Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari


Suruv-suruv gala bo‘lgin,  Yaylovga sig‘may ko‘payib.[Poyonov, 2018:30]  Suruv-suruv


Download 5.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/363
Sana02.12.2023
Hajmi5.91 Mb.
#1780763
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   363
Bog'liq
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)

Suruv-suruv gala bo‘lgin, 
Yaylovga sig‘may ko‘payib.[Poyonov, 2018:30] 
Suruv-suruv takroriy holda qo‘llanilgan dialektal so‘z. Doston matnida qahramonlarning 
mehnat tarziga oid tushunchani ifodalab kelgan: “Suruv 1. Yoyilib o‘tlab yurgan ko‘plab qo‘y, 
sigir, echki va yilqilar to‘dasi, yilqilarning bir necha uyuri bir suruvni tashkil etadi” [Nazarov, 
2005: 105]. To‘da dialektal ma’nosini bildirib, mahalliy-hududiy tasavvurni shakllantiradi, ya’ni 
chorvachilik bilan bog‘liq tushuncha ekanligini aytish mumkin.
Bu soydan tog‘lardan qirq chashma qiyilib, qishin-yozin to‘lib-toshib, hayqirib, 
shovullab, shobir solib oqib yotar edi. Shu sababli Shovqinsoy deyishardi. [Poyonov, 2018: 34] 
Doston matnidagi shobir dialektal so‘zi shovqin ma’nosini ifodalaydi. Oqayotgan 
suvning shobiri, ya’ni shovqini ifodalagan ushbu dialektizm taqlid so‘zga oid. Shobir – 
oqayotgan suvning ovozi. Shovqin bilan oqish xususiyatidan soyning dialektlashgan nomi hosil 
qilingan, ya’ni Shovqinsoyni dialektal onomastik birlik deyish mumkin. 
Yugurib chopsan chaqqoni, 
To‘dalab chibich serkani,  
Boz ustiga haydatib, 
Qirq suruv serkatakani.[Poyonov, 2018: 35] 
Ushbu parchada serkaga nisbatan qo‘llanilgan chibich – dialektal so‘z. Bu 
shevaviylashgan so‘zning dialektal ma’nosi – yosh, ya’ni yosh serkani ifodalaydi. Bundan 
tashqari tug‘magan echkiga nisbatan qo‘llanilishi ham kuzatiladi: “Chibich, chibish – urg‘ochi 
echki bir tuqqanicha chibich deyilib, so‘ng echki deyiladi” [Nazarov, 2005: 129]. Yana bu 
dialektal so‘zning quyidagi izohi bor: “Chibich – chibich. Olti oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan 
echki” [9, 230] Demak, chibich yoki chibish leksik birligi yosh, hali tug‘magan hamda olti 
oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan echki degan dialektal ma’nolariga ega. Shuningdek, serka, taka 
birliklari ham sof dialektal so‘z namunasi hisoblanadi: “Serkesarke – bichilgan erkak echki, 
axtalangan taka” [Nazarov, 2005: 100]. Serka, ya’ni bichilgan erkak echki bichilmagan takaga 
qaraganda semiz bo‘ladi. Shuning uchun chorva bilan shug‘ullanuvchilar erkak uloqlarni bichib, 
ularni semiritib, go‘shtidan foydalanadi. “Take – echkining erkagi”[Nazarov, 2005:108]. 
Shevada taka, take ko‘rinishlarida ishlatiladigan birlikning erkak echki yoki echkining erkagi 
dialektal izohi bor. 
Ona ardoqlar bo‘bakni, 
Berib ta’lim, saboqni,[Poyonov, 2018: 37] 
Ta’lim, saboq berib, bolasini ona ardoqlaydi, ya’ni birinchi misradagi bo‘bak dialektal 
so‘zi bola ma’nosida kelgan. “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da “Bo‘bak (Qipchoq) jimjiloq” 
[Ishayev, 1971:55] ma’nosini anglatishi qayd etilgan. Ya’ni jimjiloq qo‘l yoki oyoqning 
beshinchi eng kichik barmog‘i. Shu ma’noda kichkina bola bo‘bak deb ataladi. “Bo‘bek – 
chaqaloq. Aynalayin jash bo‘bek, beshiginde jat bo‘bek, Atang kele bermese, sumeginddi at 
bo‘bek!” [Nazarov, 2005: 29] Bola, chaqaloq, go‘dak ma’nosida qo‘llaniladigan ushbu dialektal 
so‘zning buvak ko‘rinishi ham borligi kuzatiladi. 
G‘olib bo‘lib ola ber,  
Belidan chil sola ber,[Poyonov, 2018: 42] 


124 
Ikkinchi qatordagi chil dialektizmining izohi xalq o‘yini bilan bog‘liq. Ya’ni usulning 
nomi: “Chil saluv, halik saluv – kurashda oyoq va qo‘l yordamida raqibini yiqitish usuli” 
[Nazarov, 2005: 130]. Belidan chil sola ber buyrug‘i kurashda bel bilan bog‘liq usulga ishora 
qiladi. Bundan ko‘rinadiki, chil dialektal so‘zi kurashda nafaqat oyoq, qo‘l, balki raqibni yiqitish 
uchun belning o‘rni bilan bog‘liq usulni nazarda tutadi, deyish mumkin.
Qur-hayt-a, deb haydatdi 
Qirqta uyurda yilqini. [Poyonov, 2018: 35] 
Chorvachilikda yilqining to‘dasiga nisbatan uyur so‘zi qo‘llaniladi. Laqay shevasiga oid 
tadqiqot ishida bu dialektal so‘zga shunday izoh berilgan: “Uyiruyur – 1. Yilqining galasi, bir 
necha uyur bir suruvni tashil etgan” [Nazarov, 2005: 119]. Ya’ni uyur ixchamroq to‘da bo‘lib, 
suruvning asosini tashkil qilgan. Umuman, ushbu birlik to‘da, gala dialektal izohiga ega.
Dami qaytib, xushdan ketib, 
O‘ldim, deydi, ag‘nab yotdi.[Poyonov, 2018: 40] 
Keyingi misrada qo‘llanilgan ag‘na sof dialektal so‘zi –b ravishdosh shakli bilan 
qo‘llanilgan. “O‘zbek xalq shevalari lug‘ati”da “Og‘anamoq ( Jizzax) I. yiqilmoq, qulamoq, 
dumalamoq” [Ishayev, 1971:, 35] izohi berilgan. Bu misrada birlik dumalab yotmoq dialektal 
ma’nosida, shuningdek, “Turkiy til (Qipchoq tili) haqida noyob tuhfa” lug‘atida ham izohlangan: 
“Ag‘nadi – (ag‘namoq) [Mutalibov, 1965:164]. Ya’ni ag‘namoq fe’li yiqilmoq, qulamoq, 
dumalamoq o‘rnida qo‘llaniluvchi sof dialektal so‘zdir. 
Tezlanib, yozgin quloch
Chuykalarim eshib qoch,
Chopib, aylanib, zirillab.[Poyonov, 2018: 47] 

Download 5.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling