Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Telba, dalba, dalbe so‘zlari yozilishi jihatidan ham bir-biriga yaqin. Shevaga xos so‘zlar 
talaffuzda turli shakllarda uchraydi. Doston matnidagi misrada dalba dialektal so‘zi qahramon 
tavsifini belgilab, unga xos xususiyatlarni ifodalashga xizmat qilgan: “Dalbe – sodda, galvars, 
tavakkalchi odamga nisbatan aytiladi” [Nazarov, 2005: 37]. Sodda, tavakkalchi qahramonga xos 
tavsif dialektal ma’no sanalib, Hakimbekning yosh bola bo‘lsa ham yoyni ko‘taradi. Yoy 
ko‘tarishda uning tavakkalchigi Olloh aql-hushin olganligi bilan izohlanadi. Bu holatni baxshi 
sof dialektal so‘z vositasida qo‘llagan va qahramon sifatlarini ochilishida o‘rinli foydalangan, 
deyish mumkin.
Seniki shul og‘il, qo‘ra
Farzandimga bo‘lgin jo‘ra,[Poyonov, 2018: 29]
Doston matnida og‘il, qo‘ra singari shevaga xos so‘zlar qo‘llanilganki, ularni hozir ham 
eshitish mumkin. Og‘il dialektizmining ag‘il shakli ham uchraydi: “Ag‘il – usti yopilgan atrofi 
devor molxona” [Nazarov, 2005: 17]. Qo‘raning usti yopilib, atrofi devor bilan o‘raladi. 
Shuningdek, atrofi o‘ralgan, lekin usti yopilmagan qo‘ralar ham bor. Qo‘ra sof dialektizmi 
anglatadigan dialektal ma’no qo‘ylar saqlanadigan joy bo‘lib, alohida qurilishi yoki usti yopilgan 
atrofi devor molxonaning bir qismi bo‘lishi ham mumkin. 
Barcha angrayib qaradi, 
Bu murg‘ak kim, deb so‘radi,[Poyonov, 2018: 52] 
Ushbu angrayib, ya’ni angraymoq sof dialektal so‘zi hayratlanmoq ma’nosida qo‘llanilib, 
holat fe’li sanaladi. Angraymoq, anqaymoq shakllarida qo‘llanilishi kuzatiladi: “ANQAYMOQ 
– angrayib, og‘zini ochmoq” [Mirzayev, Eshonqul, Fidokor, 2007:10] dir. Hayronlik bilan
qaramoq, hayron bo‘lib og‘zi ochilib qolmoq, baqraymoq. 1. Esi og‘ib qolmoq, dong qotmoq. 2.
Beparvo qaramoq, angraymoq” [Ma’rufov, 1981: 49]. Misrada barchaning hayratlanganligini 
tasvirlash uchun ushbu sof dialektal foydalanilishini dialektal tasavvurning mahsuli deyish 
mumkin. 
Barcha jonzotdan tul qolar, 
Yuzboshilardan til qolar
Xudoning suygan qulidan 
Orqada qiz-u ul qolar. [Poyonov, 2018: 16] 
Tul dialektal so‘zini shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lib, birinchi ma’nosi beva ayol
Parchada barcha jonzotdan tul qolishi deyilganda farzand, bola nazarda tutilmoqda. Bola, 
farzand tul dialektal so‘zining keyingi ma’nolari: “tul. II. – bolalash vaqti (o‘g‘uz)” [Ishayev, 
1971:282]. Baxshi ijroda ushbu dialektal so‘zning bola bilan bog‘liq bolalash ma’nosi ifodasidan 
foydalangan hamda badiiylikni ta’minlashga erishgan deyish mumkin. Shuningdek, bu dialektal 
so‘zning boshqa ma’nolari ham bor: “TUL – tul. 1. Tug‘maydigan, qisir biya. TO‘L – to‘l. 
Qo‘ylarning qo‘zilash”[To‘ychiboyev, Qashqirli, 2012: 229].
Yerkovlar qazadi lahim, 
Tuproqda tashlab taqim,[Poyonov, 2018: 28] 
Yana bir shevaga xos so‘zlardan biri taqim. Bu dialektizm tana a’zosining nomini 
ifodaydi. “Taqim – tizzaning bukiladigan joy” [Nazarov, 2005: 110]. Keyingi izohda dialektal 
ma’no yana ham aniq bayon etilgan: “TAQIM – toqim. Tizzaning bukiladigan ichki qismi” [9, 
203]. Ya’ni bu dialektal so‘z tizzaning orqa qismini ifodalaydi.
Bo‘y cho‘zgin o‘sib, kattalab, 
Holsiramagin ontalab, [Poyonov, 2018: 29] 
Bo‘taloqning sakrab-sakrab o‘ynoqlashi holatini ontalab dialektal so‘zi bilan 
ifodalangan. Ontalamoq boshqa jonzotlar, xususan, uloqlarning sakrab yugurib qolish holatiga 
nisbatan ham shu dialektal so‘z qo‘llaniladi. Bundan ko‘rinadiki, shevalarda ham voqelikka
holatga oid ma’no nozikliklari o‘z aksini topadi.
Siylab shod aylar xalqni, 
Bulutday karvon to‘lqini,[Poyonov, 2018: 36] 


126 
Ziyofat, tortiq dialektal ma’nolariga ega siylamoq fe’li sof dialektal so‘zdir: “Siylav – 
siylash, hurmat qilish, ziyofat, tortiq” [Doniyorov, 1979: 96]. Ushbu dialektal so‘z anglatayotgan 
ma’nosida hozir ham qipchoq shevasida keng qo‘llaniladi. Doston matnidan bilish mumkinki, bu 
dialektal so‘z adabiy til tarkibida shevaga xos xususiyati bilan bo‘rtib ko‘rinmaydi. Biroq 
manbalarda sof dialektal so‘z ma’nosi bilan berilganki, bu ham dialektizmning o‘ziga xosligi 
deyish mumkin.
Yoylar xivichday iyilar
Olti yuz qadam o‘lchanib, 
Nishona belgi qo‘yilar. [Poyonov, 2018: 49] 
Mahkam yog‘ochdan yasalgan yoy xivichday iyilishi tasvirida o‘q tortilayotgan vaziyat 
aks etgan. Bunda yoyning yog‘ochi biroz bo‘shashdi, natijada o‘q tortilishi mumkin bo‘ladi. 
Umuman, satrdagi iyilar sof dialektal so‘zining noaniq shakli iymoq bo‘lib, ma’nosini 
bo‘shashmoq deyish mumkin. Bu dialektal so‘z: iy (Urganch, Xiva, Xonqa) dard, to‘lg‘oq: iy 
tutti, iymak (Gurlan) tarbiyalamoq [Ishayev, 1971: 411] izohlariga ham ega ekanligini ko‘rish 
mumkin. 
Biylarning avlod-ulini, 
Kenja tulpori, quluni
Yo shoh, avliyo bobom, deb, 
Yoyga uzatdi qo‘lini.[Poyonov, 2018: 54] 
Doston matnida chorvaga oid shevaga xos so‘zlar ko‘p uchraydi. Xususan, qulun, uzangi 
kabi dialektizmlarni keltirish mumkin: “qulun – ayg‘ir, toycha”[Mutalibov, 1965:376]. Yana bir 
izohda qulun dialektal so‘ziga kengroq tavsif berilgan. “Qulin, qulun – otning olti oyga 
to‘lmagan bolasi, olti oyligi – jabag‘i, bir yilligi – toy bo‘ladi” [Nazarov, 2005: 152]. Shevaga 
xos so‘zlarning imkoniyati nihoyatda keng. Dialektal so‘zlar nafaqat otning bolasi, balki uning 
yoshi bilan bog‘lik farqlashlar borligini ham ifodalash dialektizmlarning imkoniyat darajasini 
aniq ko‘rsatib turibdi. 
Agar kishi bir mozorotning yonidan o‘tsa, chap oyog‘ini uzangidan chiqarib, mozordagi 
yotganlar haqqiga duo qilib o‘tsa, bul ham saxiy, agar duo qilmay o‘tsa, bul ham baxil
[Poyonov, 2018: 56-57] 
Otni minish, ko‘pkarida ot chopishda muvozanatni ushlab turish muhim. Bunday paytda 
tanani teng ushlab turish, u yoki bu tomonga og‘ib ketmasligi uchun uzangi moslamasidan 
foydalaniladi. Bu dialektal so‘z hozir ham keng ishlatiladigan leksik birlikdir: “Uzengi – otga 
oyoq qo‘yib minish va otni haydash jarayonida oyoqlarni joylashtirish uchun egardan ikki 
tomonga osilgan moslama” [Nazarov, 2005: 119]. Shuningdek, keyingi izohda otni minishda
haydashda oyoqlarni joylashtirish uchun moslangan anjomning bir qismi ekanligi qayd etilgan. 
Doston matnida ot minish yoki boshqarish uchun zarur bo‘ladigan jihozlar har biri deyarli 
dialektal birliklar bilan nomlangan. 
Xulosa qilib aytganda, doston matniga xos sof dialektal so‘zlar bugun ham u yoki bu 
sheva vakillari tomonidan keng qo‘llaniladi. Ularning ayrimlari “O‘zbek xalq shevalari 
lug‘ati”ga kiritilgan bo‘lsa, ba’zilari dialektologik lug‘atlarda uchraydi. Ushbu sof dialektal 
so‘zlar dostonning muayyan dialektal xususiyatlarini belgilagan deyish mumkin. Sof dialektal 
so‘zlar bo‘lganligi uchun ham doston nashrida tahrir qilinmay shevaviy mazmunda saqlanib 
qolganligini ko‘rish mumkin. Ko‘rinib turibdiki, bu dialektal so‘zlar izohtalab shevaviy leksik 
birliklar qatorini tashkil qilgan. 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling