Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Key words: mother tongue, foreign language, speech, phylogeny, coding, oral and writtin 
speech, speech competence. 
 
Ona tilini o‘rganish osondek tuyuladi. Ammo til o‘rganish – murakkab psixologik jarayon. 
Bu borada mashhur rus psixologlari L.S.Vigotskiy, A.R.Luriya, tilshunos olimlar N.I.Jinkin, 
Yu.N.Karaulovlarning o‘z qarashlari bor. Jumladan, L.S.Vigotskiy “Tafakkur va nutq” kitobida 
bu masalani alohida ko‘rib chiqqan va bolaning til o‘zlashtirilishida ikkita muhim jarayonga 
e’tibor qaratgan. Birinchisi ona tilining filogenizi, ikkinchisi ilmiy tushunchalar tizimini 
shakllantirish jarayoni. Tarixiy taraqqiyot natijasida shakllangan til grammatik qoidalar asosida 
o‘zlashtiriladi.
Chet tilini o‘rganayotgan o‘quvchi uni ona tili semantikasiga asoslaydi. Har bir leksik 
birliklar, grammatik qoidalar ham ona tili orqali qayta kodlanadi. Chet tilini o‘rganayotgan 
talabalardan so‘rovnoma olganimizda, ular og‘zaki nutqni o‘zlashtirish qiyinchilik tug‘dirishini 
ta’kidlaydi. Ya’ni grammatikadan ko‘ra gapirish, vaziyatlar bilan ishlash, tarjima qilish qiyinroq.
Inson filogenizidagi til ongsiz o‘rganiladi va ongli o‘rganayotgan chet tili o‘sha ona tili asosida 
shakllangan tafakkurga ma’lum darajada tayanadi. Ikki til o‘rtasidagi farq chet tilini 
o‘rganishning qiyinchiligini keltirib chiqaradi. 
Shaxsda lingvistik kompetensiya shakllanishida poydevor bu nutq faoliyatidir. Nutqiy 
kompetensiya nutq turlaridan foydalanish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Bular tinglab tushunish, 
o‘qib tushunish, og‘zaki va yozma nutq hosil qilish, og‘zaki va yozma kodlarni o‘zlashtirish. 
Nutq yaratish uchun turtki doim ma’lum kommunikativ vazifalarni hal qilish uchun odamning 
og‘zaki muloqotga kirishishi zarurati hisoblanadi. Til o‘zlashtirishda birlamchi til ko‘nikmasi 
og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqni o‘zlashtirish tabiiy kechadi. Nutq mexanizmlarining rivojlanishi 
bn bola tomonidan chiqarilgan tovushlar tobora murakkablashadi. Dastlab unlilar, lab undoshlari
bo‘g‘inlar keyin so‘z hosil qilinadi. Til o‘rganish ko‘p jihatdan insondagi genetik moyillikka 
ham bog‘liq. 
Chet tilini o‘rganayotgan o‘quvchida dastlab artikulyatsiya qobiliyati paydo bo‘ladi. So‘ng 
leksik birliklar o‘zlashtiriladi. O‘rganish lahzasi juda sekinlik bilan ko‘p vaqtda davom etadigan 
jarayondir. Sintaktik mahorat paydo bo‘lgandan so‘ng, oddiy sodda gaplar tuzish boshlanadi. 
O‘quvchida morfologik ko‘nikmalar paydo bo‘lgan vaqtdan boshlab, u ikki yoki undan ortiq 
ma’noni farqlay boshlaydi. Bu fonetik va leksik jihatlarga qaraganda ko‘proq vaqtni talab qiladi.
Til o‘rganishda o‘sha tilning melodikasi uzoq vaqt davomida o‘zlashtiriladi. O‘quvchi 
qachonki chet tilida matn yaratish qobiliyatiga ega bo‘lsa, u matn belgisi bo‘lgan ohang, 
intonatsiya va ritmni tushunadi. Masalan, fransuz tilida unlilar uyg‘unligi kuzatilsa, rus nutqida 
undosh tovushlar ta’kidlanadi. Bu kabi xalqlar atay talaffuzini o‘zgartirmaydi, bu o‘sha xalqlar 
nutq oqimidagi sifatdir.[1]
Til bilimining oshishida ona tili va chet tilida yozilgan matnlar bilan ishlashning alohida 
o‘rni bor. Bunda milliy mazmundagi matnlar o‘quvchi dunyoqarashining yangi qirrasi 
ochilishiga turtki bo‘ladi. Ya’ni o‘zi yashayotgan olamga yangicha nigoh bilan qaray boshlaydi. 
Xorijiy matnlardan o‘quvchi nafaqat mazmun, balki yangi so‘zlarni o‘rganish bilan bilimini 
oshiradi. Yangi olamning mohiyatini anglash asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Matn 
mazmunini anglash uchun o‘quvchi, avvalo, matnni o‘qiydi yoki eshitadi. Qabul qilingan matnga 
nisbatan inson tafakkuri yordamida matn qaysi mavzuda yoritilganini anglaydi. Masalan, o‘rmon 

ToshDO‘TAU lingvistika yo‘nalishi 2-kurs magistranti 
nafisaarolova6@gmail.com
 


149 
so‘zini o‘qishimiz bilan inson onggida uning tasviri chiziladi. Matn tarkibidagi gaplar izchil 
bog‘langanidek, o‘quvchi miyasida mazmunga mos tushunish chiziqlari harakatlanadi. Matnning 
qanday qismlardan tashkil topgani, hattoki uning ko‘rinishi tushunishga ta’sir qiladi. 
“Bir xasisdan: 
- Kimni eng dovyurak odam deb bilasan? – deb so‘rashsa, u: 
- Uyida odamlarning qasur-qusur qilib tomoq yeyayotgan tovushin eshitib, o‘takasi 
yorilmagan odamni, - deb javob beribdi.” 
Yuqoridagi “Dovyurak” hikoyasi 6-sinf o‘quvchilariga birinchi marta taqdim etilganda,
ya’ni tinglab tushungandagi fikrlari bilan, o‘zlari o‘qib yozgan xulosalari bir-biridan farq qildi. 
Dastlabki topshiriqda o‘qquvchilarning 10%i hikoyaning ichki ma’nosini anglagan. So‘ng 
o‘zlariga hikoya matni berilganda ishtirokchilarning deyarli barchasi matn mazmunini to‘g‘ri 
tushungan. Ikkinchi tajribada o‘quvchilar matnga psixolingvistik yondashib, ma’noni anglagan.
Xulosa qilganimizda, Lingvodidaktikada ikki yo‘nalish ajraladi. Birinchisi ona tili 
o‘qitish bo‘lib, unda tilga ilmiy tushunchalar tizimi sifatida qaraladi. O‘quvchi tilni qoidalar 
asosida o‘rganadi. Ikkinchisi chet tilini o‘qitish bo‘lib, bunda og‘zaki va yozma nutqni tushunish 
mexanizmlarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratiladi. Til o‘zlashtirishda inson filogenezidagi nutq 
ustuvordir. Tilga belgilar tizimi sifatida qarash nutq amaliyoti uchun ikkinchi darajalidir. Til va 
nutq orasida oraliq nutq kodlari (og‘zaki va yozma) mavjud. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling