Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

nomlari), kometalar (kometalarning tegishli nomlari), meteoronimlar (meteorlarning to‘g‘ri 
nomlari), planetonimlar (sayyorlar va sayyor tizimlarining tegishli nomlari) kabi birliklarni o‘z 
tarkibiga mujassamlashtiradi. Natijada tilning, xususan, o‘zbek tilining lisoniy manzarasi yoki 
olamning lisoniy manzarasi tushunchalarining mazmunini onomastik birliklar doirasida izohlash 
mumkin bo‘ladi.
Onomastik birliklarni belgilash, ularni tadqiq qilish darajasi tilshunoslikda turli darajada, 
xususan, matbuot nashrlari nomi, transport vositalari nomi, ilmiy, badiiy va san’at asarlari nomi 
va shu kabilar atoqli otlar sifatida mavjud bo‘lsa-da, ular deyarli izohlanmagan va tahlil 
qilinmagan.
Ushbu maqolada osmon va samoviy jismlarning nomlari – kosmonimlar, ularning 
tilshunoslikda o‘rganilishi hamda olam lisoniy manzarasida tutgan o‘rni haqida so‘z boradi.
Maʼlumki, kosmonim yunon tilidan olingan bo‘lib, xosmos – fazo, onoma – mashhur ot, 
ya’ni fazodagi osmon jismlarining mashhur nomi ma’nosini ifodalaydi. Kosmos – olam, 
koinotdagi jismlar, oy, quyosh va boshqa samoviy jismlarning nomlari bo‘lib, ularning yig‘indisi 
kosmonimiyadir.  

Toshkent. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-bosqich magistranti 
munojot@gmail.ru
 


141 
Koinot, koinotdagi jismlar haqidagi dastlabki fikrlar qadimgi davrlarga borib taqaladi. 
Jumladan, otashparastlik dini vakillari 18 ta sayyora nomini bilishgan, ulardan yettitasi Quyosh, 
Oy, Utarid, Venera, Mirriks, Yupiter va Saturn bo‘lib, qadimda yetti sonining ilohiylashuviga 
sabab bo‘lgan. Yoki zardushtiylikda olov Quyoshning bir qismi sanaladi. Qadimgi hind-eron 
mifologiyasida tongda ufqdan ko‘tarilib, to kun botguncha osmon atrofida aylanib yuruvchi 
Quyosh harakati Mitra somonining oltin nurli aravada aylanayotganidek tasavvur qilinadi. 
Tangrilar aravasi g‘ildiraklaridagi momaqaldiroqning gumburlashi diniy e’tiqod shaklida 
bizgacha yetib kelgan ana shu samoviy afsonalarning qoldiqlaridir. Ma’lum bo‘lishicha, 
muqaddas sanalgan to‘rt unsurdan biri olov bo‘lib, u ham samoviy jism – Quyosh sifatida 
tushuniladi.
Kosmonimlarning oʻziga xos xususiyatlari borligi koʻplab ijodkor va olimlarning 
e’tiborida boʻlganligi hammaga ma’lum. Masalan, VIII asrning ikkinchi yarmida Xorazmda 
yashagan Muso al-Xorazmiy “Zij” nomli astronomiya jadvalini yozgan. Forobiy esa 
astronomiyaga oid asarlar yozib, osmon jismlarining oʻziga xosliklarini bayon etgan. Abu 
Rayhon Beruniy zoʻr astronom sifatida “Mas’ud jadvali” asari bilan oʻz davrida Oʻrta Osiyoda 
astronomiya fanining taraqqiyotiga bebaho hissa qoʻshdi, yerning yumaloqligi, uning tortish 
quvvati, fasllarning oʻzgarishi, yerning va boshqa sayyoralarning quyosh atrofida aylanishi 
toʻgʻrisidagi ilmiy fikrga yaqinlashdi hamda astrologiyani fosh qildi. XI asrning donishmandi 
Yusuf Xos Hojib oʻzining 1069-1070-yillarda yozib tugallangan “Qutadgʻu bilig” nomli 73 
bobdan iborat dostonining muqaddimasida yettita osmon jismi toʻgʻrisida maxsus toʻxtalgan: Oy, 
Mirrix – Mars, Zuhra – Venera, Quyosh, Aturod, Merkuriy, Mushtariy – Yupiter va Kayvon – 
Saturn. Ulugʻbek nomi bilan shuhrat qozongan Muhammad Taragʻay “Zichi Ulugʻbek” nomi 
bilan mashhur boʻlgan astronomik jadvali astronomiya fanini yangi taraqqiyot pogʻonasiga 
koʻtardi, 1018 ta yulduzni holati va harakatini oʻrganib chiqdi. U oʻzidan oldin oʻtgan Erotosfen, 
Gipparx, Ptolomey, al-Bottoniy, Ibn Yunus, Tusiy va boshqa astronomlarning bu sohadagi 
muvaffaqiyatlarini 
orqada 
qoldirgan. 
Bularning 
hammasi 
mamlakatimizda 
olimlar 
astronomiyaga jiddiy e’tibor qilishganini tasdiqlaydi. Hozirgi kunda astronomlar yangi-yangi 
osmon jismlarini zamonaviy teleskoplar bilan topib, nomlashmoqda. Osmon jismlari nomlarini 
tadqiq qilgan rus olimi Y.A.Karpenkoning ta’kidlashicha, sayyora va yulduzlarni Xudolar nomi 
bilan atash sharqdan kelib chiqqan boʻlib, faqat Arastu davriga kelgandagina yunonlar 
yulduzlarni oʻz xudolari nomi bilan atay boshlaganlar. “Avesto” kitobidagi kosmonimlar bu 
fikrlarni yanada tasdiqlaydi. Yulduz va sayyoralarga iloh sifatida qarash, ularga sigʻinish 
“Avesto”da ham muhim oʻrin egallaydi. Kitobda jami 21 yasht boʻlib, bu yashtlardan bir 
nechtasi osmon jismlariga alqovlardan iborat: “Moh yasht” oyga, “Xurshid yasht” va “Mehr 
yasht” quyoshga”, “Tiyr yasht” “Siriyus yulduziga”, “Vanant yasht” Antares yulduziga 
bagʻishlangan. 
Odamlar orasida ilmiy kosmonimiya bilan bir qatorda xalq kosmonimiyasi ham keng 
tarqalgan. Masalan, yetti qaroqchi yulduz haqidagi xalq rivoyatlarini o‘rgangan A.Jo‘rayev 
o‘zbek kosmonavtlarining til xususiyatlarini o‘rganib, qirqqa yaqin maqola yozib, nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qilgan. 
O‘zbek tilidagi shunday leksik-semantik guruhga mansub so‘zlar, kosmonimlar 
H.Eshonqulov, A.Primov, M.Jo‘rayev, Z.Yunusova kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. 
Masalan: H.Eshonqulov “Alisher Navoiy she’riyatida samoviy timsollar” mavzusida nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qilgan, keyinroq shu mavzuda risola ham nashr ettirgan. Z.Yunusova 
o‘zbek tilidagi leksik mikrosistemaning tuzilishi va rivojlanishini Saturn, O‘ng‘ay, Mushtariy, 
Zuhra, Cho‘lpon, Mirrix, Bahrom kabi samoviy nurlarning leksik guruhi misolida o‘rgandi.
A.Primov tadqiqotlarida kosmonimlarning nomlanish tamoyillari haqida fikr yuritadi. U 
o‘zbek tili kosmonimlarining vujudga kelishida transpozitsiyaning ikki xil ko‘rinishini – 
kosmonim 
bo‘lmagan 
so‘zlarning 
kosmonimga 
aylanish 
tranpozitsiyasini 
hamda 
kosmonimlarning kosmonim bo‘lmagan so‘zlarga aylanishini kuzatish mumkinligini aytadi. 
[3. 24,160] 


142 
A.Primov “O‘zbek tili kosmonimlarining yasalish xususiyatlari haqida ba’zi mulohazalar” 
nomli maqolasida o‘zbek tili kosmonimiyasida so‘z turkumlari, xususan, turdosh otlar va 
sifatlarning kosmonimlarga aylanishini bayon qiladi. Masalan, turdosh otlar: O‘qchi, Egizak, 
Kabutar, Boshoq, Ajdar, Tarozi, Tulki, Turna, Toj, Buzoq, Qovg‘a, Tozilar, sifatlar: Hindiy, 
Cho‘lpon kabi.[1.72]
Xulosa sifatida aytish mumkinki, koinot nomlari ijtimoiy ma’noga ega predmet va holatlar 
bilan solishtirish yo‘li orqali paydo bo‘lgan. Shundan kelib chiqib aytilsa, kosmonimlarni 
aniqlash, ularning xususiyatlarini o‘rganish, nomlarning ma’nosini to‘g‘ri tushunish qiziqarli va 
murakkab jarayondir.

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling