operatsiyalari, kredit va qarzlarni berishdan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga royalti, dividentlar va foizlar, ijobiy kurch farqlari koʻrinishidagi daromadlar va boshqalar kiradi. Favqulotdagi daromadlar deganda yuz berishi xarakteriga ega boʻlmagan, kutilmagan tasodif va hodisalardan olingan daromadlar tushuniladi. Bularga davlat qonunlarini oʻzgarishi, tabiiy ofatlar, revolyutsion oʻzgarishlar natijasida vujudga kelgan daromadlar kiradi. 287 Korxona daromadlari boʻyicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari boʻlib qoʻyidagilar hisoblanadi: Daromadlarni hisoblash tamoyilligi schyotlarda aks ettirish; Daromadlarni soliqlarga munosabatini toʻgʻri belgilash; Daromadlarni moliyaviy hisobotda toʻgʻri aks ettirish va boshqalar. Sotishdan olingan daromadlarning hisobi: Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar asossan ulgurji va chakana savdo korxonalarida, shuningdek oʻzlari ishlab chiqargan mahsulotlarini firma magazinlari orqali sotadigan ishlab chiqarish korxonalarida ishlatiladi. Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar asossan qurilish tashkilotlari va xizmat sohasi korxonalarida, shuningdek asosiy faoliyatidan tashqari i shva xizmatlar koʻrsatuvchi boshqa turdagi korxonalarda ishlatiladi. Asosiy faoliyatdan olingan qoʻshimcha daromadlarning hisobi. Asosiy vositalarning chiqimidan olingan foyda korxonalar oʻzlarining asosiy vositalarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Boshqa aktivlarni chiqimidan olingan foyda korxonalar oʻzlarining turli boshqa aktivlarini, masalan materiallarini, xoʻjalik inventarlarini, nomoddiy aktivlari va boshqa aktivlarini sotishdan va boshqa chiqimlaridan olgan foydasini hisobga olishda foydalanadilar. Oʻndirilgan jarimalar, penyalar va neustoykalar turli xoʻjalik shartnomalari shartlarini buzilishi natijasida, shuningdek koʻrsatilgan zararlarni qoplanishi evaziga olingan daromad (foyda) summasi aks ettiriladi. Oʻtgan yillar foydasi hisobot yilda aniqlangan oʻtgan yillarning foydasi aks etiriladi. Qisqa muddatli ijaradan olingan daromalar qisqa muddatli ijaradan olingan daromad korrspondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Kreditorlik va deponentlik qarzlarni hisobdan chiqarilishidan olingan daromadlar muddatida (3 yildan oshiq muddatda) oʻndirib olinmagan qarzlarni korxona foydasiga oʻtkazishdan olingan daromadlar. Xizmat qiluvchi xoʻjaliklardan olingan daromadlar asosiy faoliyatga xizmat koʻrsatuvchi xoʻjaliklardan (sogʻliqni saqlash boʻlinmasi, sartoroshxona, kutubxona, bololar bogʻchasi va boshqa muassasalari, sanatoriylar, oshxona, mehmonxona, sport komplekslari va boshqalar) olingan daromadlar aks ettiriladi. Qaytarilmaydigan moliyaviy yordam turli yuridik va jismoniy shaxslardan qaytarib bermaslik sharti bilan olingan moliyaviy yordam summalari aks ettiriladi.


2. Oʻzbekistondagi amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida ishlab chiqarish korxonalarining real mulk egalari vujudga kelmoqda, biroq korxonalarda innovatsiya jarayonlarini tadqiq etish yoki tadqiq etilganlardan keng koʻlamda foydalanishni yoʻlga qoʻyish zaruriyatdir. Respublikamizda barcha sanoat tarmoqlarini raqobatbardoshligini va eksport potensialini kuchaytirishda innovatsiyalardan foydalanishni rivojlantirish zaruriyatligini hisobga olgan holda bu masalalarning yechimini topishda mazkur jarayonni amalga oshirishning zamonaviy tashkiliy-iqtisodiy va boshqaruv mexanizmlarini shakllantirish oʻta muhim oʻrinni egallaydi. Jumladan, sanoat korxonalarida investitsiya innovatsiya boʻlimlarini tashkil etish, hamda uni faoliyatini rivojlantirish uchun barcha qulayliklarni yaratish katta iqtisodiy samara beradi. Bu boʻlimning faoliyatini rivojlantirishda quyidagi qulayliklarning yaratilishi zarurligini taqozo etadi: korxonalarda yuqori malakali ilmiy-texnik kadrlarni, yaʼni mutaxassislikka doir yangiliklarni yarata olish, uni oʻzlashtirish va amalga oshirish qobiliyatlariga ega mutaxassislarni tanlov asosida jalb etish; − jalb etilgan kadrlarga ularni qoniqtiradigan darajada moddiy va ijtimoiy shart-sharoitlar yaratish; − jismoniy yoki yuridik shaxslar, oliy oʻquv yurtlari, ilmiy tekshirish institutlari, xalqaro tashkilotlar bilan innovatsiyalarni rivojlantirishda hamkorlikni yoʻlga qoʻyishni kuchaytirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash. Ushbu amalga oshiriladigan faoliyat respublikamizning iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda katta ahamiyatga ega boʻlgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatlarining quyidagi iqtisodiy mexanizmlarini ishga soladi: − korxonalardagi mavjud texnologiyalarni yuqori modernizatsiya qilish uchun qulay imkoniyatlar yaratiladi; − real sektorlardagi investitsiya oqimlarini samarali oʻzlashtiriladi; − ishlab chiqarish korxonalari yuqori darajada iqtisodiy rivojlanadi; − sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati natijasida tabiiy muhitga koʻrsatayotgan zararning oldi olinadi yoxud kamaytiriladi; − mamlakatimizdagi sanoat tarmoqlarining import ulushini kamaytirish barobarida eksport ulushini koʻpaytiradi. Jumladan, korxonaning muvaffaqiyati va raqobatbardoshligining kafolati uning faoliyatini samarali innovatsion strategik yoʻnalishlarda olib borish hisoblanadi. Innovatsion faoliyat boʻyicha optimal strategiyani tanlash ushbu faoliyatni samarali boshqaruvining tarkibiy qismi boʻlib, ishlab chiqarishda koʻzlangan daromad ulushni koʻpaytiradi. Innovatsiya strategiyasini samaraligini tanlash tadqiqotlarni olib borish, yangi mahsulotlarni yaratish kabi faoliyat turlari bilan bevosita bogʻliqdir. Ushbu strategiya asosida strategik rejalashtirish, avvalo, resurslarni oqilona taqsimlash va undan samarali foydalanish, yaʼni korxona resurslarini tashkil etuvchi moliyaviy mablagʻlar, ishchi kuchlar va texnologiyalardan samarali foydalanishni rejalashtirishdan iborat. Bundan tashqari, korxona yangi tarmoqlarni barpo etishda inqirozga yuz tutgan korxonalarni sotib olish orqali samarali “portfeliga” ega boʻladi yoxud isteʼmolga yaroqsiz mahsulotlarni qayta ishlash orqali yangi isteʼmolchilarni jalb etadi, hattoki yangi bozorlarni egallash imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, innovatsiya strategiyasi asosi boʻyicha korxona faoliyatini tashqi muhitdagi har qanday oʻzgarishlarga moslashuvchan rejalarni tuzish va amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish zarur. Bunda rejada ishlab chiqilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida ish oʻrinlarini yaratish, isteʼmolga zarur boʻlgan mahsulot hajmini koʻpaytirish, aholini daromadini oshirish va korxonaning iqtisodiy salohiyati yuksaladi. Innovatsion strategiya nazariy va empirik (amaliy) tadqiqotlar olib borishning muhim yoʻnalishi boʻlib, uni amalga oshirishda qabul qilgan qarorlar yangiliklardan foydalanish darajasi boʻyicha strategik va moliyaviy samaradorligi oʻsib boradi. Shuning uchun rahbariyat yangiliklarni qabul qilishiga ijobiy munosabatda boʻlsa, uni joriy etish ehtimoli yuqori boʻladi va belgilangan strategik maqsadga erishiladi. Strategik maqsadga erishishda avval maqsad aniq va toʻgʻri ifodalanishi, tashqi omillarning (mavjud imkoniyatlar, xavf-xatar, raqobatchilarning kuchli va zaif tomonlari) tahlillarini aniq olib borish, shundan soʻng innovatsiya strategiyasini tanlash zarur. Hozirgi vaqtda zamonaviy innovatsiya strategiyalardan, yaʼni yuqori samaraga ega boʻlgan hujumkor, mudofaa, immitatsion (oʻxshash) strategiyalardan foydalanish korxonalar uchun zarurdir.


3. Samaradorlik tushunchasi mohiyatini aniqlashga uning semantik mazmunini anglash nuqtayi nazaridan yondashiladigan boʻlsa, “samaradorlik” soʻzi “samara beruvchi zaruriy natijaga olib keluvchi” kabi maʼnolarni bildiradi. Iqtisodiy kategoriyalarga aloqador boʻlgan “samara” soʻzi foydali natija, oqibat maʼnolarini, “samarali” soʻzi esa natijador, foydali maʼnolari anglatadi. Shu bilan birga, “samara” va “samaradorlik” soʻzlari bir xil maʼnoni anglatuvchi tushunchalar emas. “Samara” tushunchasi biron-bir jarayonning natijasini bildiradi. Yaʼni umumiy holda samara shaklida ishlab chiqarishning maqsadiga erishilgandagi natija namoyon boʻladi. Negaki, bir tarafdan u oʻzida ishlab chiqarish resurslarining muayyan davrdagi harakatining umumiy moddiy natijasini birlashtiradi, boshqa tarafdan esa ishlab chiqarishdan kutilgan oxirgi natija faqat ishlab chiqarilgan moddiy neʼmatlarda namoyon boʻladi. Samara yakka holda mehnat faoliyatini toʻla tavsiflashga qodir emas. Chunki u ishlab chiqarishning natijasi qanday resurslarni sarflash evaziga erishilganini koʻrsatib bera olmaydi. Yaʼni muayyan samaraga resurs sarfining yuqori darajasi bilan ham, past darajasi bilan ham erishish mumkin. Shu bois, olingan samarani baholash uchun ushbu samara uni olishga sarflangan resurslar (xarajatlar) bilan taqqoslanishi lozim. Bu esa ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflaydi. Korxona ishlab chiqarish samaradorligi iqtisodiy kategoriya boʻlib, takror ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini oʻzida aks ettiradi hamda ijtimoiy takror ishlab chiqarishga taalluqli iqtisodiy qonunlar tizimi bilan aniqlanadigan asosiy maqsadga erishilganlik darajasini tavsiflaydi. Baʼzi bir adabiyotlarda korxona samaradorligi tushunchasiga yanada kengroq maʼnoga ega taʼrif berib oʻtishadi, yaʼni korxona samaradorligi “ishlatilgan resurs birligiga muayyan natijani olish” deya taʼriflanadi, uni vaqtdan tejashning umumiy qonuni namoyon boʻladigan shakl sifatida qaraladi. Korxona samaradorligi nazariyasini ishlab chiqishga keng amaliyotchilar ham oʻz fikrlarini berib oʻtishadi, ularning fikricha ishlab chiqarish xarajatlari variantlarini taqqoslash va ular ichidagi eng maqbulini tanlashga harakat qiladilar. Muayyan sharoitlarni tahlil qilish mobaynida ular solishtirma samaradorlik nazariyasining fundamental tamoyillaridan birini, yaʼni ishlab chiqarilishi arzon, lekin foydalanishda qimmat yoki buning aksi boʻlgan variantlarni taqqoslash tamoyilini ilgari suradilar. Samaradorlik nazariyasi boʻyicha izlanishlar keyinchalik yillik va besh yillik rejalarni tuzish va ularga baho berishda oʻz ifodasini topdi. Bunda mehnat unumdorligi va mahsulot tannarxi majburiy reja vazifalari sifatida tasdiqlandi. Hozirgi vaqtda samaradorlik nazariyasining alohida jihatlarini rivojlantirish yuzasidan koʻplab tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda ishlab chiqarish samaradorligi nazariyasini uslubiy jihatdan tadqiq etish mobaynida oʻrganilayotgan asosiy masalalarni quyidagicha turkumlash mumkin: ishlab chiqarish samaradorligi kategoriyasining mohiyatini aniqlash; ishlab chiqarish samaradorligi mezonlarini tavsiflash; korxona ishlab chiqarish samaradorligini baholash koʻrsatkichlari tizimini asoslash. Ushbu tadqiq etilayotgan masalalarga nisbatan tadqiqotchilar oʻrtasida turlicha qarash va yondashuvlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar ishlab chiqarish samaradorligi kategoriyasi mohiyatini uning ishlab chiqarish usullari bilan tarixiy aloqadorligida koʻradilar. Uni baholash mezonlarini esa iqtisodiyotning asosiy qonuni mazmunidan izlaydilar. Koʻplab olimlar “ishlab chiqarish samaradorligi” kategoriyasi mohiyatini chuqurroq anglash maqsadida uni alohida, samaradorlikning turli jihatlarini aks ettiruvchi mustaqil kategoriyalarga boʻlib oʻrganadilar. Ayrim iqtisodchilarning fikricha “Samaradorlik” tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida “iqtisodiy samaradorlik” tushunchasiga nisbatan chuqurroq va kengroq maʼnoni anglatishini taʼkidlab oʻtadilar. Ayrimlar esa adabiyotlarda “ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik” va “texnik-iqtisodiy samaradorlik” tushunchalarini muomalaga kiritadilar.
Hozirgi vaqtda korxona iqtisodiy samaradorligini quyidagi turlarini ajratish mumkin: ishlab chiqarish-texnikaviy, ishlab chiqarish-iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik-iqtisodiy. Ishlab chiqarish-texnikaviy samaradorlik ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini bildiradi. U ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish darajasini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Samaradorlikning ushbu turi ishlab chiqarishda yer, moddiy va mehnat resurslaridan foydalanish darajasini aks ettiradigan koʻrsatkichlar tizimi bilan oʻlchanadi. Asosiy koʻrsatkichlar sifatida yer qaytimi, fond qaytimi, material sigʻimi, mehnat sigʻimi kabilardan foydalaniladi. Ishlab chiqarish-iqtisodiy samaradorlik esa mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini ishlab chiqarish-texnikaviy samaradorlik va iqtisodiy mexanizmning oʻzaro uygʻunligida tavsiflaydi. U ishlab chiqarish samaradorligini tavsiflovchi qiymat koʻrsatkichlari bilan oʻlchanadi. Yaʼni tannarx, yalpi va sof daromad, foyda va boshqalar. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik esa ishlab chiqarish-iqtisodiy samaradorlikning hosilasi boʻlib, iqtisodiy manfaatlarning amalga oshirilishini aks ettiradi va umuman korxona faoliyati samaradorligini tavsiflaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikni tavsiflovchi koʻrsatkichlar tizimiga: yer maydoni birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot qiymati, foyda normasi, rentabellik darajasi, bir ishchiga toʻgʻri keladigan isteʼmol fondi kabilar kiradi. Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, korxona ishlab chiqarish samaradorligi tushunchasining mazmuniga nisbatan yondashuvlar turlicha, lekin iqtisodchi olimlarning koʻpchiligi “samaradorlik muayyan faoliyatning foydali natijasi (samarasi) ning sarf qilingan resurslarga nisbati orqali aniqlanadi”,- degan fikrga qoʻshiladilar.
Jamoadagi mehnati unumdorligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
= /
Bunda:
–jamoatchilik mehnat unumdorligi
–xosil kilingan milliy daromad
/ –moddiy ishlab chikarish tarmoqlarida band ishchilarning oʻrtacha soni.
Milliy daromad (hamma) barcha ishlab chiqarish tarmoqlari sof mahsulotlarining summasi (yigʻindisi) bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, alohida tarmoqning sof mahsulot va ishlab chiqarish moddiy xarajatlari orasidagi ayirmaga teng.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim iqtisodiy samaradorlik koʻrsatkichlari-mehnat sigʻimlilik, material sigʻimlilik, mablagʻi sigʻimlilik va kapital (sarmoya) sigimliliklardir.
Mexnat sigʻimliligi mehnat unumdorligining teskari miqdori boʻlib, moddiy ishlab chiqarish tarmogʻida sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulotning yalpi hajmiga boʻlgan nisbat tariqasida hisoblanadi, uni quydagi formulada ifodalash mumkin:
Ms= M/Q
Bunda:
Ms - mehnat sigʻimliligi
M - mehnat miqdori
Q – ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi.
Fond sigʻimligini va kapital sigʻimliligini hosil qilingan milliy daromadga nisbati bilan ham hisoblash mumkin.
Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling