Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Ayil – dostonda otni egarlash jihozlari bilan bog‘liq dialektal so‘z. “Ayil
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘ta, toyloq, lo‘klarni
- Gashti
Ayil – dostonda otni egarlash jihozlari bilan bog‘liq dialektal so‘z. “Ayil, to‘shayil – ot,
yoki eshakning egar, yoki to‘qimini mustahkam ushlab turishi uchun belidan yoki to‘shidan tortib bog‘lanadigan yo‘g‘on ip. To‘shidan bog‘lanadigan ayilni to‘shayil ham deydilar” [Nazarov, 2005: 7]. Ushbu ayil ot yoki eshak to‘qimini, ya’ni minish oldidan jihozlanishida hozir ham ishlatiladigan sof dialektal so‘z maqomida. Shuningdek, bu shevaga xos so‘zni “Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turkiya”da ham uchratish mumkin: “Ayil – palon (eshak to‘qimi)” [Mutalibov, 1965:165]. Lug‘atdagi izohga ko‘ra ushbu sof dialektal so‘z egar ostidan qo‘yiladigan to‘qimning o‘ziga nisbatan ham qo‘llanilgan. “Ayil (Shimoliy Xorazm) qorinbog‘”[Ishayev, 1971:14]dir. Yo‘lni bezab o‘tgandi karvonlari, Gurkirab qatorda lo‘kcha-norlari,[Poyonov, 2018: 20] Karvon so‘zidan ham ma’lumki, ushbu misralar juft bo‘lib qo‘llanilgan lo‘k va nor dialektal so‘zlari tuya ma’nosini ifodalaydi: “Lo‘k (Buxoro) erkak tuya” [Ishayev, 1971: 174]. Lo‘k dialektal so‘zi erkak tuya dialektal ma’nonisini bildirsa, nor ikki o‘rkachli tuya ma’nosini aks ettiradi: “Nor – 1. Ikki o‘rkachli erkak tuya. 2. Mol-mulk” [Mirzayev, Eshonqul, Fidokor, 2007: 66]. Omonim dialektal so‘zning ikkinchi ma’nosi mol-mulkda esa tuya bilan birgalikda ustiga ortilgan umumiy boylik nazarda tutilishini aytish mumkin. Bo‘ta, toyloq, lo‘klarni, Тo‘zon tutib har yoqlarni. [Poyonov, 2018: 35] Birinchi misradagi uyushgan bo‘ta, toyloq so‘zlari ham dialektal so‘z maqomida: Bo‘ta – tuyaning bolasi, ya’ni: “Botu, botuq – bo‘taloq” [Аbdurahmonov, Мutalibov, 1967:72]. Otning bolasi esa toy deb ataladi: “TOY 1 otning ikki yashardan kichkina bolasi”[Ma’rufov, 1981:197]. “TOYLOQ 1 kichkina toy, toycha” [Ma’rufov, 1981:198]. Ushbu sof dialektizmlarning keltirilayotgan izohlarini dialektal ma’nolari deyish mumkin. Nasib, ko‘rarmiz farzand, Gashtimiz bo‘lib aysh-u rohat, [Poyonov, 2018: 21] Boybo‘ri va Boysarininng Shayx boboga borib, ziyorat qilib, nasib bo‘lsa, oxirida farzand ko‘rib, aysh-rohatda qolishi aks etgan ushbu misralardagi dialektal so‘zning bir necha ma’nolari bor: “Gashti (Qashqadaryo) 1. Qaytish: gashti bozor tag‘i bir moshin qavun kelle. 2. Kechki payt: shu bugun gashti juda issig‘ bolli-da. 3. oxiri: gashtiye toy buzulle”. [Ishayev, 1971: 66] Bunda gasht sof dialektal so‘zi oxiri, yakunlanishi kabi dialektal ma’nolarda qo‘llanilgan, shuningdek, kunning yakuni, ya’ni oxiri kechki paytni ifodalaydi. Bu dialektal so‘zlar orasida ham dialektal ma’no bog‘likni ko‘rish mumkin. Quyida yana bir gapda gashti so‘zi oxiri dialektal ma’nosida qo‘llanilganligini ko‘rish mumkin: Ey, balli, Hakimbek, sen g‘olib bo‘libsan, bular senga tenglasha olmay, yengilib, gashti charchab yiqilib qolibdi.[Poyonov, 2018: 41] 123 Gapdagi gashti sof dialektal so‘zi doston matnida qo‘llanilgan kabi hozir shu ma’noda ishlatiladi. Boysarining ham uyiga borib, farzanding qutlug‘ bo‘lsin qilib, qo‘liga olib, manglayini silab, ismini Barchinoy qo‘yib, duo berib [Poyonov, 2018: 28]: Ushbu gapda qo‘llanilgan sof dialektal so‘z – manglay. “O‘zbek tilining izohli lug‘atida”: “Manglay [mo‘g‘] ayn. peshana”[Ma’rufov, 1981: 445] tarzida izohlangan. “Turkiy til (Qipchoq tili) haqida noyob tuhfa” lug‘atida bu birlik mo‘g‘ulcha ekanligi keltirilgan: “Manglay – peshona [Mutalibov, 1965:233]. Bu dialektal so‘z qoshning tepa qismini ifodalovchi dialektal ma’noga ega bo‘lib, hozir ham ayrim Qipchoq sheva vakillari tomonidan qo‘llanib kelinadi. Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling