Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
ogʻzi ochilib qoldi, ensasi qotib qoldi.
2. Jismoniy ta’sir, harakat va boshqa maʼnolarni ifodalovchi harakat frazeologizmlar: yuragini chiqarmoq. 3. Kishining jismoniy va ruhiy sifatini ifodalovchi belgi frazeologizmlar: qari tovuq, ilonni yogʻini yalagan. Iboralar xalqning ijodiy boyligidir. Xalqning bu iboralari turmush voqealarini, kishilarning harakatini toʻgʻri va haqqoniy shu bilan birga, obrazli aks ettirgani uchun uzoq vaqt yashaydi.Keyingi yillarda frazeologizmlarni semantik yoʻnalishda tekshirishga eʼtibor kuchaydi. Buning natijasida frazemalar va ularni hosil qiluvchi komponentlar semantikasiga diqqat qaratilmoqda. Frazematik maʼno leksik maʼnodan farqlanib unda ekspressivlik ifodalanishdan tashqari komponentlari semalarining ichki semantik bogʻlanishi maʼlum boʻldi. Bu esa frazemalar komponentlarining oʻziga xos semantik strukturaga ega ekanligidan dalolat beradi.Frazemalarni semantik tahlil qilish shuni koʻrsatdiki, har bir frazemadan anglashilgan maʼnodan tashqari komponentlari ichida yetakchi semantik ahamiyat kasb etuvchi birlik boʻladiki, bu frazemalarni struktur – semantik tasnifi uchun asos boʻladi [Saidxonov M. Frazemalar semantikasi // Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari –A.,1993.–B.48]. Frazeologik iboralar qatlamida semantik frazemalar ichida bosh leksemali iboralar ham muhim ahamiyatga ega ekanligini koʻrib oʻtamiz. Oʻzbek tilida frazema tarkibidagi tayanch soʻz zoonimlardan, antroponimlardan, toponimlardan oʻsimlik nomlaridan tabiat,borliq atamalaridan, kishi organlari atamalaridan va boshqalardan iboratdir. Tayanch soʻz frazema komponentlaridagi asosiy mazmun ifodalaydigan soʻz sanaladi. Masalan, “ichini it tatalamoq”, “it quvgan soqovday”, “itning boshiga ursa”, “it boʻlib ketmoq”. Kishi aʼzolari atamalari ishtirok etgan frazemalar – somatik frazemalar har bir tilning frazeologizmlar qatlamida koʻpchilikni tashkil qiladi. Agar oʻzbek tilida somafrazemalar 35% boʻlsa, ingliz tili frazemalari ichida bunday frazemalar 3-oʻrinda turadi. Somafrazemalarning hosil boʻlishi ishoraviy harakatlarning frazeologizatsiyalashuvidan yuzaga kelgan boʻlib baʼzi frazemalar esa semantik simvolizm asosida roʻyobga chiqadi [Saidxonov M. Frazemalar semantikasi // Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari. – A., 1993. – B.49]. Oʻzbek tili turgʻun iboralarga juda boy. Qadimdan ogʻzaki nutqda ishlatilib kelinayotgan iboralar turli qochirm xarakteridagi soʻz birikmalari, maqol va aforizmlar hozirgi kunda yozma adabiyotdan munosib oʻrin egalladi va egallamoqda. Frazeologik tildagi iboralar qatlamida semantik frazemalarichida bosh leksemali iboralar ham muhim oʻringa ega. Yuqorida ham taʼkidlab oʻtganimizdek, bunday iboralar oʻzbek tilida bir yuz ellikdan ortiq va bu frazemalarning har birida bosh leksemasining maʼno qirrlari konnotativ maʼnoga ishora qiluvchi vosita sifatida ishtirok etadi. Soʻzlarning va frazeologik birliklarning denotativ maʼnosi ustiga qurilgan konnotativ maʼnosi ham mavjudki, u matn va nutq jarayonida soʻzlovchi va tinglovchining umumiy bilim koʻlami asosida sotsial muhit, yashash tarziga bogʻliq holda yuzaga chiqadi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, konnotativ maʼno denotativ maʼno asosida belgilanadi”. Iboralar tarkibidagi soʻzlar maʼno mustaqilligini yoʻqotib umumiylikni tashkil etadi va ibora tarkibidagi soʻzlarning koʻchma maʼnosi asosida frazeologik maʼno yuzaga chiqadi. Buni konnotativ maʼno deyishimiz mumkin. Frazeologik birliklarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri tarkibidagi soʻzlarning yaxlit holda bir butunlikni tashkil etib, bitta maʼnoga birlashishdir[Mamadaliyeva M. Konnotativ maʼno / Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari .–A.,1993.–B.117-119]. Keyingi yillarda frazeologik birliklarni oʻrganishga alohida eʼtibor berilmoqda. Shu bois tilshunoslikning bu sohasini oʻrta va oliy maktabda oʻrganish dolzarb muammolardan biriga aylangan, lekin hali ham oʻzbek tilidagi frazeologik birliklarning semantik tabiati yetarli darajada oʻrganilganicha yoʻq [Rahimov M. Maʼno ifodalashda frazeologik birliklardan foydalanishga oʻrgatish // Til va adabiyt taʼlimi. –T., 2010. - № 6. –B. 8]. Ravish frazeologik birliklarni ravish leksemalarga semantik jihatdan qiyoslash boʻyicha Muxtorxon Rahimov quyidagilarni aytib oʻtadi: oʻrganilayotgan frazeologik 139 birliklarning mazkur guruh semantikasida ular ifodalagan lugʻaviy maʼno tarkibida juda, oʻta darajada shakldagi mazmun qirralari qatnashadi. Masalan, oz (oddiy) – urvoq ham boʻlmaydi, bir chimdim (juda oz); koʻp (oddiy) – ellik ogʻiz, boshidan oshib yotmoq (juda koʻp). Bu ravish frazeologik birliklarda material maʼnoni kuchaytirish yoki ozaytirish maʼnosini ifodalovchi soʻz va iboralar qatnashgan. Masalan, Tabiiy hammadan Nurining uyi hashamatli qimmatli jihozlar bilan magazinday yasalgan edi (Oybek. “Qutlugʻ qon”). Keltirilgan misollarda faqat belgining ortiqligi ifodalangan. Ayrim iboralarda material maʼno emas, faqat kuchaytirish maʼnosidagi soʻzlarning oʻzi qatnashadi. Bular lugʻaviy maʼno ifodalash uchun emas, balki belgining darajasini koʻrsatish uchun xizmat qiladi. Frazeologik birliklar boshqa til birliklari bilan birikishiga koʻra tor yoki keng bogʻlanishi mumkin. Tor bogʻlanish deganda iboraning faqatgina bitta leksema yoki shu leksemaga tegishli boʻlgan semantik guruhdagi boshqa biron soʻz bilan distributiv aloqaga kirishi, yaʼni boshqa til birliklari qurshovida ishlatila olmasligi nazarda tutiladi. Bunday frazeologik birliklarning sintaktik qurshovida shu soʻz qoʻllanishi shart. Shundagina, mazkur ibora maʼnoni kuchaytiruvchiboʻlib, reallashadi: suv bilan havodek (zarur), yetti yot (begona),oʻzida yoʻq (shod), (hushi) oʻzida yoʻq (es-hushi oʻzida emas). Masalan, Iqlima oʻzida yoʻq shod boʻlib ularni qarshi oladi. Tor bogʻlanish qobiliyatiga ega boʻlgan frazeologik birliklarning ayrimlari baʼzi hollarda sintaktik qurshovdan ajralgan holda qoʻllaniladi. Bunday vaziyatlarda ibora sintaktik qurshov boʻlib keladigan soʻzning maʼnosini oʻz ichiga oladi va ular qoʻshilib, birgalikda yangi maʼno ifodalaydi. Masalan: suv sepganday hamma yoq jim – jit (S.Ahmad). Goʻyo hamma yoq suv sepilganday (I.Rahim).Misollardan koʻrinadiki, bunday frazeologik birliklarning mazmuni semantik jihatdan murakkablashib, umuman, boshqa frazeologik turkumga xos boʻlib qoladi. Oʻzbek tilida shu turdagi iboralarga yana quyidagi frazeologik birikmalarni keltirish mumkin: yogʻ tushsa yalagudek (toza), bir qoshiq suv bilan yutguday (goʻzal). Tor birikish qobiliyatiga ega boʻlgan ravish frazeologik birliklar,yuqorida keltirilganidek, asosan ravish va sifat turkumiga tegishli boʻlgan leksemalar bilan bogʻlanadi. Bunday iboralar esa feʼl bilan ham birikishi mumkin: terisiga sigʻmay sevinmoq, koʻklarga koʻtarib maqtamoq va boshqalar. Keng bogʻlanishga ega boʻlgan frazeologik birliklar ham mavjud:haddan ziyod, borib turgan, oʻlaman sattor. Bu turdagi iboralar sintaktik planda mazmun jihatdan bir –biridan farq qiladigan soʻzlar bilan aloqaga kirishadi. Bunday iboralar yuqorida koʻrilgan frazeologik birliklarga oʻxshab, asosan ravish va sifat turkumiga oid leksemalar bilan bogʻlanadi. Baʼzi birlari ot yoki feʼllar bilan ham birikishi mumkin: haddan tashqari (koʻp yomon ishonmoq), borib turgan (yolgʻonchi, zolimlik).Shu turdagi frazeologik birliklar qatorida oʻzbek tilida uchiga chiqqan, jinnidan battar, besh battar kabi iboralar ham uchraydi. Ularning semantik strukturasida qoʻshimcha salbiy maʼno qatnashadi. Masalan, Uchiga chiqqan yolgʻonchi u (N. Safarov). It tugul undan besh battar hayvon ham mehr nimaligini his etadi (Sh. Xolmirzayev). Yuqoridagilardan ayon boʻladiki, shu vaqtgacha miqdor – daraja ravishlari doirasida baholanib, kelinayotgan bir guruh ravishlar semantik jihatidan ajraladi. Ana shunday kuchaytiruvchi til birliklari faqat leksemalarda emas, balki frazeologik birliklar orasida ham uchraydi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling