Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK TILI BADIIY USLUBINING O‘RGANILISHI MASALASI THE ISSUE OF LEARNING THE ARTISTIC STYLE OF THE UZBEK LANGUAGE Dilnavoz Jumanova
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abdurahmonov X., Shodmonov E., Rafiyev A. O‘zbek tili. – Toshkent.: O‘qituvchi, 1988. 2. Nazarov K., Sayfullaev R., Ubaydullayeva M. O‘zbek tili (Ixtisoslik grammatikasi). – Toshkent.: O‘qituvchi, 1993. 3. Madvaliyev A., Mahmudov N., va b. O‘zbek tilida ish yuritish (munshoot). – Toshkent: O‘zbek Milliy ensiklopediyasi.; 1990. 4. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. – Toshkent: 2009. 5. Hojiyev A.P. Lingvistik terminlarning qisqacha lug‘ati. – Toshkent: 2001. O‘ZBEK TILI BADIIY USLUBINING O‘RGANILISHI MASALASI THE ISSUE OF LEARNING THE ARTISTIC STYLE OF THE UZBEK LANGUAGE Dilnavoz Jumanova Annotation. In this article it is necessary to look for quantitative symbols of functional styles in each national language both diachronically and synchronously, all types and appearances of functional styles are significantly more common in medieval and modern written and spoken Turkic languages. under the influence of Islam, the official religion of the Turkic peoples, and through it the rules in force at that time - the literary writing was formed partly under the influence of the oral, Arabic and Persian languages. Key words: functional style, Turkish language, diachronic, synchronous, oral, written speech, social task, national language, popular science style, art style, official-publicist style, conversational style. Funksional uslublar va ularning tasnifi haqida. Kishilar o‘z ijtimoiy faoliyatlarida tildagi barcha vositalardan-fonetik, grammatik, leksik, frazeologik birliklardan foydalanganlarida, O‘qituvchi, Jizzax davlat pedagogika universiteti, dilnavoz1990@gmail.com 132 avvalo, ularni o‘z ehtiyojlaridan kelib chiqib nutq mavzusiga, vaziyatga qarab tanlaydilar va ishlatadilar. Tilimizdagi vositalarning bir nechalab ko‘rinishlarga ega bo‘lishi, sinonimik rang- baranglik shunday yo‘l tutishga imkon beradi. Mana shu tanlash nutq jarayonida til birliklarining o‘ziga xos, uslubiy chegaralanishlarini taqozo qiladi. Til elementlarining ijtimoiy muhitda tanlab ishlatilishi va ularni tilshunoslikda ilmiy-amaliy tahlil qilish zarurati stilistikada yangi sohani - fuknsional [ В.В.Виноградов, 1969:7] stilistikani vujudga keltirdi. Afsuski, o‘zbek tilshunosligida, qolaversa, turkologiyada ham funksional uslublar tasnifi batafsil o‘rganilmaganligi hamda ilmiy adabiyotlarda yetarli tarzda yoritilmaganligi bu masalani tadqiq etishda birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi, buning ustiga rus va Yevropa tilshunosliklarida ham funksional uslublarni ajratishning yagona prinsipi yo‘qligi, ularni tasnif qilishda munozaralar haligacha davom etib kelayotganligini ham aytib o‘tish lozim. Xo‘sh, funksional uslublar tasnifida nimaga asoslanib ish ko‘rishimiz kerak? Masala haligacha munozaraga sabab bo‘lmoqda. 1. Bunda ikki yo‘l e’tiborni ko‘proq o‘ziga tortadi: 1) tilning ijtimoiy vazifasiga asoslanish, 2) u qo‘llaniladigan doirani, muhitni e’tiborga olish. Bunday paytda til bajaradigan ijtimoiy vazifadan kelib chiqib ish ko‘rish maqsadga muvofiqligi asosiy e’tiborga olinsa, V.V.Vinogradov tasnifining nima uchun shuhrat qozonganligi sababini tushunsa bo‘ladi: “Tilning aloqa, xabar va ta’sir kabi muhim ijtimoiy vazifalari ajratilganda til strukturasi umumiy planida quyidagi uslublar chegaralangan bo‘lishi mumkin edi: kundalik-maishiy uslub (aloqa vazifasi), kundalik – xizmatga doir, rasmiy-hujjat va ilmiy (xabar vazifasi), publitsistik va badiiy-belletristik (ta’sir vazifasi)”. [Н.А.Баскаков, 1968:57. Ўринбоев Б. ] Ba’zi tadqiqotchilar funksional uslublar tasnifida faqat til bajarayotgan vazifani hisobga olishning o‘zi yetarli emas deb hisoblaydilar, bunda ular nutqning mavzusi, so‘zlovchining va tinglovchining (yozuvchining yoki o‘quvchining) shaxsi va ular o‘rtasidagi munosabat, muloqot paytidagi vaziyat kabilarning ham ahamiyati muhim ekanligini alohida qayd qiladilar. “Hozirgi zamon stilistikasida, - deb yozadi V.G.Kuznetsov, - funksional uslublarni ijtimoiy ongning ma’lum sohalari bilan o‘zaro munosabati hamda ijtimoiy munosabatlarga aloqadorligiga bog‘liq holda ajratish prinsipi keng tarqaldi. Moddiy borliqni, real voqealikni aks ettira borib ijtimoiy ong jamiyat hayotining ma’naviy tomoni – ma’lum huquqiy, yuridik, siyosiy, ilmiy, estetik, etnik va boshqa tomonlarni, tasavvur va nazariyalarni o‘ziga qo‘shib oladi. ijtimoiy ong doirasi uslubga nisbatan birlamchi bo‘lib, uning shakllanishi, amal qilishi va rivojlanishini belgilaydi. Ijtimoiy ongning har bir sohasi ma’lum til vositalarini tanlash va (ma’lum matnga) berkitishda o‘z ifoda usuliga ega. Shunday qilib, funksional uslublarni aniqlash zamirida ekstralingvistik faktor bo‘lishi kerak”. [Д. Бабаханова, 1969:7] Har ikki omil – lingvistik va ekstralingvistik omillar birgalikda olingandagina funksional uslublarga bo‘lgan qarash atroflicha va mukammal bo‘lishi, ularning qamrov doirasi birmuncha aniq ifodalanishi mumkin deb o‘ylaymiz. Tilshunoslikning stilistika sohasi bilan shug‘ullangan deyarlik barcha taniqli olimlar funksional uslublarga o‘z munosabatlarini bildirganlar, ularning tasnifini berishga harakat qilganlar. Bu tasniflardan birining ikkinchisiga aynan o‘xshaydiganlari kam. Tadqiqotchilarning biri ajratganlarini ikkinchisi birgalikda olib qaraydi, yoki aksincha, birgalikda olib qaralgan holatlar ajratiladi. Shunday qilib, funksional uslublar soni o‘ntagacha ko‘rsatiladi: badiiy- belletristik, ijtimoiy-publitsistik (matbuot), ilmiy bayon, texnik-ishlab chiqarish, rasmiy-hujjat (idoraviy), epistolyar, neytral, notiqlik, maishiy nutq, diniy kabi. Bu tasniflarning ko‘pchiligida asosan beshta uslub takrorlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub, badiiy uslub. O‘zbek tili stilistikasida ham funksional uslublar uchun ana shu tasnif asos qilib olingan. [ В.Г. Кузнецов, 1991: 14] Tasniflar borasida o‘z mulohazalarini bildirgan ayrim mualliflar, masalan, M.Balaqayev, V.Bondaletov, X.R.Qurbatov va A.I.Chijik-Poleykolar funksional uslublarni bunday tasnif qilgunga qadar, avvalo, ikkiga – yozma (kitobiy) va og‘zaki (so‘zlashuv) stillariga bo‘lib qarash lozim deb hisoblaydilar. 133 Tushunishimizcha, bunday holatda til yoki nutq uslublarini og‘zaki va yozma tarzda guruhlarga ajratib qarashga ehtiyoj yo‘q. Garchand bunday guruhlarga ajratish bilan kitobiy uslub doirasiga kiradigan stillar shakllanishida fikrning oldindan o‘ylanib, bayonning adabiy til normasiga muvofiqlashtirilish imkoniyati mavjudligi ta’kidlansa-da, ular funksional uslublar mohiyatini ochib berishga sezilarli xizmat qila olmaydi. Funksional uslublarning tarixiy kategoriya sifatida mavjudligi har bir tilda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘lishi tadqiqotchilarimiz tomonidan allaqachonlar isbotlangandir. Turmush sharoitiga, ijtimoiy – iqtisodiy va ilmiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra, tilning qanchalik rivojlanganligi va undan foydalanish madaniyatiga qarab turli tillarda funksional uslublar miqdori turlicha bo‘lishi mumkin. [А.И Ефимов, 1961:49] Masalan, tadqiqotchilar tomonidan ularning soni adigiy tillarida uchta deb ko‘rsatilsa, [ И.В Арнольд, 1981:250] ozarbayjon tilida oltitagacha ekanligi aytiladi. Funksional uslublarning bu barcha tiplari va ko‘rinishlari o‘rta va yangi davr yozma va og‘zaki turkiy tillarda sezilarli darajada ko‘pchilik turkiy xalqlar uchun rasmiy din bo‘lgan islom ta’sirida, u orqali esa o‘sha davrda amalda bo‘lgan qoidalar – adabiy yozma qisman og‘zaki, arab va fors tillari ta’sirida shakllandi” O‘zbek tilshunosligida ham olimlar funksional uslublar tasnifi bilan qiziqishgan. A.Sulaymonovning “Til stillari haqida” maqolasi ana shunday dastlabki urinishlardan biridir. Muallifning “Stilistikaning vazifasi u yoki bu stilda yoki nutq formasida, ya’ni og‘zaki va yozma nutqda, qanday til hodisalari ko‘proq qo‘llanilishini aniqlashdan iboratdir” degan gaplaridan tushunish mumkinki, u til yoki nutq stillarini yozma va og‘zaki-so‘zlashuv stillariga ajratgan. I.Qo‘chqortoyev bu masalaga ancha ehtiyotkorlik bilan yondoshadi: “O‘zbek adabiy tilining stilistik ixtisoslashuvi, uning funksional uslublari ilmda ham qat’iy chegaralab berilgan emas, – deydi u. Shuning uchun bu masala yuzasidan hozircha aniq, izchil bir fikr aytish qiyin, albatta. Lekin o‘zbek adabiy tili doirasida badiiy, ilmiy, ijtimoiy-siyosiy uslublarning o‘ziga xos xususiyatlari, ularni bir-biridan farqlaydigan belgilar ma’lum darajada aniq sezilib turadi”. Har qalay, funksional uslublarning ko‘rinishlari, miqdori qanchalik bo‘lishidan qat’iy nazar, bu tasniflarda ma’lum shartlilik borligini e’tirof etishimiz, ularning soni oz-ko‘p bo‘lishiga qaramasdan ma’lum tilning funksional imkoniyatlarini oydinlashtirishga xizmat qilayotganligini tan olishimiz o‘rinli bo‘ladi. Aytilganlardan funksional uslublarning miqdoriy belgilarini har bir milliy tilning o‘zidan ham diaxronik, ham sinxronik planda axtarish lozim degan xulosa kelib chiqadi. Funksional uslublarning tasnifiga aloqador bo‘lgan yana bir masala borki, bu ularning har bir milliy til ichidagi o‘zgarishlaridir. Til birliklarining qo‘llanilishini qaysi tomondan olib qaramaylik, yuqorida ta’kidlaganimizdek, bu funksional bo‘linishlar shartlidir. Funksional uslublar deb guruhlarga ajratilgan til elementlarining hammasi ham o‘zi tegishli bo‘lgan tilning tabiatiga ko‘ra bir-birlari bilan uzviy aloqadorlikda bo‘ladi. Adabiy til normalariga ko‘ra noto‘g‘ri hisoblansa ham bir uslubga oid deb hisoblangan so‘z yoki birikmalar ikkinchisiga o‘tib turadi. Taraqqiyot qonunlariga mos holda sharoitga, vaziyatga qarab ularning ohangdorligi, jozibasi va hatto ma’nosi ham o‘zgarib boraveradi, boshqacha qilib aytganda, uning taqdirini faqat nutq jarayoni, matn hal qiladi. A.Shomaqsudov yozadi: “Ba’zi stillarning elementlari bir stildan ikkinchisiga osongina ko‘chib o‘tish va hatto, aralashib, chatishib ketish xususiyatiga ega. Stillar o‘rtasidagi chegara ham unchalik barqaror emas, buning ustiga til stillari qiyofasining o‘zi tarixan o‘zgaruvchandir. Shuning uchun tilning stilistik sistemasini o‘rganish ishi unga ko‘proq tarixiylik nuqtai nazaridan yondoshishlikni talab qiladi”. Til uslublarining funksional chegaralanishi ham har bir tilning taraqqiyot darajasi bilan bog‘liq. Bu chegara qanchalik aniq bilinib tursa, u tilning shunchalik faol amalda bo‘lganligidan dalolat beradi. Har bir funksional uslubning muttasil amalda bo‘lib turishi ham tabiiy ravishda ularning nutqiy normasini belgilab qo‘yadi va uning tilda yashovchanligini ham ana shu norma asosida mustahkamlab boraveradi, hamda bu norma uni boshqa uslublardan farqlashga imkon beradi. 134 Shu o‘rinda funksional uslublarning umumiy va xususiy tomonlari borasida ham so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi. Bu masalaga A.I.Yefimov yaqqol aniqlik kiritib qo‘ygani uchun uning fikrlarini keltirish bilan chegaralanamiz: “Avval umumiylikka murojaat qilamiz. Aftidan, adabiy tilning barcha uslublari uchun dastavval tilning grammatik qurilishi va umumiste’moldagi so‘zlar umumiy sanaladi. Shundan kelib chiqib uslublar adabiy tilni uslublar sistemasi sifatida qarashga imkon beruvchi, uning barcha nutqiy vositalari yaxlit sintezini o‘zida namoyish qiluvchi umumiy va yagona negizga ega. Uslublarni nima bir-biridan farqlaydi? Nimani har bir uslubga aynan xos deyish mumkin? Eng avvalo aytish kerakki, uslublar uchun umumiste’moldagi so‘zlar yordamida yaratiladigan maxsus ma’no ottenkalar xarakterli”. Funksional stillarning uslubiy belgilari ham ularning o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatib turuvchi asosiy xususiyatdir. Uslubiy belgilarni funksional stillarni bir-biridan farqlab turuvchi sifat belgilari deyish mumkin. Ular aniqlanayotganda ham lingvistik ham ekstralingvistik omillarga tayaniladi. Ammo bu uslubiy belgilarni aniqlash hamma vaqt ham oson bo‘lavermaydi. Bu qiyinchiliklarni alohida ta’kidlagan M.N.Kojina funksional uslublarning hammasi uchun umumiy bo‘lgan belgilar – to‘g‘rilik, aniqlik, ta’sirchanlik, mantiqiylikni ko‘rsatib o‘tadi va ularning har birining qaysi funksional uslubga ko‘proq xos ekanligini va boshqasida aks etish me’yorini belgilab berishga harakat qiladi. Masalan, aniqlik ilmiy va rasmiy uslubga xos xususiyat, ammo u badiiy obraz yaratish uchun ham zarur. Mantiqiylik badiiy obraz, obrazli fikrning izchil tuzilishi bo‘lsa, ilmiy nutqda, u fikrlarning qat’iy tartibi bilan farq qiladi. Bu tahlillar asosida olima uslubiy belgilarni o‘rganish funksionallikka qat’iy tayangan bo‘lishi kerak degan xulosaga keladi. Darhaqiqat, stilistik normalarning o‘zi til vositalarining har uslub mezoniga ko‘ra qo‘llanish holati, xususiyatidir. Bundan tashqari, uning fikricha, “uslubiy normalar til normalarining funksional, ya’ni yashash normalaridir. Demak, uslubiy normalar til normalarining o‘zi emas, balki ularning funksional belgilaridir. Mana shu ma’noda uslubiy norma til normalari bilan bir qatorda turmaydi, balki har bir konkret norma uchun alohida- alohida taalluqlidir”. Bitta funksional uslub uchun norma hisoblangan vositalar boshqa funksional uslub uchun norma bo‘la olmasligini ham uqdirib o‘tar ekan, E.Begmatov aytilganlarning xulosasi sifatida quyidagilarni bayon qiladi: “Aslida uslublar sistemasida adabiy normativ uslublar va adabiy normativmas uslublar mavjuddir. Uslublarning bu ikki tipi umumnorma va adabiy normaga munosabatiga ko‘ra ma’lum chegaralarga egadir. Shunday qilib, uslubiy norma umumiy tarzda olinadigan bo‘lsa, tilning umumnormalari va adabiy normalar elementidan iboratdir. Tilning umumnormalari badiiy adabiyot uslubi, so‘zlashuv nutqining sodda so‘zlashuv uslubi, jo‘n va intim maktublar uslubida mavjuddir. Badiiy adabiyot uslubi, adabiy so‘zlashuv uslubi, ilmiy-ommabop uslub hamda jo‘n maktublar uslubida umumnorma va adabiy norma elementlari qorishiq holda uchraydi”. Xullas, stilistik madaniyatga bo‘lgan ehtiyoj o‘zbek adabiy tilidagi har bir funksional uslubning shakllanish tarixi va taraqqiyotini bu borada shu paytga qadar yuzaga kelgan ilmiy tadqiqotlarni ma’lum tartib bilan umumlashtirish, bo‘shliqlarni to‘ldirish va shu asosda tilimizning xalq tili bo‘lib shakllangan paytlaridan tortib to shu kunlardagi mavqeigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oluvchi fundamental asarlar yaratishni taqozo qiladi. Ana shunday keng planda olib boriladigan tadqiqotlar funksional uslublarni o‘zbek tili stilistikasida uslubiy tarmoqlar va janrlarga bo‘lib o‘rganish masalalasini ham o‘rtaga qo‘yishi mumkin. Har qalay, bu kelajakda amalga oshiriladigan ishlardir. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling