Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar 1. Azizov S. Xalq san’atida koinot aksi. “Fan va turmush”. 2. Primov A., “O‘zbek tilidagi samoviy jism nomlarini xalq kosmonimlari va ilmiy kosmonimlarga ajratib o‘rganish”. Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti, filologik tadqiqotlar. – Toshkent: 2007. 3. Primov A., “O‘zbek tili kosmonimlarining yasalish xususiyatlari haqida ba’zi mulohazalar”. Al-Xorazmiy nomidagi Urganch davlat universiteti, filologik tadqiqotlar. – Toshkent: 2006. 4. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 1-2-tomlar. – M.: Rus tili, 1981. “QORA” LEKSEMASI ISHTIROK ETGAN AYRIM ANTROPONIMLAR HAQIDA ABOUT SOME ANTHROPONYMS INVOLVED IN THE LEXEME "BLACK" Gulshan Abduraxmonova Annotation. In this article, we will focus on the analysis of personal names related to the word "black". In this, we mainly focused on the heroes of the work of art. What is the role of these characters in the work? We tried to think about how well the name of the artistic hero corresponds to his personality and to what extent it depends on our nationality. Key words: Kara, "Shum bola", Karavoy, "Alpomish", Karajan, Karatoy, Karabotir, "Tahir and Zuhra", Karakhan, Karabek. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab xuddi “qora” leksemasi ishtirok etgan toponimlar kabi antroponimlar ham juda keng tarqalgan. To‘g‘ri, ayrim kishilar uchun bu biroz ajablanarli bo‘lishi mumkin. Chunki hozirgi davrda Qoravoy yoki Qorajon ismini kim ham farzandiga qo‘yar edi deyishadi. Bunday fikrlarga ham hech qanday e’tiroz bildirmagan holda “qora” so‘zining salbiy ma’nolaridan ko‘ra ko‘proq ijobiy ma’nolar anglatishini isbotlashga harkat qilamiz. Bir o‘ylab ko‘ring-a, taniqli ijodkor G‘afur G‘ulomning barchamiz biladigan o‘sha mashhur “Shum bola” qissasining bosh qahramoni Qoravoyga, sizningcha, rangi qora bo‘lganligi yoki boshidan kechirgan hayoti qiyinchiliklarga to‘la bo‘lganligi uchun shunday ism berilganmi? Biz aynan shu mavzuda gaplashganimizda suhbatdoshlarimizning deyarli 90 foizi bolakay shunday “qora” kunlarda ko‘plab qiyinchiliklarni boshdan kechirganligi uchun shunday nom berilgan, degan fikrni aytishgan. Albatta, bunday nomning berilishi ramziy ma’no kasb etadi. Yozuvchining nega bu ismni qo‘yganligi bizga aniq ma’lum emas. Shunday bo‘lsada, biz ismning etimologiyasi, anglatadigan ma’nolariga tayanib o‘z fikrimizni bayon etamiz. Qora ismining ma’nosi. Qora ismi, asosan, o‘g‘il bolalarga qo‘yiladi va bu ism quyidagi ma’nolarga ega: kuchli, qudratli bola yoki qoracha bo‘lib tug‘ilgan bola yoxud qoracha urug‘iga (qirq qabilasining tarmog‘i) mansub bola. Shakllari: Qorabek, Qoraboy, Qorajon, Qoratoy, Qoraxon, Qoraqul. ToshDO‘TAU lingvistika yo‘nalishi 2-kurs magistranti 143 Ko‘rib turganimizdek, “O‘zbek ismlarining ma’nosi” lug‘atida Qora ismiga hech qanday salbiy ta’rif berilmagan. Aksincha, kuchli, qudratli bola bo‘lsin deb qo‘yiladigan ismlar sirasiga kiradi. Shunday ekan G‘afur G‘ulomning “Shum bola” qissasidagi Qoravoy ham o‘sha ocharchilik hukm surgan qiyinchiliklarga to‘la davrda yashab ularni yengib o‘tadigan darajada kuchli bo‘lishi kerak edi. Shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilamaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib ertalabdan kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa, yuragi siqilib ketadigan, tinib –tinchimas bolalar xilidan. Kunlarning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Qoravoy bir-biridan qiziq voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Shum bola qayerga bormasin, kim bilan to‘qnashmasin, hamma joyda kattalarning o‘ziga bepisand qarashi, qo‘pol muomalasiga duch keladi. O‘zlarini go‘yo yetimning boshini silaydigan himmatli kishilar qilib ko‘rsatadigan turli noinsof kimsalar uning navqiron kuchidan suvtekin foydalanib qolishga urinadilar. Bu ham mayli, shu yosh bolani turli qing‘ir yo‘llarga boshlovchilar ham topiladi. Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda tasvirlaydi. Garchi Qoravoy duch keladigan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar bo‘lsa-da, u bunday kimsalarni bir ko‘rishda taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish yo‘llarini qidiradi va ,albatta, topadi! Mana shu paytlarda Shum bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz. Qissani o‘qiganimizda ham Shum bolaning Sariboyday ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh bo‘lamiz. Nafaqat bu voqeada, balki butun qissa davomida biz Qoravoyning topqirligi, hozirjavobligi, har qanday qiyin vaziyatdan bir amallab sog‘ chiqib keta olishiga tan beramiz. Asar qahramoni yosh bo‘lishiga qaramay kuchli iroda egasi. Shuncha bepisanliklar, ta’na va nadomatlarga qaramasdan qiyinchiliklarni yengib oilasi yoniga qaytib keladi. Endi ayting-chi, siz hali ham “qora” so‘zi haqida salbiy fikrdamisiz?! Biz Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhod dunyoga kelgan paytdagi xoqonning quvonchi tasvirlangan o‘rinlarga murojaat qildik. Xoqonning quvonchi chegarasiz edi. Shu zahoti uch yillik soliqlar bekor qilindi. Chin mamlakatida qancha devor bo‘lsa, hammasi nozik va nafis naqshlar solib to‘qilgan qora ipak mato yozib bezatilsin, degan buyruq berildi. Bu o‘rinda qora rangga e’tibor bering. Gap shundaki, qadimgi zamonlarda qora rang ulug‘lik, dabdabalilik, uzoq umrlilik ma’nolarini anglatgan. Shuning uchun shohlar qora libosni ma’qul ko‘rganlar. Ajdodlarimiz farzandlariga o‘g‘il bo‘lsa, Qoravoy, Qorajon, Qorabotir, qiz bo‘lsa Qorajon, Qoraxon deb ism qo‘yganlar. Xalq og‘zaki ijodida qora tog‘, qora suv, qora bog‘ tushunchalaridan keng foydalanilgan. Bu o‘rinda Allohning Makka shahridagi ramziy uyi– Ka’baning ustiga qora baxmaldan yopinchiq qilinganini ham eslasak, ma’qul bo‘ladi. Shunday qilib, mamlakatning devorlari bayramona bezatildi. Xaloyiq nima ish qilsa ham tergalmasin, yomon ish qildng, deb jazolash man qilinsin, degan farmoyish berildi. Xullas, Xoqon uyida tug‘ilgan farzand butun mamlakatga shodiyonalik keltirdi. Biz yana bir asar qahramoni haqida so‘z yuritmoqchimiz. Bu o‘sha barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan mashhur “Alpomish” dostonidagi Qorajon. Ushbu qahramonimiz ham asli qalmoq elidan bo‘lishiga qaramasdan o‘zbeklardan bo‘lgan Alpomish bilan do‘st tutinadi va unga qo‘lidan kelgan barcha yordamni ko‘rsatadi. Bu ishlari uchun akalaridan, enasidan ta’na dashnomlar eshitadi, ammo o‘z fikridan qaytmaydi. Qadimda turkiylarning dunyoqarashi va fikr olamida oq rangga qaraganda qora rang e’tiborliroq mavqega ega bo‘lgan. Shu bois ularning diniy inonchlarida qora so‘zi ko‘proq o‘rin egallagan. Rus tilshunos olimi A.Kononov qora so‘zining ma’nolarini tadqiq etib, ushbu so‘z bilan «katta», «yirik», «muhtasham», «ulug‘», «qudratli», «kuchli», «pokiza», «musaffo», «quruqlik», 144 «yer», «zulmat ko‘ki», «shimol» kabi mazmunlar ifodalanganligini ko‘plab misollar vositasida izohlab bergan. Dostondagi Qorajon obraziga alohida ehtiyotkorlik bilan yondashishimiz lozim,- deydi taniqli adabiyotshunos olim Omomulla Madayev. Chunki Qorajon – makkor Surxayil kampirning o‘g‘li bo‘lishiga qaramay tabiatan adolatli shaxs. Onasi Barchinoyga sovchilikka ketayotganda aynan Qorajon uni yo‘ldan qaytaradi. U Qo‘ng‘irot elidan kelganlarning tinchini buzishni ma’qullamaydi. Qorajon dostonda juda sodda va samimiy shaxs sifatida tasvirlanadi. Barchindek qizga uylanishni Qorajon ham istaydi, ammo u do‘sti Alpomishning unashtirilgan yori ekanligini bilgach, bu fikridan voz kechadi. Aksincha, Alpomishga yorini qalmoqlardan qutqarib o‘z yurtiga olib ketishi uchun yordam beradi. Ushbu ta’riflardan Qorajonni kuchli iroda, pokiza, musaffo qalb egasi deyish mumkin. Biz mashxur olim, filologiya fanlari doktori Ibohim Haqqulning “Yana qora rang talqini haqida” nomli maqolasiga murojaat qilamiz. Unda quyidagi fikrlar keltirilgan. ’’Turklarning eski diniy inonchlari bo‘yicha qamlar (din yo‘lboshchilari) tangri bilan bevosita aloqa o‘rnatish darajasida ruhoniyati kuchli kishilar bo‘lishgan. Ilk qam va ulug‘ yaratuvchining timsoli hisoblangan juft boshli Burgut esa Qora qush deyilgan. Qamlarning ruhlarini tashigan va ular bilan samoviy sayr qilguvchi qushga Qorabadoq nomi berilgan’’. Bizning nazarimizda, tasavvuf tarixida «Qora» laqabi bilan shuhrat topgan valiylar, darveshlar ma’lum bir ma’noda qamlarga vorisdirlar. Chunki «Abu Siyoh, Qora Vali, Zangi ota, Qoracha Ahmad kabi Qora va Zanji avliyo tipi nihoyatda e’tiborlidir. Avliyo ilohiyotchilar orasida ham qoralar bor edi. So‘fiylik «qora» xotinlar o‘rtasida ham tarqalgandir». Ushbu fikrlarda o‘zbekning to‘qson ikki urug‘idan biri bo‘lgan qirq urug‘ining tarmog‘i – qoracha nazarda tutilgan. Xalq og‘zaki ijodining noyob durdonalaridan biri bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostonida ham Qoraxon obrazi bor. U No‘g‘ay yurtining podshosi, Kuntug‘mish to‘raning otasidir. Dostonda yurt uni e’zozlab, hurmat qilib “Avliyoyi Qoraxon”, “Avliyo ota” deb atashlari aytib o‘tilgan. Bundan ko‘rinadiki, Qoraxon adolatli, mard, yurt g‘amini o‘ylab ish qiladigan podshoh. Shuning uchun butun xalqi uni e’zozlaydi. Yana bir asar qahramoni borki, bizning qarashimizcha, salbiy xarakterga ega. Bu “Tohir va Zuhra” dostonidagi Qorabotirdir. Aslida dostonni to‘liq o‘qib chiqsak, qahramonimizda salbiylik deyarli yo‘q. Chunki Qorabotirni podshoh o‘ziga vazir etib tayinlayotganda kuchli, botir, pahlavon bo‘lganligi uchun ham tanlagan (qora leksemasining ma’nolariga qarang). Xalqimiz orasida ayni shu doston orqali ikki sevishganning o‘rtasiga yomon niyatda tushish “qorabotirlik” qilish qabilida qolib ketgan. “Qorabotirlik qilma”, “ikki yosh o‘rtasida qorabotir bo‘lma” shaklidagi iboralar bugungi kunda ham keng ishlatiladi. To‘g‘ri, u Tohirni o‘ldiradi, ammo bu bilan podshohning buyrug‘ini bajardi, xolos. Podshoh qizi Zuhraga Tohirni teng ko‘rmaydi. Shuning uchun u Tohirni sandiqqa solib daryoga tashlatib yuboradi va Zuhrani Qorabotirga unashtirib qo‘yadi. Tohir yana tirik holda qaytib kelganda uni o‘limga hukm qiladi. Bundan kelib chiqadiki, ikki yoshni ayirgan asosiy shaxs Qorabotir emas, Zuhraning otasi. Xulosa qilib aytganda, qadimgi zamonlardan turkiylarda qora rang ulug‘lik, dabdabalilik, uzoq umrlilik ma’nolarini anglatgan. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan “qora” ismli qahramonlar ham salbiy xarakterga ega emas. Ularda kuchli iroda, dovyuraklik, ham jismoniy, ham ruhiy kuch mavjud. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling