Hamkorbank lizing operatsiyalari
Download 352.71 Kb.
|
SAIDAKBAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’chmas mulk va barcha turdagi uskunalar uchun lizing taqdim etish
- Lizing shart-sharoitlari Lizingga otkazilyotgan asosiy vosita turi
- Yillik foiz stavkasi
- Moliyalashtirishning uzoq muddatliligi
- Garovning yo’qligi
- E’tiboringiz uchun rahmat!
HAMKORBANK LIZING OPERATSIYALARI TAYYORLADI:ISTAMOV SAIDAKBAR Lizing — bu kreditning pulsiz shakli boʻlib, odatda ishlab chiqarish vositalari va boshqa moddiy boyliklarni keyinchalik foydalanuvchilar tomonidan muntazam ravishda haq toʻlab borib, sotib olish sharti bilan uzoq muddatli ijaraga berish. Ko’chmas mulk va barcha turdagi uskunalar uchun lizing taqdim etish Biz sizga lizing mahsulotlarining keng assortimentini (imkoniyatini) taklif etamiz. Ularning yordamida Siz o’zingizga qulay bo’lgan shartlar asosida ko’chmas mulk, dastgohli, poligrafik va savdo asbob-uskunalarini, ishlab chiqarish liniyalarini, oziq-ovqat va sanoatning boshqa sohalari uchun asbob-uskunalar, qurilish texnikasi va avtotransport sotib olishingiz mumkin. Lizing shart-sharoitlari Lizingga o'tkazilyotgan asosiy vosita turi Milliy valyutada - Cheklanmagan Xorijiy valyutada - Import uskuna Lizing oluvchiga talablar Mulkchilik shakli, Tashkilot hajmi Yuridik shaxslar Cheklanmagan Lizing muddati 13 oydan 8 yilgacha Ta'minot (lizing ob'ektining narxiga %da) Eng kamida - 30% Yillik foiz stavkasi 28% Lizing yordamida siz O’z mablag’ingiz kam bo’lganda katta loyihalarni amalga oshirishingiz mumkin Soliqqa tortilishni optimallashtirishingiz va daromadni ratsional ravishda ishlatishingiz mumkin Mavjud kredit liniyalarni saqlab qolishingiz mumkin Kreditga beriladigan garov muammosidan xalos bo’lishingiz mumkin Lizing afzalliklari Moliyalashtirishning uzoq muddatliligi: Lizing taqdim etuvchi lizing oluvchining resurslari va imkoniyatlarini birlashtiradi va unga o’z resurslarini qo’shadi. Bu esa bank kreditiga nisbatan birmuncha uzoqroq vaqtga mo’ljallangan lizing taqdim etishga imkon beradi Soliqlar bo’yicha imtiyozlar: Lizing shartnomasi bo’yicha taqdim etiladigan texnologik asbob-uskunalar bojxona boji, mulk solig’i va qo’shimcha qiymat solig’idan ozod etiladi Garovning yo’qligi: Mulkni lizing asosida olar ekansiz, Siz garov to’g’risida o’ylamasangiz bo’ladi Yetkazib beruvchilarni tanlash: Biz Sizning mulkingizni sotib olish, xalqaro kreditlash va yetkazib berishning optimal mexanizmlarini ishlab chiqishimiz mumkin Islomiy lizing Mahsulot tavsifi Bank lizing oluvchining topshirigʻiga binoan uchinchi tomondan (sotuvchi)dan lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obyektini) mulk qilib sotib oladi va uni ushbu shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga islomiy shartlarda oʻn ikki oydan ortiq muddatga beradi Lizing shartlari Lizing obyektlari Tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan uskunalar, yengil va og’ir transport vositalari. Man etilgan moliyalashtirish yo’nalishlari 1. Kazino, totalizator, lotoreya va hokazolar; 2. Mast qiluvchi ichimlik va moddalar ishlab chiqarish va ularning savdosi; 3. Choʻchqa goʻshti va xarom qilingan narsalar savdosini tashkil etishda qoʻllash koʻzda tutilgan holatlar. Lizing muddati 13 oydan 60 oygacha Qarz oluvchilar va ularga qoʻyilgan talab Yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan moliyaviy barqaror xoʻjalik subyektlari. Lizing miqdori Minimum 300 mln soʻm ekvivalenti Mahsulotdan foydalanish tartibi Pul oʻtkazish yoʻli bilan
Bank, lizing oluvchi va sotuvchi oʻrtasidagi shartnomalar rasmiylashtirish ketma-ketligi 1. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida dastlabki kelishuv shartnomasi; 2. Bank va sotuvchi oʻrtasida lizingga berilishi moʻljallangan obyektni oldi-sotdi qilish shartnomasi; 3. Lizing obyektini qabul-qilish va topshirish dalolatnomasi; 4. Bank va lizing oluvchi oʻrtasida lizing shartnomasi. Jarimalar Mijozlar tomonidan lizing toʻlovlari boʻyicha kechikishlar boʻlganda bank tomonidan lizing shartnomasiga muvofiq jarimalar hisoblab undiriladi. Bank tomonidan hisoblab undirilgan jarimalar hayriya ishlariga sarflanadi. E’tiboringiz uchun rahmat! Download 352.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling