Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Ворожцова И. Б. Основы лингводидактики. Удмурцкий гос. унив., 2007. 2. Богин Г.И. Современная лингводидактика. Калининский гос., унив. 1980. 3. Safarov Sh. Semantika. – Toshkent: “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2013. 4. Sharq hikoyat va rivoyatlari. Birinchi kitob. “Sharq” Toshkent.2018. 5. www.pedagog.uz 6. www.ziyonet.uz SEMАNTIK USULDА HOSIL QILINGAN OMONIMLАRDА METONIMIYANING O‘RNI THE PLACE OF METONYMY IN HOMONYMS FORMED BY SEMANTIC METHOD Mavjuda Lafasova Annotation. In this scientific article, the role of metonymy in the formation of homonyms, object-item nouns and action-process nouns formed on the basis of meonymy are discussed in detail. Key words: Homonyms, metonymy, semantic method, activity-process nouns, thing-item nouns, phenomenon of similarity, transfer of meaning. Metonimiyа nom ko‘chishi bilаn yаngi mа’no hosil bo‘lishigа olib keluvchi hodisаlаrning аsosiylаridаn hisoblаnаdi. Shu sаbаbli bu hodisа hаm nom ko‘chishi yo‘li bilаn yаngi mа’no hosil bo‘lishi hаqidа gаp borgаn ishlаrning hаmmаsidа qаyd etilаdi. Metonimiyа – nаrsа-predmetlаr, belgilаr, hаrаkаtlаr o‘rtаsidаgi аloqаdorlikkа (bog‘liqlikkа) ko‘rа nom ko‘chishidir. Ob’yektiv borliqdаgi аyrim nаrsа-predmetlаr, belgilаr, shuningdek, hаrаkаtlаr o‘rtаsidа mа’lum umumiylik, аloqа (bog‘lаnish) bo‘lаdi. Аnа shuning tа’siridа biror nаrsа, belgi yoki hаrаkаtning nomi u bilаn аloqаsi (umumiyligi) bo‘lgаn boshqа nаrsа, belgi, hаrаkаtni ifodаlаsh uchun hаm qo‘llаnаdi, ungа hаm nom bo‘lib ko‘chаdi. Metonimiya asosida ko‘plab narsa-buyum otlari hosil bo‘lishi mumkin. Masalan: “shish” so‘zi qabarib chiqmoq, gumbaz shaklida ko‘tarilmoq degan ma’noni ifodalaydi. …qayerga borishini, begona joyda nimalar bo‘lishini o‘ylay-o‘ylay boshi shishgan, qismatning ToshDO‘TAU o‘qituvchisi 150 achchiqligiga yig‘lay-yig‘lay ko‘zlari qurigan Nafisa… begona bir ayolning o‘z onasiday mehribonlik qilayotganidan o‘zini yo‘qotib qo‘yayozdi. Hamid G‘ulom. Binafsha atri. Endi xuddi shu harakat amalga oshishidan hosil bo‘lgan narsa nomi ham “shish” deb ataladi: shish II. ot. Organizm to‘qimalarining jarohatlanib qabarib chiqqan yeri. Agar bu shish gazak shishi bo‘lsa, paxtadog‘ foyda qiladi, lekin rak shishi bo‘lsa, avj oldiradi. Abdulla Qahhor. Qo‘shchinor. Tilimizda mavjud bo‘lgan “yo‘tal” so‘zi ham omonim so‘z bo‘lib, metonimiya asosida hosil bo‘lgan. Ushbu so‘zning izohi quyidagicha: “nafas apparati kasallanganligi natijasida havo oqimini kuch bilan bo‘lib-bo‘lib chiqarmoq”. Ushbu harakatning amalga oshishini ifodalovchi so‘z ham aynan shunday aytiladi va yoziladi: Yo‘tal II. Nafas apparatining kasallanganligi natijasida havo oqimining kuch bilan bo‘linib-bo‘linib chiqishi. Yo‘tali tutdi. “Yo‘talim bosildi, oyi”– dedi Po‘lat Xayrini yupatib va shu zahotiyoq ketma-ket qattiq yo‘taldi. Sharof Rashidov.Qudratli to‘lqin. Yuqoridagi kabi fikrni “yel” so‘ziga nisbatan ham bildirish mumkin. Bu so‘z kuchsiz shabada, shamol degan ma’nolarni ifodalaydi. Xuddi shu shamollash natijasida yuzaga keladigan kasallik nomi ham “yel” deb ataladi: Aftingni yel yesin(ayollar qarg‘ishi). Og‘ziga yel tushibdi. Gap so‘zi talaffuz qilingan(yoki yozilgan) so‘zlar, nutq degan ma’noni bildiradi. Masalan: Bir-ikki og‘iz gapim bor. Gap desang qop-qop, ish desang Samarqanddan top. Ibrohimov ustod xursand bo‘lganini ko‘rib, g‘o‘za to‘g‘risidagi gapini boshladi.Xuddi shu so‘zlash , gap-so‘z qilinadigan, suhbatlashiladigan jarayon ham “gap” deb ataladi: “ulfatlar, qo‘ni-qo‘shnilar, qarindosh-urug‘lar orasida galma-gal o‘tkizilib turiladigan ziyofat, gurung kechasi”. Chunki bunday kechalarda asosan suhbatlashish uchun yig‘ilishadi va shu sababli gaplashish, suhbatlashish uchun yig‘ilinadigan ziyofat, jarayonga nisbatan ham shu so‘z ishlatiladi. Kelasi Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling