Hamkorlik masalalari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Download 5.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Konferensiya materiallari 2022 tahrir yangi xatosiz (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Urchiq, urchuq
Esh dialektal so‘zi –ib ravishdosh shakli bilan qo‘llanilgan bo‘lib, uning turli ma’nolari
bor: “ESH 1 o‘rtoq, hamdam, yo‘ldosh, sherik. 2 dial. Juft. 3 dial. Bola tug‘ilgandan keyin tushadigan qobiqning qoldig‘i, yo‘ldosh” [Ma’rufov, 1981: 457]. Izohda dialektal so‘z ekanligi qayd etilgan, biroq parchada esa boyla, boylamoq ma’nosida qo‘llanilgan. Eshmoq – boylamoq so‘zida juftlamoq ma’nosiga yaqin. Ikki kishining birga o‘rtoq bo‘lishi, birlashishi jihatidan eshmoqni, ya’ni juftlashish deb tushunish mumkin. Qipchoq shevasida ushbu so‘zga shunday izoh berilgan: “Esh – jo‘ra, yo‘ldosh, hamroh ma’nosida qo‘llaniladi” [Doniyorov, 1979: 94]. Ushbu dialektal so‘zning omonimlik xususiyatini bir necha dialektal ma’nolari ko‘rsatib turibdi. Qiz-kelinlar chuvillashib, Urchuq aylantirar shoshib.[Poyonov, 2018: 48] Dostonda to‘y marosimi vaqtida qiz-kelinlar urchuq aylantirayotgan tasvirlar borki, bu holatga qadimiy an’analardan biri sifatida qarash mumkin. Shu tasvirda qo‘llanilgan urchuq birligini sof dialektal so‘z deyish mumkin: “URCHUQ Qo‘lda ip yigirish uchun ishlatiladigan, ikki tomoni uchli, o‘rtasi yo‘g‘onroq tayoqcha, yigirish quroli”[ Ma’rufov, 1981:281]. To‘y vaqti yoki arafasida qiz-kelinlar urchuqdan foydalanib, iplar yigirishgan, doston matnidan ayonlashadiki, bu holga to‘yning tarkibiy qismi sifatida qaralgan. Urchuqni harakatga keltirilishi uchun uni qo‘l bilan urib, aylantirilgan. Bu dialektal so‘zga yana bir lug‘atda ushbu izoh ham berilgan: “Urchiq, urchuq – 1. Asosan suyak va yog‘ochdan ishlanib, sopi uzunroq, bosh qismi aylana tarzda bo‘lib, paxta va jun iyirish uchun ishlatiladigan xo‘jalik asbobi” [Nazarov, 2005: 121]. Urchuq yoki urchiq shakllarida qo‘llanilishi mumkin hamda yog‘och, suyaklardan yasalishi kuzatiladi. Avaylab yoyni ushladi, Iloji yetmay pishnadi,[Poyonov, 2018: 50] Pishandi dialektal so‘zi charchamoq ma’nosida.Yoyni ko‘tarish harakatini bajarib, toliqqan qahramonning holatini ushbu dialektal so‘z ifodalagan. “Burun orqali “pish-pish” tovush chiqarmoq” [Ma’rufov, 1981: 590]. Bunda charchagan qahramonning “pish-pish” nafas olishi, ya’ni pishnashini holat fe’li deyish mumkin. Dialektal ma’nosi qahramonning ilojsizligil, yoyni ko‘tarishga ko‘p uringanlinini, natijada charchab qolganligini aks ettirgan, deyish mumkin. Tanimgan qolib hayron, Bolaning kasali yomon. 125 Теlba, jinni, behush bo‘lgan, Shul sabab dalba bo‘p qolgan. [Poyonov, 2018: 52] Download 5.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling